Tojikiston Respublikasi



Yüklə 7,59 Kb.
səhifə3/3
tarix24.12.2023
ölçüsü7,59 Kb.
#191616
1   2   3
404 tojikiston

Iqtisodiyoti

  • Tojikistonga Markaziy Osiyo davlatlari orasida ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishning nisbatan pastroq ko'rsatkichlari xos bo'lib, iqtisodiyoti agrar-industrial yo'nalishga ega.

Sanoati

  • Tojikiston sanoatining yetakchi tarmoqlari rangli metallurgiya, tog'- kon, kimyo, qurilish materiallari va yengil sanoatdir. Tojikistonning eng katta sanoat korxonasi Tursunzoda shahridagi Tojikiston alyuminiy zavodi. Bu korxona Rossiyadan keltiriladigan xomashyo asosida yirik GESlar ishlab chiqaradigan elektr energiyasidan foydalangan holda faoliyat ko'rsatadi. Alyuminiy Tojikiston eksportining tarkibida yetakchi o'ringa ega. Elektr energetikasi GESlarga tayanadi. GESlar orasida Vaxsh daryosidagi Norak GESi alohida iqtisodiy ahamiyatga ega. Yengil sanoat tarmoqlari orasida to'qimachilik sanoati alohida ahamiyat kasb etadi.

Qishloq xo`jaligi

  • Tojikistonda dehqonchilikning asosiy tarmoqlari donchilik, paxtachilik, bog'dorchilik va uzumchilik hisoblanadi. Paxta va turli mevalar respublikaning muhim eksportbop mahsulotlari hisoblanadi. Sug'orma dehqonchiligi tog' oralig'idagi vodiylarida yaxshi rivojlangan, ammo hududining aksariyat qismini tog'lar egallagani hamda aholi zichligining yuqoriligi haydaladigan maydonlarning taqchilligini keltirib chiqarmoqda. Tog'-yaylov chorvachiligi qoramolchilik va qo'ychilikka ixtisoslashgan. Qishloq xo'jaligi tarmoqlari qatorida pillachilik ham katta ahamiyatga ega.

Yüklə 7,59 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin