Tohiriylar, somoniylar, qoraxoniylar, G’aznaviylar, saljuqiylar, qoraxitoylar tarixiy geografiyasi. Reja



Yüklə 63,51 Kb.
səhifə1/3
tarix24.12.2023
ölçüsü63,51 Kb.
#191770
  1   2   3
N. BEGOYIM.


TOHIRIYLAR, SOMONIYLAR, QORAXONIYLAR, G’AZNAVIYLAR, SALJUQIYLAR, QORAXITOYLAR TARIXIY GEOGRAFIYASI.
REJA:
1.Tohiriylar davri tarixiy geografiyasi.
2.Somoniylar davrida ijtimoiy siyosiy ahvol.
3.Qoraxoniylar xo’jalik tarixiy geografiyasi.
4.G’aznaviylar siyosiy tarixiy geografiyasi.
5.Saljuqiylar aholisi tarixiy geografiyasi.
6.Qoraxitoylar tarixiy geografiyasi.

Tohiriylar Hirot viloyatining Bushang shahridan bo’lgan Tohir ibn Husayin o’z nomidagi sulolaga asos soldi. 821-yilda Tohir ibn


Husayin Xurosonga noib qilib tayinlanadi. Xuroson va Movorounnahrni mustaqil boshqarish maqsadida Tohir xutba namozidan xalifa nomini chiqarib tashlaydi. Bu esa uning xalifa Ma’munga qarshi ochiq isyoni belgisi edi. 822- yilda Tohir ibn Husayin Ma’mun odamlari tomonidan o’ldirildi. Uning o’rniga Talxa ibn Tohir (822-830) noib etib tayinlanadi. Talxadan keyin taxtga o’tirgan Abdulloh ibn Tohir o’zigacha bo’lgan noiblar siyosatini davom ettirdi. Bu davrda Xuroson noibligiga Movorounnahr, Xorazm, Seyiston, Ko’histon, Tabariston va Jurjon hududlari kirgan. Har bir viloyat bir necha ma’muriy birliklarga bo’lingan. Tohiriylar yuiritgan siyosatning xususiyatlardan yana biri , ularning islomlashtirish siyosati. Aynan Tohiriylar davrida O’rta Osiyoning barcha hududlarida islom dini tarqaladi.
Tohiriylar qishloq xo’jaligini rivojlantirish maqsadida yer-suv masalalariga alohida etibor qaratdilar. Shu soha bilan shug’ullanuvchi qonunshunoslar “Kitob alkuniy” nomli qonunlar to’plamini tuzdilar. Bu to’plam
Yerdan unumli foydalanish va sug’orish tizimi masalalariga qaratilgan edi. [1]
Tohiriylar ijtimoiy- iqtisodiy va madaniy hayotni,mulkiy munosabatlarni rivojlantirish, qishloq xo’jaligini tartibga keltirish, suv resurslaridan foydalanishni yaxshilash, suv inshootlari barpo etish, shuningdek fuqarolardan olinadigan soliqlarni kamaytirilishiga ahamiyat beradilar. Poytaxt Marvdan Nishopurga ko’chiriladi. Abdullohning chiqargan bir farmonida “dehqonlarni ranjitmaslik” buningsiz xazinaga yetarli miqdorda soliq tushmasligi uqtirilgandi. Biroq shunga qaramay, Tohiriy hukmdorlar amalda dehqonlarni emas, balki ko’proq yirik mulkdorlar, savdogarlarning Manfaatlarini himoya qilardilar.
Shu bois, Tohiriylar davrida oddiy aholi, ayniqsa , dehqonlar og’ir asoratda yashash, haddan ziyod soliq-o’lponlar to’lashga majbur etilgandi. Birgina 844- yilda ulardan olingan soliq miqdori 48 mln dirxamni tashkil etgan. Bu o’sha davr sharoiti uchun juda ko’p edi.
Shuning uchun ham, mamlakatning Seyiston va boshqa viloyatlarida dehqon g’alayonlari
yuzaga kelib, kuchayib brogan.
Xurosnning sharqiy hududlarida yuzaga kelgan g’oziylar harakati va dehqonchilik vohalaridagi g’alayonlar qo’shilib, keng miqqiyos kasb etib borgan. [2]

TOHIRIYLAR DAVLATI
( 821- 873 y. )





  • Tohir ibn Husayin ( 821- 822)

  • Talha ibn Tohir ( 822- 830)

  • Abdulloh ibn Tohir (830-844)

  • Tohir II ibn Abdulloh (844-862)

  • Muhammad ibn Tohir (862-873)

[3]


oo

Somoniylar.


Somoniylar davrida qishloq xo'jaligi, mahalliy ishlab chiqarish, hunarmandchilik, savdo-sotiq munosabatlari, shaharlar hayoti ancha yuksaldi. O'lkaning Shosh, Farg'ona va Xorazm vohalarida turli xil g'alla ekinlari yetishtirish, bog'dorchilik, sohibkorlik, polizchilik, paxtayetishtirish ancha kengayib bordi. Ko'plab suv insh’ootlari barpo etildi. Qishloq ahli mavjud xomashyo mahsuloilaridan turlicha ishlovberish yo'li bilan har xil matolar ishlab chiqara boshladi. Jumladan, Zandana qishlog'ida sifatli, till a rang «zandanachi» deb nom olgan bo'z to'qish (u chetga ham chiqarilgan), Samarqand yaqinidagi
Vador qishlog'ida sarg'ish tusli chiroyli, yumshoq, pishiq «vodoriy» deb nomlangan matolar tayyorlash yo'lga qo'yilgan. Bu yerdagi to'qilgan matodan mamlakatning oliy amaldorlari ham kiyim tiktirishda foydalanganlar.
Shaharlarda ko'plab hunarmandchilik korxonalari, o'nlab karvonsaroylar, bozor rastalari mavjud bo'lib, doimiy ravishda ishlab turgan.
Shahar maqomiga ega bo'lish uchun mazkur joyda kamida 32 xil hunar-kasb turlari bo'lishi kerakligi o'sha davr uchun xos bo'lgan. Somoniylar davrida Samarqand, Buxoro, Marv, Shosh, Isfijob, shuningdek, Farg'ona, Xorazm vohasi shaharlari savdo-sotiq va hunarmandchilik markazlari sifatida ravnaq topgan.[4]

Somoniylarda boshqaruv tizimi.


Sоmоniylаr dаvlаtidа markaziy vа viloyatlar bоshqаruv tizimi Ismоil Sоmоniy dаvridа uzil-kеsil qаrоr tоpdi.Bu dаvlаtdа mаrkаziy bоshqаruv dаrgоh vа dеvоn оrqаli аmаlgа оshirilgаn. Bоshqаruvdа аmirning shахsiy lаshkаri bo‘lmish turk g‘ulоmlаrining rоli kаttа bo‘lgаn. Mаrkаziy bоshqаrmа 10 tа dеvоndаn ibоrаt bo‘lgаn: vаzir dеvоni, mustаvfiy dеvоni (хаzinа (mоliya) kirimchiqimlаr), аmid аl-mulk dеvоni (dаvlаt hujjаtlаri vа elchilik аlоqаlаri),mumоllikаyi хоs dеvоni (dаvlаtmulklаri), sоhibishurаt dеvоni (hаrbiyishlаr), sоhibimuаyyid dеvоni (mаktubоt vа ахbоrоt), mushrif dеvоni (sаrоy ish bоshqаruvchisi), muхtаsib (bоzоrlаrdаgi tоshu-tаrоzilаr, nаrх-nаvо hаmdа fuqаrоlаrning mаfkurаsi), qаzо dеvоni (аdliya), аvqоf dеvоni (mаsjid vа mаdrаsаlаrning vаqf хo‘jаliklаri). Dеvоnlаrning eng kаttаsi vаzir dеvоni bo‘lib, bоshqаlаri ungа bo‘ysungаn. Nаsr ibn Аhmаd (914-943) dаvridа Buхоrоning Rеgistоn mаydоnidа dеvоnlаr uchun mахsus sаrоy qurilib, dаvlаt mаhkаmаsi hаm shu jоydа jоylаshgаn. Mаhkаmа хizmаtchilаri sаrоy аhli,ruhоniy vа zоdаgаn dеhqоnlаrdаn ibоrаt bo‘lib, muаyyan bilimlаrgа egа bo‘lishishаrt edi. Mаmlаkаt vilоyatlаri mаhаlliy hоkimlаr (kаdхudоlаr) vа rаislаr tоmоnidаn bоshqаrilgаn. Vilоyat hоkimlаri bа“zаn vаzir dеb yuritilgаn. Hаr bir vilоyatdа mаktubоt vа ахbоrоt dеvоnidаn tаshqаri, bаrchа dеvоnlаrning vаkillаri bo‘lgаn. Hаr bir shаhаrdа rаis — shаhаr bоshlig‘i vа muhtаsib — shаriаt ishlаri, bоzоrlаrdаgi tоsh-tаrоzi vа nаrхlаrni nаzоrаt qiluvchi bo‘lgаn. Sоmоniylаr dаvlаtidа “iqtо” mulklаrining o`rni kаttа edi. Bu mulk egаlаri “muqtо” yoki “iqtоdоr” dеb yuritilgаn. Iqtоdоrlаr bumulklаrni dаvlаt оldidаgi аlоhidа хizmаtlаri uchun yer vа suv shаklidа оlgаnlаr. “Iqtоdоr”lаr hаdya qilingаn yerlаrdаn tushаdigаn dаrоmаd yoki uning mа`lumqismini yig`ib оlish huquqigа egа edi. Iqtо mulklаr mа`lummuddаtgа bеrilgаn, nаsldаn-nаslgа o`tkаzilmаgаn. Sоmоniylаr dаvlаtidа islоmdiniruhоniylаrining оbro‘si оshib, Buхоrо Shаrqdаgi islоmdinining mаrkаzlаridаn birigа аylаndi.
BuхоrоdаmusulmоnShаrqidаgi ilk ilmgоh mаdrаsа tаshkil qilinаdi.Islоm mаfkurаsigа dаstlаb “ustоd” rаhnоmаlik qilgаn. Kеyinchаlik din pеshvоlаri vа islоm ulоmolаri “shаyхulislоm” nоmi bilаn yanаdа ulug‘lаngаn. Ustоddаn kеyin “хаtib” turgаn. Bu dаvrdа diniy muаssаsаlаr tеgishli yerlаr kеngаygan.
Somoniylar hukmdolari.

  • 819-842 y. Nuh ibn Ahmad

  • 842-864 y. Ahmad ibn Asad

  • 865-892 y. Nasr I ibn Ahmad

  • 892-907 y. Ismoil ibn Ahmad

  • 907-914 y. Ahmad ibn Ismoil

  • 914-943 y. Nasr II ibn Ahmad

  • 943-954 y. Nuh I ibn Nasr

  • 954-961 y. Abdumalik ibn Nuh

  • 961-976 y. Mansur I ibn Nuh

  • 976-997 y. Nuh II ibn Mansur

  • 997-999 y. Mansur II ibn Nuh [6]

Qoraxoniylar.
Qoraxoniylar davrida Movarounnahrning ijtimoiy-iqtisodiy hayotida bir qator muhim o'zgarishlar yuz beradi. Birinchidan, Qoraxoniylar o'lkani zabt etgach, bu yerda ko'p asrlardan buyon hukm surib kelgan yerga egalik qilishning muhim shakli — dehqon mulkchiligini tugatib, bu mulklarni davlat tasarrufiga oladilar. Bu mulklar o'z navbatida qoraxoniylarga tobe bo'lgan sodiq amaldorlar, harbiy lashkarboshilar, davlat xizmatchilari yoki ularga yon bosgan yuqori ruhoniylar, din peshvolariga mulk qilib beriladi. “Dehqon” tushunchasi shu vaqtdan boshlab, amalda, yerni ishlovchi, unda mehnat qilib kun kechiruvchi ijtimoiy toifa maqomiga ko'chdi. Ikkinchidan, Qoraxoniylar davriga kelib yer-mulkka egalik qilishning “iqto‘” va iqtodorlik munosabatlari yanada chuqur ildiz otadi. Iqtodorlar o'z tasarrufidagi hududlarda yashovchi aholidan olinadigan soliqlar evaziga katta daromadlar olganlar. Uchinchidan, O'rta Osiyo hududlarining Qoraxoniylar davlati tarkibiga o'tishi yerli aholi etnik tarkibida ham muhim o'zgarishlarni vujudga keltiradi. Qoraxoniylar hokimiyatining bu hududga yoyilishi, ayni zamonda, sharqiy hududlardan turkiy qavmlar, elatlarning bu yerlarga kelib, o'rnashib, o‘troqlashuviga sezilarli ta'sir ko‘rsatadi. Bu esa, shubhasiz, o‘zbek xalqining etnik shakllanish jarayoniga ta'sir etadi. Ayni chog'da turkiy tilning iste’mol doirasi to'xtovsiz kengayib bordi. Shu bilan birga bu tilning mahalliy xalq, elatlarning adabiy tili sifatidagi mavqeyi va maqomi ham tarkib topib bordi. G o‘zal va nafis qadimgi turkiy, ya’ni eski o'zbek adabiyotining yuksak badiiy namunalari hisoblangan Mahmud Qoshg‘ariy, Yusuf Xos Hojib va Ahmad Yugnakiylarning betakror ijodiyoti bunga yorqin dalil bo‘la oladi. [7]
Ijtimoiy-iqtisodiy hayot. Qоrахоniylаr hukmrоnligi davrida Movarounnahrda yer egaligi mustahkamlanadi. XI-XII аsrlаrdа qоrахоniylаr o‘z mustаqilligini sаqlаb qоlishgа intilgаn zоdаgоn dеhqоnlаrni ijtimоiy tоifа sifаtidа yo‘qоtishаdi. Dеhqоnlаrning yerlаri dаvlаt iхtiyorigа o‘tаdi.Bu yerlаr hаrbiylаr, ruhоniylаr vа bоshqа оliy tаbаqа vаkillаrigа хizmаtlаri evаzigа iqtо sifаtidа bo‘lib beriladi. XI asrdan iqto tartiboti kеng yoyilаdi. Iqtо egаlаri muqtа yoki iqtоdоr dеb аtаlаdi. Аvvаligа u vаqtinchаlik in’оm bo‘lgаn bo‘lsа, kеyinchаlik umrbоd in’оmgа,so‘ngrа esа mеrоsiy in’оmgа, ya’ni аvlоddаn аvlоdgа o‘tаdigаn mеrоsgа аylаngаn. Iqtо sifаtidа yerdаn tаshqаri tеgirmоn, do‘kоn kаbi sоliq оlinаdigаn bоshqа mulklаr hаm bеrilgаn. Аnа shu pаytlаrdаn bоshlаb “dеhqоn” dеgаndа kаttа yer egаsi bo‘lgаn zоdаgоn emаs, bаlki zirоаtchilik bilаn shug‘ullаngаnlаr tushunilgаn. XII аsrdа Sаmаrqаnd, Buхоrо, Tеrmiz, O‘zgаn, Tоshkеnt kаbi shаhаrlаr ichki vа tаshqi sаvdо uchun хilmа хil hunаrmаndchilik mаhsulоtlаri ishlаb chiqаrаdigаn hаmdа chаqа tаngаlаr vоsitаsi bilаn оlib bоrilаdigаn bоzоr tijоrаtining mаrkаzigа аylаnаdi. Bоlаsоg‘un, Tаrоz, O‘zgаn, Tоshkеnt, Sаmаrqаnd, Buхоrо shаhаrlаridа pul ishlаb chiqаrаdigаn zаrbхоnаlаri bo‘lgаn. Bu dаvrdа shаhаrlаrdа аyniqsа kulоlchilik,shishаsоzlik, misgаrlik vа chilаngаrlik rivоj tоpdi. XI-XIII аsr bоshlаridа Mоvаrоunnаhr vа Хurоsоndа tоvаr-pul munоsаbаtlаri nihоyatdа rivоj tоpаdi. [8]
G’aznaviylar
G’aznaviylarning ham rasman, ham amaliy siyosiy kuch sifatida tan olinishi 996-yilga to’g’ri keladi. Yuqorida ko’rib chiqilganidek qoraxoniylar bir necha marta Buxoroga tahdid soladilar.Tilga olingan yili esa Sobuqtegin Somoniylarni Qoraxoniylar changalidan saqlab qolaadi.Somoniy Nuh III raqib o0ldidagi zaifligini sezgan holda unga murojaat qiladi. Sobuqtegin esa Buxoroni qo’lga olib, Qoraxoniylar bilan kelishuvga imzo chekadi.Bunga ko’ra Amudaryodan janubda joylashgan barcha viloyatlar Sobuqteginning nomiga o’tadi.Uning vafotidan keyin(997) taxtga bir oz muddat o’g’li Ismoilz va 998- yildan esa boshqa farzandi Mahmud chiqadi.G’aznaviylar qudrati va shuhrati oshirgan hukmdor ham aslida ana shu Mahmud hisoblanadi.Uning hukmronligi davrida( 998-1030) Xorazm, Xuroson, Seiston, Qobul, G’azna, Shimoliy Hindiston kabi viloyatlar g’aznaviylar izmida bo’lgan. [9]
Ammo Masud G’aznaviy davrida (10301040) mamlakat viloyatlari birin ketin qo’ldan chiqarilib tanazzulga yuz tutgan. Oqibatda 1186 yilda G’aznaviylar davlati butunlay tugatilgan. Shu tariqa mamlakatni II asrdan ortiq vaqt davomida idora etgan g’aznaviylar sulolasi hukronligi ham o’z poyoniga yetgan.
G’aznaviylar sulolasi hukmdorlari.

  • Alptegin (962-963)

  • Is’hoq (963-966)

  • Bilgategin ( 966-972)

  • Piritegin (972-977)

  • Sobuqtegin (977-997)

  • Ismoil (997)

  • Mahmud G’aznaviy (997-1030)

  • Muhammad (1030-)

  • Ma’sud G’aznaviy (1030-1040)

  • Mavdud (1041-1048)

  • Ma’sud II (1048)

  • Ali Abul Hasan (1048-1049)

  • Abdur Rashid (1049-1053)

  • To’g’rul (1053)

  • Farruxzod(1053-1059)

  • Ibrohim(1059-1099)

  • Ma’sud III (1099-1114)

  • Sherzod (1114-1115)

  • Arslon (1115-1118)

  • Bahromshoh (1118-1152)

  • Xusravshoh (1152-1160)

  • Xusrav Malik (1160-1186) [10]

Saljuqiylar.


Somoniylar hukmronligi davrida ularning ruxsati bilan saljuqiy qabilalar Zarafshon vohasiga, Nurotaning tog'lr yerlariga kelib o'mashib, chorvachilik bilan shug'ullanganlar. Keyinroq Movarounnahr hududlari qoraxoniylar sulolasi tomonidan egallanib, ularning chorvador xo'jaliklari bu yerlarni band etgach,saljuqiylarning yashash sharoitlari mushkullashadi. Shu bois, ular g'arbga tomon siljishga majbur bo'ladilar. XI asrning 20-30— yillariga kelib saljuqiy urug'-qabilalarning hozirgi turkman yerlari orqali G'aznaviylar tasarrufidagi Xuroson o'lkasiga kirib borishi faollashadi. 1038— yilda Saraxsda, 1040— yilda Dandanakonda bo'lib o'tgan hal qiluvchi urushlar davomida Saljuqiylar G'aznaviylarni yengib, butun Xuroson yerlarini egallab, o'z davlati markazini shu hududga ko'chiradilar. Shu tariqa, Nishopur shahri Saljuqiylar poytaxtiga aylanadi. Saljuqiylar hukmdori To'g'rulbek egallangan Movarounnahr va Xuroson hududlarini o'z avlodlari - Chag'rilbek va Dovudbeklar tasarrufida qoldirib, o'zi g'arbga tomon harbiy yurishlarini davom ettiradi. To‘g‘rulbekning 1038-1063— yillami o‘z ichiga olgan hukmronlik davri old Osiyo va Kichik Osiyoning katta hududlarini qo'lga kiritilganligi bilan tavsiflanadi. Bu davr mobaynida Saljuqiylar Gurgon, Tabariston, Xorazm, Ozarbayjon, Kurdiston hududlarini, hozirgi g'arbiy Eron viloyatlarining bir qismini, shuningdek, Fors, Kermon viloyatlarini egallaydilar. 1055— yilda esa xalifalik markazi Bag'dod ishg'ol qilinadi. Ayni paytda, Vizantiyaning Kavkazdagi ta ’siriga ham kuchli zarba beriladi. Shunday qilib, To'g'rulbek kuchli Saljuqiy sultonligiga asos soladi. Uning vorisi Alp-Arslon (1063-1072) ham jahongirlik yurishlarini davom ettiradi. Uning davrida O 'rta Yer dengiziga qadar bo'lgan Kichik Osiyo yerlari egallanadi. Endilikda Saljuqiylar saltanati Movarounnahrdan to O'rta Yer dengiziga qadar bepoyon hududlarga yoyiladi. [11]
Mamlakat uning vorisi Alp Arslon (1063-1072) Amudaryoning o'ng sohilidagi yerlarga bir necha bor harbiy yurishlar uyushtirdi. Vizantiya imperatori Roman IV Diogen qo'shinlarini mag'lub etdi. Undan keyin taxtga o'tirgan Malikshoh (1072-1092) 1089-yilda qoraxoniylar o'rtasidagi ichki nizolardan foydalanib Buxoro va Samarqandni egalladi va katta o'lja bilan orqaga qaytdi. Lekin Qoraxoniylar Saljuqiylaming yarim vassaliga aylandilar. Malikshohning o'limidan keyin Saljuqiylar davlatida taxt uchun o'zaro kurashlar qizib ketadi va 1118 yUda hokimiyat buyuk saljuqiylar sulolasining so'nggi yirik vakili Sulton Sanjar (1118-1147) qo'liga o'tadi. Uning davrida Saljuqiylar davlatining poytaxti Marv shahriga ko'chirildi. U Movarounnahrdagi qoraxoniylarning ichki ishlariga, siyosatiga katta ta’sir o'tkaza olishga erishgan saljuqiylardan edi. 1141-yilda qoraxitoylar bilan Sulton Sanjar va uning vassali, ittifoqdosh qoraxoniy Mahmudxonning birlashgan qo'shinlari o'rtasida, Samarqand yaqinidagi Qatvon cho'lida bo'lib o'tgan jangda qoraxitoylarning g'alaba qilishi Saljuqiylar davlatini ancha zayiflashtirdi. Saljuqiylaming mag'lubiyatidan Xorazmshoh Qutbiddin Muhammad Otsiz ustalik bilan foydalanib, 1141-yilning qishida saljuqiylaming poytaxti Marvni bosib oldi, 1142-yiIda esa Nishopurga yurish qildi. Lekin Sulton Sanjar Xorazm qo'shinlarini Xurosondan quvib chiqardi va Xorazmshoh Otsizni yana o'ziga bo'ysundirishga erishdi. Sulton Sanjaming harakatlariga qaramasdan Saljo'qiylar davlati o zinining avvalgi qudratini yo'qota bordi. Saluqiylarga hal qiluvchi zarbani Balx va Xuttalon viloyatlarida yashovchi ko'chmanchi Guz qabilalar berdilar. Ular Sulton Sanjar qcrshinlarini tor-mor etib, uni asir oldilar. Guzlar himoyasiz qolgan Marv, Nishopur shaharlarini talab, o ‘t qo‘ydilar. Sulton Sanjar 1156-yiida asirlikdan qochishga muvaffaq boMsa ham saljuqiylar davlatini tiklay olmadi va bir yildan keyin vafot etdi.
[12]
Qoraxitoylar XI asrning 40— yillariga kelib Saljuqiylar davlatining mavqeyi susaya boshlaydi. Bunda, ayniqsa, Sharqdan bostirib kelgan Qoraxitoylar bir vaqtning o'zida ham Qoraxoniylarga hamda Saljuqiylar saltanatiga katta xavf soladi. Sulton Sanjar va Qoraxoniylar xoni Mahmudning birlashgan qo'shini 1141— yilda Samarqand yaqinidagi Katvon cho'lida Qoraxitoylar bilan bo‘lgan hal qiluvchi jangda qaqshatqich mag‘lubiyatga uchragach, Movarounnahr yerlari Qoraxitoylar qo‘li ostiga o'tadi. Saljuqiylar katta hududlarga egalik qilish huquqidan mahrum bo'ladi. Qoraxitoylar esa Movarounnahrni ishg'ol etish barobarida, bu yerdagi sulolalar hukmronligini yiqitmay, ularni o'zlariga vassal qilish. muntazam boj, xiroj olib turish sharti bilan kifoyalandilar. Shuning uchun ham Qoraxoniylar, Xorazmshohlar va boshqalar Bolasog'unda turuvchi Qoraxitoylar hukmdori Gurxonga kelishilgan miqdordagi xiroj-o'lponni yuborib turishga majbur edilar. Sulton Sanjarning keyingi taqdiri ham favqulodda holatda kechdi.
U 1153— yilda Balx viloyatining tog'li hududida ko'chib yuruvchi g'uz qabilalarining g'alayonlarini bostirish chog'ida kutilmaganda asirga tushib qoladi. U uch yil davomida g'uzlar qo'lida asirda bo'ladi. Bu vaqt ichida g'uzlarning Xuroson va Movarounnahrning janubiysharqiy yerlariga bosqinlari tez-tez takrorlanib turadi. Faqat 1156— yildagina Sulton Sanjar tutqunlikdan qutulishga muvafFaq bo'ladi va bir— yildan so'ng vafot etadi. Uning o'limi bilan bir vaqtda o'z davrida qudratli bo'lgan markazlashgan Saljuqiylar davlati-yu, uning shon-u shuhrati ham so'nadi. Bu davrga kelib Kermon o'z mustaqilligiga erishadi. Fors va Ozarbayjon hududlarida mustaqil davlatlar paydo bo'ladi. Xuroson ham Saljuqiylar tobeligidan chiqadi. Arab xalifaligi o'zining awalgi mustaqilligini tiklaydi. Ayni chog'da, Kichik Osiyo hududida Saljuqiy turklarning uzil-kesil joylashuvi jarayoni kuchayadi hamda ularning mustaqil davlat tuzilmalari vujudga kela boradi. Bular, keyinchalik, Usmonli turklar davlatining tarkib topib, mustahkamlanishida muhim asos bo'lib xizmat qiladi.ulardan qochgan nay-manlarning kelishi va 1211 yil Gurxonning asir olinishi (2 yildan soʻng vafot etgan) bilan bogʻliq boʻlgan. 1218 yil naymanlar Chingizxon tomonidan boʻysundirilgan. [13]


Yüklə 63,51 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin