Tojikiston jahonning suv va gidroenergetika resurslari bilan eng yaxshi ta'minlangan davlatlaridan biri hisoblanadi. Mamlakat hududidan Panj, Vaxsh, Amudaryo, Sirdaryo, Zarafshon kabi Markaziy Osiyoning eng sersuv daryolari oqib o'tadi. Qorako'l, Sarez, Iskandarko'l respublikaning eng katta ko'llaridir. Bu ko'llardan, ayniqsa, Pomir tog'ida joylashgan 1911-yilgi kuchli zilzila natijasida Murg'ob daryosi o'zanida vujudga kel¬gan yirik to'g'onli ko'li - Sarez ko'li mashhur.

Aholisi
Tojikiston aholisining soni 9,1 mln. kishiga teng (2018-y.). Tojikiston Markaziy Osiyo davlatlari orasida aholi tabiiy o'sishining yuqori sur'atlari bilan ajralib turadi. Shuningdek, Tojikiston mintaqadagi shahar aholisining ulushi eng past bo'lgan davlat hisoblanadi (27 %, 2018-y.). Poytaxt aholisi 800 ming kishidan ortiq. Katta shaharlar toifasiga Xo'jand, Boxtar (sobiq Qo'rg'ontepa) va Ko'lob shaharlari mansub.
Aholisi
Tog'li relyef sharoitidagi dehqonchilik uchun qulay yerlarning yetish- movchiligi aholi asosiy qismining tog' oralig'idagi botiqlarda joylashuviga olib keldi. Aholisining yuqori zichligi bilan mamlakat shimolidagi Farg'ona vodiysi, janubi-g'arbida joylashgan Hisor hamda Vaxsh vodiylari alohida ajralib turadi. Pomir tog'larida esa aholi daryo vodiylari va tog' yonbag'irlaridagi mayda qishloqlarda tarqoq holda joylashgan.
Aholisi
Aholisining 85 % ga yaqin qismini tojiklar tashkil qiladi. Aholining milliy tarkibida ikkinchi o'rinda umumiy soni 1 mln. kishidan ortadigan o'zbeklar turadi. Ular, asosan, O'zbekiston bilan chegaradosh rayonlarda istiqomat qiladi. Tog'li Badaxshon muxtor viloyatida tojiklar bilan birga ularga qardosh bo'lgan bir guruh mahalliy elatlar (vaxanlar, rushanlar, ish- kashimlar, yozg'ulamlar va boshqalar) vakillari hamda qirg'izlar yashaydi.