45
moddaning qabul qilinganiga bog`liq bo’ladi. SHu davrda zaharlarga qarshi olib
borilgan tadbirlar, organizmdan zaharni chiqarish ishlari yaxshi samara beradi.
YAshirin davrning uzoqligi organizmga tushgan zaharlovchi moddaning miqdoriga
bog`liq. Zaharlanish qancha og`ir bo’lsa, yashirin davri shuncha qisqa bo’ladi. Bu
davrda zararlanganlar o’zini yaxshi xis etadi va uxlab qoladi. YAshirin davrdan so’ng
zararlanishning asosiy klinik simptomlari vujudga keladi. Bu klinik simptomlar
asosan markaziy nerv tizimining shikastlanishidan kelib chiqadi. Zaharlanganlarda
umumiy loxasliq bosh aylanishi, bosh og`rishi paydo bo’ladi. Ko’ngil aynishi, ko’p
takrorlanib
turuvchi qusish, qorin sohasida qattiq og`riq paydo bo’ladi. Bunda
ko’pincha zaharlanganlarda qorin bo’shligi a`zolaridagi o’tkir jarrohlik kasalliklari
gumon qilinadi va operatsiya qilinadi. Ular yurganida chayqalib, harakat
muvozanatini saqlab qola olmaydilar. Keyinchalik ularda depressiya holati
rivojlanadi, hushdan ketish, yurak va nafas tizimlari tarafidan buzilishlar paydo
bo’ladi, o’z-o’zidan siyib quyish va ich ketishi kuzatiladi.
Zaharlangan kishilarning
yuzi qizargan va shishgan bo’ladi, nafas olish keskin buziladi, shovqinli nafas olish
kuzatiladi. Puls tekshirib ko’rilganda oldin tez-tez uradi, keyinchalik esa siyraklashib
ketadi, tarangligi pasayadi. Arterial bosim pasayib ketadi. Zaharlangan kishilarda
komatoz holat rivojlanganda ensa muskullarining rigidligi,patologik reflekslarning
(Babinskiy refleksi) paydo bo’lishi,qorin va kremaster reflekslarining pasayishi
kuzatiladi. Zaharlanganlar o’lmay qolsa, ularning umumiy ahvoli bir necha vaqt
yaxshilanib turadi, lekin oradan 2—5 sutka o’tgach ularning ahvoli keskin
yomonlashib ketadi, bu zaharlanishning gepatorenal bosqichga o’tganligidan
dalolat
beradi. Birinchi navbatda jigar va buyrak funktsiiyasining keskin buzilishi kuzatiladi.
YAna bosh og`rigi, umumiy loxaslik, ishtaha yo’qolishi, ko’ngil aynishi, qayt qilish,
qorin va bel sohalarida og`riq paydo bo’ladi, arterial bosim yanada ko’tarilib ketadi.
Jigar kattalashadi. Diurez keskin kamayib ketganligi sababli anuriya rivojlanadi.
Siydik tekshirib ko’rilganda solishtirma og`irligi kamayib ketgan bo’ladi, tarkibida
oqsillar, eritrotsitlar, oksalatlar, tsilindrlar aniqlanadi. O’tkir buyrak etishmovchiligi
va azotli uremiya rivojlanadi va zaharlangan odam 5-14-chi kunga borib o’lishi
mumkin. Tuzalish asta-sekinlik bilan bo’ladi. Poliuriya bosqichidan o’tgandan so’ng
buyrak o’z funktsiyasini tiklay boshlaydi, lekin to’liq tuzalish 2—3 oydan so’ng,
ba`zi vaqtlarda undan ham uzoqroq vaqtdan so’ng kuzatiladi. Zararlanish
asoratlaridan buyrak va jigar etishmovchiligi, o’pka
va miya shishi, o’choqli
pnevmoniyalar kuzatiladi. Davosi. Entilenglikoldan zaharlanishda ziddi-zaharlar
bilan davolash o’tkazilmaydi. o’tkir zaharlinishda birinchi yordam ko’rsatish uchun
zaharlangan odamni zudlik bilan qustirish kerak, iloji bo’lsa zond orqali me`da
yuviladi. Zaharlanishning birinchi soatlarida qonga so’rilgan zaharlarni chiqarib
tashlash uchun jadallashtirilgan diurez, qon almashtirish operatsiyasi, gemo- dializ
o’tkazish lozim. Bu tadbirlar tezkorlik bilan bajarilishi kerak.
Davolash
muassasalarida «sun`iy buyrak” apparati mavjud bo’lsa, unda tezlik bilan shu
muassasaga evakuatsiya qilish kerak bo’ladi. Zaharlanganlarni davolashda atsidozga
qarshi venaga 3—5% li bikarbonat eritmasi yoki laktat natriy eritmasi 500—1000 ml
miqdorda yuboriladi. Paranefronal blokada ba`zi vaqtlarda yaxshi natija beradi, u
buyrak tomirlari qisilishini (spazmini) kamaytiradi, kanalchalarning qon bilan
www.ziyouz.com kutubxonasi
46
ta`minlanishini kuchaytiradi, natijada buyrak faoliyati yaxshilanadi. Qon tarkibidagi
kaltsiy miqdorini tiklash maqsadida kaltsiy xlor (10—20 ml 10% li eritmasi) yoki
kaltsiy glyukonat shu miqdorda venaga yuborib turiladi. Etilenglikolning
parchalanish mahsulotlarini tezlik bilan bog`lash va ularni
chiqarish uchun magniy
sulfat(5 ml 25 % li eritmasi 100 ml 5% li glyukoza eritma bilan) venaga yuboriladi.
Bunda magniy sulfat qon tarkibidagi shovul kislota bilan birikib shovulli nordon
magniy (shovul kislotaning eruvchi tuzi)ni hosil qiladi, bu usul zaharlanishning
boshlang`ich davrida har 3—4 soatda yuborib turiladi. Intoksikatsiyani kamaytirish
maqsadida kichik molekulali plazma o’rnini bosuvchi preparatlar sutkasiga 600—
800 ml dan venaga tomchi holida yuboriladi. Uning tezlik darajasi 50—60 tomchi
bo’lishi kerak Suv va elektrolit balansini saqlash uchun 5% li glyukoza, Ringer, disol,
trisol, laktasol eritmalari yuborib turiladi. Kompleks davolash asosida A, V1, V6, S -
vitaminlari yuborilishi kerak SHu bilan birga oksigenoterapiya va simptomatik
vositalar mavjud patologik sindromlarga binoan qo’llaniladi.
Dostları ilə paylaş: