Soxta tunka zamburug`i. Soxta to’nka zamburug`i har xil bo’ladi. Qalpog`i
qizg`ish-sarg`ish rangda, dastlab dumaloq-do’mboq bo’lib, keyinchalik yarim yoyiladi,
qizil-qo’ng`ir, sargish-qizil, och qizil-jigarrangga kiradi. Qalpog`ining` markazida
rang to’qroq bo’ladi, qalpog`ida (tangasimon) qoplama bo’lmaydi. Go’shti sarg`ish, hidi
yoqimsiz. Plastinkalari yopishib o’sgan, yosh qo’ziqorinda bo’g`iq sariq rangda,
etilganlarida — qo’ng`ir-yashil rangda bo’ladi. Poyasi ostiga karab ingichkalashib ketadi,
quyisida qo’ng`ir rangga kiradi. Qung`ir qalqa qoldig`i sezilmay ketadi. Xo’rakiga
o’xshaydi-yu, undan kichikroq bo’ladi. Guruh-g`uruh bo’lib o’sadi.
Dojdevik. Qo’ziqorin yig`uvchilar orasida eng mashhuri — dojdevikdir. Uni
soxga dojdevikdan farqlay olish lozim. Soxta dojdevik yoqimli hid taratadi. Mevali tanasi
sharsimon yoki tug`unaksimon shaklda bo’ladi, soxta poyasi bo’lmaydi. Qobig`i bir
qavat. Qo’ziqorin yo’g`on, po’sti qalin, buqog`li, kamdan-kam hollarda qoplamali,
oqish-sarg`ish, kamdan-kam hollarda sarg`ish-qizil rangda bo’ladi. YOsh qo’ziqorin
yorilsa, qobiq ostida dastlab sarg`ish-oqish go’shti ko’rinadi, so’ng u binafsha qora
rangga kiradi, etilganida esa jigarrang-kulrang kasb etib, oqish yo’llari bo’ladi,
marmarsimon jilva qiladi, bu uni haqiqiy dojdevikdan farqlovchi asosiy jihatidir.
Dostları ilə paylaş: |