Toksikologiya asoslari doc


Metgemoglobin  hosil  qnluvchi  ziddi-zaharlarga



Yüklə 0,82 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə19/62
tarix28.03.2022
ölçüsü0,82 Mb.
#54291
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   62
Toksikologiya asoslari (B.Ibragimxodjayev va b.)

Metgemoglobin  hosil  qnluvchi  ziddi-zaharlarga  amilnitrit,  natriy  nitrit,  4- 

dimetilaminofenol  va  antitsianlar  kiradi.  Qon  tarkibidagi  oksigemoglobin  va 

tiklangan  gemoglobin  tarkibiga  ikki  valentli  temir  moddasi  kiradi.  TSianidlar  ikki 

valentli temir  bilan bog`lanish  xususiyatiga ega emas. Qon  tarkibiga kiruvchi  gemin 

pigmentlarda  metgemoglobin bo’ladi,  gem tarkibida  uch  valentli temir    ioni bo’ladi. 

www.ziyouz.com kutubxonasi




 

28 


 

Agar  qon  tarkibidagi  uch  valentli  temir  ioni  miqdorini  oshirishga  erishilsa 

to’qimalardagi  tsitoxromoksidazalar  tomon  oqib  ketayotgan  tsianidlarni  qon 

tomirlarida  bog`lashga  erishilgan  bo’ladi.  Azot  kislota  efirlari  (nitritlar)  va  tuzlari 

kuchli metgemoglobin hosil qilish xususiyatiga ega ekanligi aniqlangan. Bu moddalar 

organizmga  yuborilganda  gemoglobinniig  bir  qismi    metgemoglobinga    aylanadi. 

Buning  natijasida  qon  tarkibida  hosil  bo’lgan  metgemoglobin  tsianidlar  bilan 

reaktsiyaga kirishadi va tsianmetgemoglobinni hosil qiladi: 

Qon  tarkibidagi  metgemoglobin  yuqori  kontsentratsiyaga  etganda  qon 

plazmasida  erigan  zaharlovchi  moddalarni  bog`lab  qolmasdai,  u  tsitoxromoksidaza 

fermenti  bilan  bog`langan  zaharlovchi  moddalar  bilan  reaktsiyaga  kirishadi.  Buning 

natijasida  ferment  faolligini  tiklashga  sharoit  yaratiladi,  to’qimalarning  nafas  olishi 

yaxshilanadi.  SHuni  esda  tutish  kerakki,  metgemoglobin  bilan  reaktsiyaga  kirishgan 

tsianid  kislota  birikmasi  —  tsianmetgemoglobin  qaytarilish  reaktsiyasi  xususiyatiga 

ega, ya`ni birmuncha vaqt o’tishi bilan tsianmetgemoglobin tsianid kislota hosil qilib 

parchalanadi.  Buning  oldini  olish  uchun  davolash  vaqtida  boshqa  ziddi-zaharlarni 

ham qo’llash tavsiya etiladi. 

Qon  tarkibida  hosil  bo’lgan  metgemoglobin  kislorod  tashish  xossasiga  ega 

emas,  agar  uning  qondagi  miqdori  oshib  ketsa,  organizmda  gemik  gipoksiya 

rivojlanadi.  SHuning  uchun  davolash  ishlari  o’tkazilayotgan  vaqtda  qon  tarkibidagi 

metgemoglobin  miqdorini  30%  dan  oshirib  yubormaslikka  harakat  qilish  kerak 

Bundan  tashqari,  metgemoglobin  qon  tomirlariga  kengaytiruvchi  ta`sir  ko’rsatadi  va 

natijada  kollaps  holati  rivojlanishi  mumkin.  SHu  sababli  nitrobirikmalarni  dala 

sharoitida qo’llash maqsadga muvofik emas. 




Yüklə 0,82 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   62




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin