Toksik moddalarning xususiyatlari


) Umumiy zaharlash taʼsiriga ega boʻlgan zaharli moddalar



Yüklə 155,81 Kb.
səhifə3/3
tarix05.06.2023
ölçüsü155,81 Kb.
#125064
1   2   3
Mavzu Toksik m-WPS Office

3) Umumiy zaharlash taʼsiriga ega boʻlgan zaharli moddalar.
Umumiy zaharlash ta`siriga ega bo’lgan zaharlovchi moddalarga tsianid kislota va xlortsianlar kiradi. TSianid kislotani shvTB olimi Karl SHeele birinchi bo’lib 1782 yilda sintez qilgan. Aytishlaricha, u 4 yildan so’ng xuddi shu zaharli modda bilan tajriba o’tkazayotgan vaqtda zaharlanib halok bo’lgan. TSianid kislotaning zaharlash xususiyati qadim zamonlardan ma`lum. Masalan, YUnoniston kohinlar tabaqasi shaftoli daraxti bargidan zaharli essentsiya tayyorlab, aybdor kishilarni shu modda bilan o’ldirganlar. Bundan tashqari, tsianid kislota va uning tuzlaridan sanoatda keng foydalaniladi: qishloq xo’jaligida mevali daraxt zararkunandalariga qarshi kaltsiy tsianamid, erkin tsianamidlar ishlatiladi. Kon sanoatida rudalardan oltin va kumush olishda, engil sanoatda gazlamalarga ishlov berishda va rang bilan bo’yashda keng ishlatiladi- SHu sababdan, tsianid kislota ko’p miqdorda ishlab chiqariladi va uni tashish, foydalanish, ishlatish jarayonida odamlar zaharlanishi mumkin. 2000 ga yaqin o’simlik va daraxtlarning mevasi tarkibida tsianid kislota birikkan geteroglikozidlar shaklida uchraydi. Achchiq bodom danagida 2,5—3,5%, shaftoli danagida 2—3%, o’rik va olxo’ri danagida 1—1,8% va olcha danagida 0,8% tsianid kislota amigdalin glikozidi sifatida uchraydi. Kishilar ko’pincha shu danak mag`zini iste`mol qilganda zaharlanib kolishlari mumkin. TSianid kislota (NSN). Kimyoviy nomlari: tsianli vodorod, tsianli vodorod kislotasi; tsianid kislota. TSianid kislota rangsiz, uchuvchan, achchiq bodom hidiga ega bo’lgan suyuqlik. Qaynash harorati +25,7S, shu sababli havoda tezda bug`lanadi. Muzlash harorati — 13,4°S. Bug`ining zichligi havoga nisbatan 0,93 ni tashkil qiladi, ya`ni havodan engil. Bug`lari faollashgan ko’mir yordamida yomon shimiladi, g`ovakli materiallarga yaxshi shimiladi. Ishlatilgan joylarida yoz vaqtida 20—30 daqiqagacha saqlanib qolishi mumkin, noturg`un zaharlovchi modda bo’lib hisoblanadi. Suvda, organik erituvchilarda, fosgenda, ipritda va boshqa zaharlovchi moddalarda yaxshi eriydi.TSianid kislota kuchsiz kislota bo’lib hisoblanadi, chunki u tuzlar tarkibidan eng kuchsiz bo’lgan kislotalar yordamida siqib chiqariladi va tuzlari havoda oksidlanib zaharsiz karbonatlarga aylanadi. TSianid kislota tuzlari germetik idishlarda saqlanadi.TSianid kislota ishqorlar bilan reaktsiyaga kirishib tuz hosil qiladi. Bular kristall modda bo’lib, kuchli zaharlovchi xossaga ega.TSianid kislota aldegidlar va ketonlar bilan oson birikadi va kam zaharli oksinitril (tsiangidrinlar) ni hosil qiladi; Ma`lumki, to’qimalarning nafas olishi, ya`ni uglevodlar, oqsillar va yog`larning fermentativ oksidlanishi faol guruh hisoblangan NADF (nikotinamid-adenidinnukleotid) va NADF (nikotinamidadeninnukleotid -fosfat) degidrogenazalar fermenti ta`sirida oksidlanuvchi substratlardan vodorod ajralib chiqishi yo’li bilan boradi. Ajralib chiqqan elektronlar flavin fermentlarining faol koferment guruhlari bo’lgan FMN (flavinmononukleotid) va FAD (flavinadenindinukleotid) lar orqali o’tadi. So’ng elektronlar tsitoxromlar tarmog`i—tsitoxromlar b1;, s, c1 va a3 larga uzatiladi. TSitoxrom a3— tsitoxromoksidaza deb ataladi,u to’zilishi jihatidan murakkab bo’lib, gemoglobinga o’xshaydi, tarkibi oqsil qismdan va gemin guruhidan iborat bo’ladi. Ularning tarkibiga temir moddasi ham kiradi. Elektronlarning bir tsitoxromdan ikkinchi tsitoxromga ketma-ket o’tkazilishi tufayli tsitoxrom tarkibidagi temir oksidlangan va tiklangan holatga o’tib turadi. TSitoxromoksidaza qondan to’qimalarga keltirilgan kislorodni faollashtirish xususiyatiga ega: u temirning bitta elektronini kislorodga o’tkazib, temirni uch valentli holatga keltiradi- Natijada kislorodning faolligi ortadi va flavin fermentlaridan o’tgan vodorod bilan birikadi, keyinchalik esa ATF da to’planadigan energiya va suv hosil bo’ladi.TSitoxromoksidaza (tsitoxrom a3) ning qaytarilgan shakli molekulyar kislorod bilan to’g`ridan-to’g`ri elektronlarni berib, shu yo’l bilan kislorodning suvga qaytarilishi uchun shart-sharoit yaratadi. SHunday qilib, tsitoxromoksidaza tsitoxromlardan havo kislorodiga elektronlar o’tkazishga yordam beradigan zarur oxirgi halqa tariqasida juda muhim o’rin tutadi. TSian guruhi tsitoxromoksidaza (tsitoxrom a3) tarkibidagi oksidlangan uch valentli temir bilan juda oson birikadi. Natijada kislorodning faollanishi yo’qoladi, to’qimalarda nafas olish susayadi, to’qimalar gipoksiyasi paydo bo’ladi. To’qimalar gipoksiyasining o’ziga xos belgilari: venoz qonning arteriya qon singari oksigemoglobinga boy bo’lishi, teri, og`iz shilliq pardalari va ichki a`zolarni pushti yoki qirmizi tusga kirishidir. Kishi tanasiga tushgan tsianidlar glyukoza va oltingugurt saqlaydigan birikmalar bilan reaktsiyaga kirishib, oksidlanish natijasida qisman parchalanadi. SHuning uchun oz miqdorda zaharlanishga sababchi bo’lmaydi, engil zaharlanish belgilari tezda o’tib ketadi. TSianid birikmalaridan zaharlanganda birinchi navbatda markaziy nerv tizimining shikastlanish alomatlari yuzaga keladi. hatto kichik miqdorda klinik simptomlar kuzatilmaganda ham shartli reflekslarning izdan chiqishi kuzatiladi. Klinik manzarasi. Zararlanish darajasi tsianid kislota bug`lari kontsentratsiyasi, ta`sir qilish vaqti, organizmning o’ziga xos xususiyatlariga bog`liq bo’lib, zaharlanish engil, o’rtacha va og`ir darajalarda o’tadi. Engil darajadagi zaharlanish zaharlovchi moddaning havodagi oz kontsentratsiyasi qisqa vaqt ekspozitsiya qilinganda sub`ektiv buzilishlar bilan ifodalanadi: og`izdan nohush, tahir, achchiq bodom ta`mi keladi, tinka-mador qurib, bosh aylanadi.Bir qancha vaqtdan so’ng shilliq qavatlarda uvishib qolishni his etish sezgisi, ko’p so’lak oqishi, ko’ngil aynishi paydo bo’ladi- Tomoqda, traxeyada va to’sh ortida timdalanish, hamda ko’krak qisilishi sezgilari kuzatiladi.
Davosi. Kimyoviy zararlanish o’chog`ida tsianid kislota va uning birikmalaridan o’tkir zaharlanish ro’y bergan vaqtda zaharlangan kishilar shu zararlangan atmosferadan tezlik bilan olib chikib ketilishi kerak.O’tkir zaharlanish simptomlari namoyon bo’lishiga qarab quyidagi shoshilinch tibbiy yordam tadbirlari o’tkaziladi:
ziddi-zaharlarni qo’llash orqali organizmga tushgan zaharli moddani zararsiz holga keltirish;
organizmdagi zaharni zudlik bilan tashqariga chiqarish;
kerak bo’lgan vaqtda sun`iy nafas oldirish ishlari o’tkaziladi;
organizmning asosiy hayotiy muhim a`zolarini quvvatlab turish uchun dori-darmonlar yuborib turiladi.

Xulosa
Zaharlovchi moddalar bilan zararlanganda yoki unga shubxa qilinganda himoya choralariga qat`iy rioya qilish kerak. Dala sharoitida tortuvchi ventilyatsiya moslamalari, gaz, suv tarmoqlari va kanalizatsiya tizimlarining yo’qligi kimyoviy tekshirishlar o’tkazish uchun ma`lum qiyinchilik tug`diradi. SHuning uchun tekshirish o’tkazilayotgan vaqtda quyidagi havfsizlik texnikasi qoidalariga rioya qilish zarur:
1.namuna bilan qilinadigan barcha operatsiyalar, ya`ni ob`ektlardan olib kelingan namunalar kuzdan kechirilayotganda, ularni boshqa idishlarga solish, aniq miqdorni olish, qismlarga bo’lish va boshqa ishlar bajarilayotgan vaqtda protivogaz, himoya qo’lqopi kiyilgan bo’lishi, fartuk taqilishi kerak;
2.tahlil o’tkazilayotgan joyda oziq-ovqat, suv iste`mol qilish va ularni saqlashga ruxsat berilmaydi.
3 tahlil o’tkazilayotgan joyda begona kishilarning bo’lishi mumkin emas;
4.berk joylarda, xandaqlarda, ish olib borilayotgan vaqtda vaqti-vaqti bilan shu joylarni shamollatib turishga harakat qilish kerak, ma`lum vaqtdan so’ng ishlayotgan joyning havosi tozaligi indikator naychalari yordamida tekshirib turilishi lozim;
5.juda ko’p namunalar bilan ishlashga to’g`ri kelib qolganda, ularni zich yopiladigan maxsus yashiklarda yoki maxsus ajratilgan joylarda saqlash kerak;
6.ochiq joyda ishlayotgan vaqtda tekshirish ishlarini o’tkazayotgan kishi shamol esadigan tarafda turib ishlashi kerakki, esgan shamol zaharlovchi modda bug`larini boshqa tomonga olib ketishi uchun;
7.tahlil o’tkazib bo’lgandan so’ng namuna qoldiqlari, laboratoriya idishlari va apparatlar ichida qolgan narsalar mahsus tayyorlangan joyga ko’milishi kerak;
8.asboblar, ishlatilgan maxsus jihozlar va boshqalar zaharlovchi moddaning turiga qarab degazatsiya qilinadi;
9.tahlil ishlarini olib borgan kishi ish tugagandan so’ng sanitariya ishlovidan o’tishi kerak.


Foydalanilgan adabiyotlar
1.Azizova S.S. Farmakologiya.-Toshkent, Ibn Sino nomidagi nashriyot.1994 yil.
2.Lujnikov E.A. Klinicheskaya toksikologiya. M., «Meditsina», 1982 yil, 368-bet.
3.Lyudevig R., Loos K. Ostrыe otravleniya. Pod redaktsiey E.V.Gembitskogo, M., «Meditsina», 1983 yil.
4.Mamatov I.I. Harbiy toksikologiya va tibbiy muhofazasi bosqichlari. Toshkent 1997 yil. Ibn Sino nashriyoti.
5.Mashkovskiy M.D. Lekarstvennыe sredstva.1-2 tom. M., «Meditsina», 1986
Yüklə 155,81 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin