Davosi. Kimyoviy zararlanish o’chog`ida tsianid kislota va uning
birikmalaridan o’tkir zaharlanish ro’y bergan vaqtda zaharlangan kishilar shu
zararlangan atmosferadan tezlik bilan olib chikib ketilishi kerak.O’tkir zaharlanish
simptomlari namoyon bo’lishiga qarab quyidagi shoshilinch tibbiy yordam tadbirlari
o’tkaziladi:
— ziddi-zaharlarni qo’llash orqali organizmga tushgan zaharli moddani
zararsiz holga keltirish;
— organizmdagi zaharni zudlik bilan tashqariga chiqarish;
— kerak bo’lgan vaqtda sun`iy nafas oldirish ishlari o’tkaziladi;
— organizmning asosiy hayotiy muhim a`zolarini quvvatlab turish uchun dori-
darmonlar yuborib turiladi.
Hozirgi vaqtda ko’pdan-ko’p tekshirishlar va tajribalar o’tkazish natijasida
tsianid kislotaning organizmga ta`sir qilish mexanizmi ancha yaxshi o’rganilgan, shu
asosda uning ziddi-zaharlari ham sintez qilingan.
TSianid kislotaning organizmga ta`sir qilish mexanizmi (asosan barcha sintez
qilingan ziddi-zaharlar) ikki guruhga bo’linadi:
— metgemoglobin hosil kiluvchi ziddi-zaharlar;
— tsian guruhini o’ziga biriktirib oluvchi ziddi-zaharlar.
Dostları ilə paylaş: |