Toksikologiya asoslari doc



Yüklə 0,82 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə17/42
tarix08.08.2023
ölçüsü0,82 Mb.
#138905
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   42
Toksikologiya asoslari (B.Ibragimxodjayev va b.)

 
 
 
 
 
 
 
5-BOB 
KIMYOVIY ZARARLANISH O’CHOQLARINING 
TIBBIY-TAKTIK TAVSIFI
 
Harbiy-taktik tasnifi. Bunda zaharlovchi moddalar ta`sir qilish xususiyatiga va 
natijasiga qarab ikki guruhga bo’linadi: 
— 
o’
ldiruvchi zaharlovchi moddalar (nervlarni falajlovchi, terida yara paydo 
qiluvchi, umumiy zaharlovchi va bo’g`uvchi ta`sirga ega bo’lgan zaharlovchi 
moddalar);

— vaqtincha safdan chiqaruvchi zaharlovchi moddalar qo’llanilganda harbiy 


qo’shinlarning ish faoliyati vaqtincha izdan chiqadi va jangovarlik faoliyati pasayadi 
(psixokimyoviy va ta`sirlash xususiyatiga ega bo’lgan zaharlovchi moddalar). 
Zaharlovchi moddalar zararli xususiyatiga qarab ikki asosiy guruhga bo’linadi: 
www.ziyouz.com kutubxonasi


35 
— zararlanishning klinik manzarasini tez yuzaga chiqaruvchi zaharlovchi 
moddalar; 
— zararlanishning klinik manzarasini sekin rivojlantiruvchi zaharlovchi 
moddalar. 
Tez ta`sir qiladigan zaharlovchi moddalarga: zarin, zoman. V- gazlari, tsianid 
kislota, xlortsian, shuningdek kuz va yuqori nafas yo’llari shilliq pardasini 
ta`sirlovchi zaharlovchi moddalar kiradi. Bu moddalar organizmga ta`sir qilganda 
zararlanish manzarasi bir necha daqiqa ichida rivojlanib (fosfororganik zaharlovchi 
moddalar, tsianid kislota) 1-10 daqiqa ichida o’lim ro’y beradi. 
Sekin ta`sir qiladigan zaharlovchi moddalarga ipritlar va fosgenlar kiradi. V-
gazlari teriga ta`sir qilganda klinik alomatlari sekin rivojlanadi. Bu moddalar 
organizmga ta`sir qilganda zararlanish alomatlari mutlaqo yuzaga chismasdan 
yashirin davr kuzatilishi mumkin. Bu davr bir necha daqiqadan (V- gazlari) bir necha 
soatgacha (iprit, fosgen) cho’zilishi mumkin. 
Kimyoviy qurol qollanilgan rayonda kimyoviy moddalardan zaharlanish 
o’chog`i hosil bo’ladi, uning kattaligi ishlatilgan zaharlovchi modda miqdoriga, uning 
turiga, ishlatish usuliga hamda ob-havo sharoitlariga bog`lik bo’ladi. Zaharlovchi 
moddalar o’zining zaharlash xususiyatini qancha vaqt saqlay olishiga qarab chidamli 
va chidamsiz zaharlovchi zaharlovchi moddalarga ajratiladi.

Yüklə 0,82 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   42




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin