Amilnitrit—dala sharoitida birinchi tibbiy yordam ko’rsatish uchun
mo’ljallangan bo’lib, 1 ml li ampulalarda ishlab chiqariladi. Ampula uchiga paxta
yoki doka o’rab qo’yiladi. Amilnitrit ingalyatsiya yo’li bilan ishlatiladi, buning uchun
ampulaning uchki qismi sindiriladi, paxta yoki dokani xo’llab zaharlangan odamga
hidlatiladi. Agar zararlangan atmosferada ishlatish kerak bo’lsa. protivogazning yuz
chekkasi tortiladi va burun oldiga qistirib qo’yiladi. Amilnitrit moddasi qisqa vaqt
ta`sir ko’rsatadi, shuning uchun har 10—12 daqiqa o’tgandan so’ng zararlangan
odamning ahvoli yaxshilanmasa, kollapsga yo’l qo’ymasdan zaharlanganlarga 3—5
martagacha hidlatish uchun beriladi.
Natriy nitrit — bu modda kuchli metgemoglobin hosil kiluvchi ziddi-zahar
bo’lib hisoblanadi. Zararlangan kishilarga 10-20 ml yangi tayyorlangan 1% li natriy
nitrit eritmasi shok holati rivojlanishiga yo’l qo’ymagan holda venaga asta-sekin
yuboriladi. Bundan tashqari, arterial bosim 90 mm simob ustunidan pasayib
ketmasligiga e`tibor berish kerak
Antitsian — organizmga yuborilganda tezda metgemoglobin hosil qiladi,
buning natijasida to’qimalar nafas olishi yaxshilanadi. Bu ziddi-zaharning yana bir
xususiyati
shuki,
organizmga
yuborilganda
to’qimalardagi
biokimyoviy
reaktsiyalarni yaxshilaydi, miya va yurak faoliyatiga ijobiy ta`sir ko’rsatadi. V. I.
Artamonovning ko’rsatishicha, bu ziddi-zahar vrachlikka oid tibbiy yordam
ko’rsatish kerak bo’lganda keng qo’llaniladi.
www.ziyouz.com kutubxonasi
29
Dala sharoitida 20% li antitsian eritmasining 1 ml si (kishi vaznining har 60
kilogrammiga) mushaklar orasiga yuboriladi. Davolash statsionarlarda, har bir
kilogramm vaznga 0,75 mg hisobidan antntsianning 20% li eritmasi 20 yoki 40% li
glyukoza yoki izotonik natriy xlorid eritmasida venaga yuboriladi. Juda og`ir
zaharlanishlarda birinchi marta yuborilgandan so’ng zaharlangan odamning ahvoli
yaxshilanmasa, 25—30 daqiqadan so’ng takroran yuboriladi.
Preparat juda ham ehtiyotlik bilan venaga yuborilishi kerak,agarda teri ostiga
tushib qolsa, tushgan joyda nekroz paydo bo’ladi.
Dostları ilə paylaş: |