kichikroq bo’ladi, rangi to’q qizil yoki binafsha rang aralash kulrang-qo’ng`ir, yo’qolib
boradigan pag`alar tarzidag`i oq dog`lari, siyrak oq plastinkalari bor.
60
Badbo’y muxomor. Badbo’y muxomor archazorlar va qarag`ayzor o’rmonlarda
uchraydi. Qalpog`i sharsimon, qonus shaklida (tepasi uchli), oq, ba`zida sariq
rangda, po’sti yomg`ir yoqqanda shilimshiq bo’lib qoladi. Quruq o’rmonda yaltirab
turadi. Plastinkalari oq. Poyasi oq, paxmoq, halqali bo’ladi.
Sariq shampinon. Ko’pchilik shampinon iste`mol qiladi. biroq uning zaharli,
sariq turi borligini ko’pchilik bilmaydi. Qo’ziqorinning qalpog`i qo’ng`iroqsimon,
xo’rakisiniki esa sharsimon bo’ladi. Qo’ziqorin go’shti qo’ng`ir-oqish rangda bo’ladi,
xo’rakisinikidan farqli ravishda, u ezilsa, sarg`ayadi. Qo’ziqorinda «dori hidi» bor.
Poyasi oq, g`ovak, asosi shishgan bo’ladi. Etilgan zaharli qo’ziqorinning plastinkasi
jigarrang.Xo’raki shampinonning go’shti doim oq bo’ladi, yosh qo’ziqorinning
plastinkalari och-pushti, etilganiniki -binafsha - pushti rangdan to’q binafsha ranggacha
bo’ladi.
Dostları ilə paylaş: