Suyuq zaharlovchi moddalarning solishtirma og`inrligi suv xavzalarining
zararlanish darajasini baXolashda katta ahamiyatga ega. YUqori nisbiy og`irlikka ega
bo’lgan zaharlovchi moddalar uzoq, vaqt ichida suv xavzalarining eng pastki
qatlamlarida saqlanib turadi.
Gidrolitik turgunliligi zaharlovchi moddalarning nam joylarda va emgir
yog`ayotgan vaqtlarda uzoq, vaqt saqlanib kolishini ta`minlaydi. Bundan tashqari,
zaharlovchi moddalarniig gidrolizlanmasligi yoki gidroliz reaktsiyalariga turg`unligi,
zararlangan joy, inshoatlar, degazatsiya qilishni qiyinlashtiradi.
Zaharlovchi moddalarning molekulasida boradigan o’zgarishlar zaharlovchi
moddalarning zaharlilik xossasini qisman yoki to’liq yo’qolishi bilan namoyon
bo’ladi. SHuning uchun zaharlovchi moddalarni degazatsiya qilishda qo’llaniladigan
moddalar kuchli oksidlovchi va asliga qaytaruvchi xossalarga ega. Keng tarqalgan
kuchli oksidlovchi xossaga ega bo’lgan degazatorlarga xlorli ohaq,mono-
dixloraminlar kiradi. Bu vositalar qo’llanilganda oksidslanish reaktsiyasidan tashqari,
YAna zaharlovchi moddalarning xlorlanish reaktsiyalari ro’y beradi, natijada
zaharlovchi moddalar neytral holatga o’tadi.
Dostları ilə paylaş: |