Toksikologiya asoslari doc



Yüklə 0,82 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə18/62
tarix28.03.2022
ölçüsü0,82 Mb.
#54291
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   62
Toksikologiya asoslari (B.Ibragimxodjayev va b.)

Davosi.  Kimyoviy  zararlanish  o’chog`ida  tsianid  kislota  va  uning 

birikmalaridan  o’tkir    zaharlanish  ro’y  bergan  vaqtda  zaharlangan  kishilar  shu 

zararlangan  atmosferadan  tezlik  bilan  olib  chikib  ketilishi  kerak.O’tkir  zaharlanish 

simptomlari  namoyon bo’lishiga qarab quyidagi shoshilinch tibbiy  yordam tadbirlari 

o’tkaziladi: 

—  ziddi-zaharlarni  qo’llash  orqali  organizmga  tushgan  zaharli  moddani 

zararsiz holga keltirish; 

— organizmdagi zaharni zudlik bilan tashqariga chiqarish; 

— kerak bo’lgan vaqtda sun`iy nafas oldirish ishlari o’tkaziladi; 

— organizmning asosiy hayotiy muhim a`zolarini quvvatlab turish uchun dori-

darmonlar yuborib turiladi. 

Hozirgi  vaqtda  ko’pdan-ko’p  tekshirishlar  va  tajribalar  o’tkazish  natijasida 

tsianid kislotaning organizmga ta`sir qilish mexanizmi ancha yaxshi o’rganilgan, shu 

asosda uning ziddi-zaharlari ham sintez qilingan. 

TSianid  kislotaning  organizmga  ta`sir  qilish  mexanizmi  (asosan  barcha  sintez 

qilingan ziddi-zaharlar) ikki guruhga bo’linadi: 

— metgemoglobin hosil kiluvchi ziddi-zaharlar; 

— tsian guruhini o’ziga biriktirib oluvchi ziddi-zaharlar. 




Yüklə 0,82 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   62




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin