Toksik moddalarning xususiyatlari


Toksik moddalarning organizmga tushish yoʻllari



Yüklə 155,81 Kb.
səhifə2/3
tarix05.06.2023
ölçüsü155,81 Kb.
#125064
1   2   3
Mavzu Toksik m-WPS Office

2. Toksik moddalarning organizmga tushish yoʻllari

  • Toksik moddalar organizmga 3 yo’l:

  • 1. Pereral (og`iz orqali)

  • 2. Ingalyatsion (nafas yo’llari orqali)

  • 3. Perkutan (teri orqali) tushadi.

  • Ko’pgina xollarda toksik moddalar organizmga og`iz orqali tushadi. Ayrim yog`da eruvchi birikmalar (fenol, tsianidlar) og`iz bo’shlig`ining o’zidayoq qonga so’riladi. Oshqozon shirasining kislotaligi birga yaqin bo’lib, noionlashgan holdagi kislotalar oson so’riladi, noionlashgan asoslar , morfin, noksiron qondan oshqozonga tushadi va ionlashgan shaklda ichakka boradi. Oshqozondagi zaharli moddalar ovqat massalariga birikishi mumkin. Bu holda shilliq qavatlarning zaharlar bilan aloqasi qiyinlashadi. Bundan tashqari so’rilish tezligi shilliq qavatning qon aylanish tezligiga, oshqozon harakatiga va shira hosil qilishiga bog`liq. Zaharli moddalarning so’rilishi asosan ingichka ichakda boradi. (RX 7,0-8,5) Ayrim og`ir metallar ichak epiteliyasini zaharlaydi, shuning uchun ham so’rish jarayoni buziladi. Tabiiy birikmalarga yaqin bo’lgan ikmyoviy birikmalar ingichka ichak shilliq qavatida pinotsitoz (aktiv transport) yo’li bilan so’riladi. Ayrim birikmalar, misol uchun gemoliyik zahar (uksus ejeisiyasi)oshqozon devorlari kapillyarlarida eritrotsitlarni parchalab. Maxalliy reaksiyalar, ya`ni trombogemorrgagik sindromlar sababli bo’ladi. Ichakda yog`da eruvchi moddalar diorfuz yo’li bilan ham yaxshi so’riladi, elektrolitlarning so’rilishi esa ionlashgan holatiga bog`liq (atropin, xinin, anilin, amidopirin yaxshi so’riladi). Og`iz orqali zaharlanishda oshqozon ichak yo’lida zaharli moddalarning ushlanib qolishi toksik moddalarning fizik-kimyoviy xususiyatlari va oshqozon-ichakning funktsional holatiga bog`liq bo’lib, oshqozon-ichak yo’llarini yaxshilab yuvishni talab qiladi. Zaharli moddalarning nafas olish tizimi orqali so’rilishi organizmga juda tezlik bilan boradi. Bu tezlik o’pka alveolalarining yuzasi juda kengligi tufayli (100-150m2) dir. Alveola membranasi juda yupqaligi, o’tkir kapillyarlarda qon oqimining tezligi va zaharlarning ushlab qolinishi sharoitining yo’qligi sabab bo’ladi. Uchuvchi birikmalarning so’rilishi yuqori nafas yo’llarida boshlansada, o’pkada to’liq so’riladi. Ko’pchilik uchuvchi noelektrolitlar, uglevodlar, spirtlar,efirlar oddiy qonunga asosan gradient kontsentratsiya kamaygan yo’nalishda so’riladi. Zaharlarning organizmga tushish tezligi zaharning fizik-kimyoviy xususiyatlariga bog`liq bo’lib, organizmning fiziologik holati kam ahamiyatga ega. Ayrim bug` va gazlar (vodorod xlorid, vodorod ftorid, oltingugur gazlari, noorganik kislota gazlari) nafas olish yo’llarining o’zidayoq o’zgarishlarga uchraydi. Bundan tashqari ular alveolyar membranalarni shikastlashi tufayli, bar`er va transport vazifasini ishdan chiqaradi va toksik o’pka shishishiga olib keladi. Ko’pchilik sanoat korxonalarida hosil bo’ladigan aerozollar (chang, tutun, tuman) zarrachalar yig`indisini hosil qiladi (ko’mir changi, silikat changi). Ular nafas yo’llarida tushib qoladi va tashqariga chiqariladi. YUqori nafas yo’llarida 80-90% 10 mikrometrgacha bo’lgan chang zarrachalari ushlanib qolinadi, alveolalarga 1-2 mkm va undan yirik zarrachalarning 70-80% tushadi. O’pkaning o’z-o’zini zaharlardan tozalash jarayonida alveola makrafaglari va limfatik tizim katta rol o’ynaydi. Lekin metall aerozollari qon oqimiga yoki limfaga tezda so’rilishi oqibatida ular oqsillar bilan kompleks hosil qiladi va tana haroratini oshishi zaharlarning rezorbtiv ta`siri ekanligini ma`lum qiladi. Toksik moddalarning teri orqali o’tish asosan sanoat sharoitida kuzatilib,epidermis orqali, soch follikulalari orqali va yog` bezlari chiqish yo’llari orqali bo’lishi. mumkin: Epidermis lipoproteinli bar`er vazifasini bajarib, turli yog`da eruvchi gaz va organik moddalarning ma`lum qismi ushlanib qolinadi. Ammo ikkinchi bosqichda bu birikmalar dermadan qonga o’tadi. Agar bu moddalar yuqori toksik modda (aromatik nitratlangan va xlorlangan uglevodlar, metallorganik moddalar) bo’lsa o’tkir teri orqali zaharlanishi alomatlari yuzaga chiqadi. Ko’pchilik metall tuzlari, asosan simob, talliy yog` kislotalari at teri yog`lari bilan birikib, ular epidermisning himoya qavatidan o’tadi. Terining mexanik jarohatlari (shilinishi, yaralar), termik va kimyoviy kuyishlar toksik moddalarning organizmga tushishini tezlashtiradi. Zaharlovchi moddalar qo’llash usuliga, ularning fizik va kimyoviy toksikologik xossalariga qarab ta`sir qiladi. Bu moddalarning ba`zilari nafas yo’llari orqali tushsa, ba`zilari boshqa yo’llar bilan organizmga tushadi. Zaharlovchi moddalar ko’pincha bug` va aerozol holida nafas yo’llariga tushadi. Havo yo’llariga tushgan zaharlovchi modda shilliq pardalarda to’xtab kolishi natijasida qisman o’pka alveolalari orqaln qonga so’riladi. Agar o’pka alveolalari yoyib qo’yilsa, uning yuzasi taxminan 90—100 m2 yuzaga tarqaladi, shuning uchun u nafas orqali zararlanish klinikasida birinchi o’rinni egallaydi, ya`ni zararlanish klinikasi tezda rivojlanadi. Ba`zi bir zaharlovchi moddalar organizmga tushgach nafas yo’llari shilliq pardalariga va o’pka to’qimalaridagi intraretseptorlarga maxalliy ta`sir ko’rsatishi mumkin. Reflektor yo’l bilan ta`sir qilganda organizmga umumiy ta`sir qilishi kuzatiladi. O’pka sezuvchi nerv oxirlariga juda boy refleksog`en zona bo’lib xisoblanadi. SHuning uchun patologik reflekslar zaharlovchi moddalar ta`sirida o’pkada paydo bo’lishi mumkin. Zaharlovchi moddalar bilan nafas yo’llari orqali zararlanish ingalyatsion zararlanish deb ataladn. bu zararlanish juda ham havfli xisoblanadi. Nafas yo’llarini zaharlovchi moddalardan saqlash uchun himoyalovchi vositalardan — protivogazlardan foydalaniladi. Zaharlovchi moddalarning organizmga me`da-ichak yo’li orqali tushishi ham katta ahamiyatga ega. Nafas olinadigan havo bilan kirib. shilliq pardalarda ushlanib qolgan mayda zaharlovchi moddalar og`iz bo’shligiga tushganda so’lak bilan aralashadi va yutib yuboriladi. Me`da-ichak yo’li orqali zararlanish asosan bilmasdan zararlangan suv yoki oziq-ovqat mahsulotlari iste`mol qilinganda yuzaga keladi. Me`da-ichak yo’liga tushgan zaharlovchi moddalar asosan ichakda so’riladi.



Yüklə 155,81 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin