Tok zararkunandalari tok kanasi Eriophyes vitis Nal



Yüklə 42,32 Kb.
səhifə12/15
tarix05.06.2022
ölçüsü42,32 Kb.
#60670
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
5 6210799670982083854

Hayot kechirishi. Markaziy Osiyodagi brajniklarning hayot kechirishi kam tekshirilgan. Brajniklar tuproqda g‘umbaklik stadiyasida qishlaydi. Tokda birinchi nasl qurtlari may oxiri-iyun boshlarida uchraydi. Ular tokdan boshqa o‘simliklarda ham oziqlanadi. Masalan, o‘rta vino brajnigi bilan lineykasimon brajnik chaqamiqda oziqlanadi, 1928 yilda Buxoro viloyatining Shofirkon tumanida lineykasimon brajnikning qandim ko‘chatlariga ancha zarar yetkazganligini V. V, Yaxontov kuzatgan. Markaziy Osiyoda brajniklar yoz bo‘yi kamida ikkita nasl beradi. Ikkinchi (taxminiy) nasl qurtlari tokda avgust o‘rtalarida paydo bo‘ladi.
Kurash choralari. Brajniklarning g‘umbaklariga qarshi kurash uchun; toklarning atrofini kech kuzda yoki erta ko‘klamda chopib, yumshatib turish foydalidir. Qurtlarga qarshi kalsiy arsenat eritmasini purkash yaxshi natija beradi (buning uchun 1 l suvga 3 g zahar solinadi va gektariga taxminan 1000 l hisobidan sarflanadi). Qurtlar qo‘lda ham teriladi.


Boshqa zararkunandalar
Yuqorida ko‘rsatilgan zararkunandalardan tashqari, Markaziy Osiyoda tokka g‘o‘za o‘rgimchakkanasi (Tetranychus telarius L.), qora chigirtka (Ashyeta dyesyerta Rall.), qizil chigirtka (Salliptamus italicua L.), g‘o‘za poyasining ichiga tuxum qo‘yadigan paxta sikadasi (Sisadatra oshreata Me1.), Kaliforniya qalqondori (Diaspidiotus perniciosus Somst.) ham zarar yetkazadi. Ayniqsa mevazorlar yonidagi tokzorlarda yoki ilgarigi bog‘lar o‘rnida barpo etilgan yangi tokzorlarda zararli buzoqboshi qo‘ng‘iz (Ro1urhylla adsrersa Mots.) va mart buzoqboshi qo‘ng‘izi (Me1o1ontha affista Vall.) ko‘pincha katta zarar keltiradi.


CHYeT MAMLAKATLARDAN O‘TIB QOLISHI MUMKIN
BO‘LGAN ENG ASOSIY ZARARKUNANDALAR
Markaziy Osiyoning ayrim joylarida tarqalgan tok unsimon qurti (Rsyeidossosis citri Risso.) dan tashqari MDHda bo‘lmaydigan zararkunandalardan: yapon kamfora qalqondori (Rsyeudaonidia duplex Skll.), yapon qo‘ng‘izi (Rorillia jaronisa Nyewm.) va O‘rta yer dengizi meva pashshasi (Segatitis saritata Wied.) boshqa ekinlar qatorida tokka ham zarar yetkazadi. Bulardan tashqari, Markaziy Osiyoda bo‘lmaydigan o‘simlik biti filloksera tokning spesifik zararkunandasi hisoblanadi.



Yüklə 42,32 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin