Toksikologiya asoslari doc



Yüklə 0,82 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə20/62
tarix28.03.2022
ölçüsü0,82 Mb.
#54291
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   62
Toksikologiya asoslari (B.Ibragimxodjayev va b.)

Amilnitrit—dala  sharoitida  birinchi  tibbiy  yordam  ko’rsatish  uchun 

mo’ljallangan  bo’lib,  1  ml  li  ampulalarda  ishlab  chiqariladi.  Ampula  uchiga  paxta 

yoki doka o’rab qo’yiladi. Amilnitrit ingalyatsiya yo’li bilan ishlatiladi, buning uchun 

ampulaning  uchki  qismi  sindiriladi,  paxta  yoki  dokani  xo’llab  zaharlangan  odamga 

hidlatiladi.  Agar  zararlangan  atmosferada  ishlatish  kerak  bo’lsa.  protivogazning  yuz 

chekkasi  tortiladi  va  burun  oldiga  qistirib  qo’yiladi.  Amilnitrit  moddasi  qisqa  vaqt 

ta`sir  ko’rsatadi,  shuning  uchun  har  10—12  daqiqa  o’tgandan  so’ng  zararlangan 

odamning  ahvoli  yaxshilanmasa,  kollapsga  yo’l  qo’ymasdan  zaharlanganlarga  3—5 

martagacha hidlatish uchun beriladi. 

Natriy  nitrit  —  bu  modda  kuchli  metgemoglobin  hosil  kiluvchi  ziddi-zahar 

bo’lib  hisoblanadi.  Zararlangan  kishilarga  10-20  ml  yangi  tayyorlangan  1%  li  natriy 

nitrit  eritmasi  shok  holati  rivojlanishiga  yo’l  qo’ymagan  holda  venaga  asta-sekin 

yuboriladi.  Bundan  tashqari,  arterial  bosim  90  mm  simob  ustunidan  pasayib 

ketmasligiga e`tibor berish kerak 

Antitsian  —  organizmga  yuborilganda  tezda  metgemoglobin  hosil  qiladi, 

buning  natijasida  to’qimalar  nafas  olishi  yaxshilanadi.  Bu  ziddi-zaharning  yana  bir 

xususiyati 

shuki, 


organizmga 

yuborilganda 

to’qimalardagi 

biokimyoviy  

reaktsiyalarni  yaxshilaydi,  miya  va  yurak  faoliyatiga  ijobiy  ta`sir  ko’rsatadi.  V.  I. 

Artamonovning  ko’rsatishicha,  bu  ziddi-zahar  vrachlikka  oid  tibbiy  yordam 

ko’rsatish kerak bo’lganda keng qo’llaniladi. 

www.ziyouz.com kutubxonasi




 

29 


 

Dala  sharoitida  20%  li  antitsian  eritmasining  1  ml  si  (kishi  vaznining  har  60 

kilogrammiga)  mushaklar  orasiga  yuboriladi.  Davolash  statsionarlarda,  har  bir 

kilogramm  vaznga  0,75  mg  hisobidan  antntsianning  20%  li  eritmasi  20  yoki  40%  li 

glyukoza  yoki  izotonik  natriy  xlorid  eritmasida  venaga  yuboriladi.  Juda  og`ir 

zaharlanishlarda  birinchi  marta  yuborilgandan  so’ng  zaharlangan  odamning  ahvoli 

yaxshilanmasa, 25—30 daqiqadan so’ng takroran yuboriladi. 

Preparat  juda  ham  ehtiyotlik  bilan  venaga  yuborilishi  kerak,agarda  teri  ostiga 

tushib qolsa, tushgan joyda nekroz paydo bo’ladi. 


Yüklə 0,82 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   62




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin