Shinalar va tok o‘tkazgichlarni ishlatish Qattiq shinalarni ishlatish Yuqorida aytilganidek, 6—10 kV li yopiq RU larda shinalar va yig‘ma shinalar qattiq alyuminiy shinalar bilan amalga oshiriladi. rang shinalar qimmat bo‘lganligi uchun hatto katta tok yuklamalarida ham qo‘llanilmaydi. 3000 A gacha bo‘lgan toklarda bir va ikki yo‘lli (polosali) shinalar ishlatiladi. Katta qiymatli toklarda kesimi quticha ko‘rinishidagi shinalar tavsiya etiladi, chunki ular yaqinlik ranga va sirt effekti tufayli quvvat yo‘qotishini kamaytirish, shuningdek, sovitish sharoitlarini yaxshilash imkonini beradi. Masalan, 2650 A li tokda 60x10 mm o‘lchamdagi uch yo‘lli alyuminiy shinalar yoki ruxsat etiladigan toki 2670 A bo‘lganda 2x695 mm li quticha ko‘rinishidagi shinalar kerak bo‘ladi. Birinchi holda shinalarning umumiy kesimi 1800 mm2ni, ikkinchi holda 1390 mm2 ni tashkil etadi. Bu misoldan quticha ko‘rinishidagi shinalarda tokning ruxsat etiladigan zichligi ancha yuqori (1,47 A/mm2 o‘rniga 1,92 A/mm2) ekanligi ko‘rinadi.
bo‘ylama oval teshik orqali shpilka va prujinalovchi shayba bilan mahkamlanib, sirpanish imkoniyatiga ega. Apparatlarga birlashtirilgan joylarda shinalar bukiladi yoki kompensatorlar o‘rnatiladi, chunki issiqlik ta’sirida shinalarning uzayishidan hosil bo‘ladigan kuchlar apparatga ta’sir etmasligi kerak. 4.17-rasmda shinalarni izolyatorlarda joylashtirishning turli usullarining eskizlari keltirilgan.
Shinalarni uzunligi bo‘yicha birlashtirish odatda payvandlash orqali amalga oshiriladi. Alyuminiy shinalarni apparatlarning rang (jez) qismalariga birlashtirish rang-alyuminiy elektrolit juftining hosil bo‘lishini oldini oladigan o‘tuvchi qismalar yordamida amalga oshiriladi.
Issiqlik uzatishni yaxshilash va ekspluatatsiyada qulaylik tug‘dirish uchun shinalar: o‘zgaruvchan tokda A faza-sariq, V faza-yashil, va S faza-qizil 69anga bo‘yaladi; o‘zgarmas tokda musbat shina-qizil, manfiy faza esa havo ranga bo‘yaladi.