34
qon tarkibida karboksigemoglobin miqdori 10—20% ni tashkil qiladi, gemoglobin va
eritrotsitlar miqdori ko’payishi aniqlanadi. Anemizatsiya rivojlangan bo’lsa, ya`ni
gemoglobin va eritrotsitlar miqdori kamayib ketsa, organizmda neyrovegetativ va
trofik o’zgarishlar paydo bo’lishidan darak beradi. Zaharlanishning og`ir darajasida
kishilarda toksik entsefalopatiya, infarkt holatlari, hushdan ketish, qon tomirlar
trombozi va boshqa alomatlar rivojlanishi kuzatiladi. Bunday bemorlar statsionar
sharoitida uzoq muddat davolanadilar.
Uglerod oksidi bilan zaharlanganlar murdasi yorib ko’rilganda teri qavatlari,
murda dog`lari, ichki a`zolar va qon pushti rangda bo’ladi. Bunga sabab,
karboksigemoglobin pushti yoki olcha-qizil rangda bo’lishidir. Tashhisni aniqlash
uchun qon tarkibidagi karboksigemoglobin miqdori aniqlanadi.
Ichki a`zolar tekshirib ko’rilganda ularning to’laqonligi aniqlanadi, plevra,
endokard, epikard va boshqa joylarda nuktali qon quyilishlar kuzatiladi. O’pkada
o’rtacha shish paydo bo’lganligi aniqlanadi. YUrak kengaygan, miokard
bo’shashgan, yurak bo’shliklarida qizil qon quyqalarini ko’rish mumkin. Bosh
miyada ham to’laqonlilik va uning shishi, miya moddasida va pardalarida nuqtali qon
quyilishlar aniqlanadi. Po’stloq osti tugunlarida ham qon quyilishlar va nekrozli
o’choqlar bo’lishi kuzatiladi- CHo’zilib ketgan komatoz holatlarda qon tarkibida
karboksigemoglobin
aniqlanmasligi
mumkin.
YUqorida
ko’rsatib
o’tilgan
o’zgarishlardan tashqari, yana zotiljam o’choqlari, o’pka shishi, yotoq yaralar, teri
shishi, tomirlar trombozi va emboliyasi. miyada degenerativ va nekrobiotik
o’zgarishlar aniqlanadi.
Dostları ilə paylaş: