Hasharotlar va hayvonlar. Ari va qovoqari chaqish orqali o’z zaharini teri ichiga
yuboradi, bunda ari ignasi jarohatlangan joyda qolishi mumkin. CHumoli va boshqa ayrim
hasharotlar chaqadi-yu, ignasini qoldirmaydi. CHaqish va tishlash ancha og`riqli bo’ladi,
lekin kamdan-kam hollarda o’limga olib keladi. Biroq ayrim odamlarda ular og`ir allergik
reaktsiya beradi, ana shu reaktsiya anafilakgik shokni keltirib chiqarishi mumkin.
Hasharotlar chaqqanida birinchi yordam qo’rsatish.
1.Igna teriga sanchilaganicha turgan bo’lsa, uni tirnoq yoki boshqa bironta buyum bilan qirib
chiqarib olish. Bunda pintsetdan foydalanmaslik kerak, chunki igna qisilganda teri ichiga
yanada ko’proq zahar tushishi mumkin.
2.CHaqilgan joyni yuvib. ifposlanmasliga uchun ustiga biron narsa yopib qo’yish.
3.Og`riqni va shishni kamaytirish uchun sovuq kompress qo’yish.
• Jabrlanuvchining ahvolini muntazam kuzatish, allergik reaktsiyani hisobga olib xushyor
turish.
Dostları ilə paylaş: |