Zaharli oq poganka. Barcha ma`lum qo’ziqorinlar orasida bo’z qo’ziqorin eng
zaharlisidir. Bu taram-taram (plastinkali) qo’ziqorin bo’lib, quyi tomonida radiusi
bo’ylab tarqaladigan oppoq osma plastinkatar joylashgan bo’ladi. Qalpog`ining yuqori
qismi mayin, oq yoki yashil-jigarrang bo’lib, markazga qarab qorayib boradi.
Qo’ziqorinning chetlari silliq bo’ladi. Uning poyasida alohida belgilari bor: u ko’pshncha
ingichka bo’lib, ildiz yonidan yuqoriga qarab, tugunaksimon yo’g`onlashib boradi,
poyasida qoplama, yuqori qismida esa oq eki yo’l-yo’l halqa bor. Bu tur qo’ziqorin
tilog`ochzor yoki aralash o’rmonda uchrab, ochiq joyda o’sadi.
Qizil muxomor.Qizil muxomor rangi qovoq-sariq rangdan to’q qizil ranggacha
bo’ladi. YOsh qo’ziqorinning qalpoqchasi sharsimon bo’lib, keyinchalik «zontik» kabi
ochiladi, plastinkasi oq rangda bo’ladi. Qalpog`ining ustida oq yoki kul rang, bo’qog`i
kuzga tashlanib turadi. Poyasi oq yoki sarg`ish, yuqori qismida halqasi bo’ladi, quyisi
tugunaksimon yo’g`onlashib boradi.
Dostları ilə paylaş: |