zararlanish deb ataladn. bu zararlanish juda ham havfli xisoblanadi. Nafas yo’llarini
zaharlovchi
moddalardan
saqlash
uchun
himoyalovchi
vositalardan
—
protivogazlardan foydalaniladi.
Zaharlovchi moddalarning organizmga me`da-ichak yo’li orqali tushishi ham
katta ahamiyatga ega. Nafas olinadigan havo bilan kirib. shilliq pardalarda ushlanib
qolgan mayda zaharlovchi moddalar og`iz bo’shligiga tushganda so’lak bilan
aralashadi va yutib yuboriladi. Me`da-ichak yo’li orqali zararlanish asosan bilmasdan
zararlangan suv yoki oziq-ovqat mahsulotlari iste`mol qilinganda yuzaga keladi.
Me`da-ichak yo’liga tushgan zaharlovchi moddalar asosan ichakda so’riladi.
Lipidlarda yaxshi eriydigan zaharlovchi moddalar og`iz va me`da-shilliq
pardasida ham yaxshi so’riladi. Ichak shilliq pardasidan qon tarkibiga lipidlarda
yaxshi eriydigan va erimaydigan zaharlovchi moddalarning sust diffo’ziyalanishi
yoki oddiy diffo’ziyalanish jarayoni tufayli so’rilishi kuzatiladi. Suvda yaxshi
eriydigan zaharlovchi moddalar yo’g`on ichakda so’riladi. Me`da-ichak yo’lidan
so’rilib o’tgan zaharlovchi moddalar qon va limfa tomirlariga tushadi va butun
organizm va to’qimalarga tarqaladi. Zaharlovchi moddalar katta qon aylanish
doirasiga tushishidan oldin jigarga keladi va bu erda ularning bir qismi jigarning
mikrosomal fermentlari ta`sirida zararsizlantiriladi. Ichakdan qonga so’rilmagan
zaharlovchi moddalar ahlat bilan tashqariga chiqarib tashlanadi.
Zaharlovchi moddalarning organizmga tushadigan yana bir eng muxim yo’li
teri qavatidir. O’tishning uch yo’li ma`lum: epidermis orqali, jun follikulalari va
www.ziyouz.com kutubxonasi
17
yog` bezlarining chiqaruvchi yo’llari orqali. Lipidlarda yaxshi eriydigan zaharlovchi
moddalar (fosfororganik zaharlovchi moddalar, iprit, lyuizit va boshqalar) teri orqali
organizmga tezda so’rilish xususiyatiga ega. Odamning terisi qizarib, ancha terlab
turgan holda zaharlovchi moddalarning so’rilishi ancha osonlashadi.
Bundan tashqari, teri qavati orqali organizmga tushgan zaharlovchi
moddalarning toksik ta`sir ko’rsatishi uchun: zaharlovchi moddalarning kanchalik tez
so’riluvchanligi, suvda eruvchanligi ham muxim o’rin tutadi. Teri orqali o’tgan
zaharlovchi moddalar jigarga tushmasdan, katta qon aylanish doirasiga tushishi
mumkin. Teri qavatlarini zaharlovchi moddalardan himoyalash uchun maxsus
himoya vositalari qo’llaniladi.
Dostları ilə paylaş: |