suyuqlik. Qaynash harorati +25,7S, shu sababli havoda tezda bug`lanadi. Muzlash
harorati — 13,4°S. Bug`ining zichligi havoga nisbatan 0,93 ni tashkil qiladi, ya`ni
havodan engil. Bug`lari faollashgan ko’mir yordamida yomon shimiladi, g`ovakli
materiallarga yaxshi shimiladi. Ishlatilgan joylarida yoz vaqtida 20—30 daqiqagacha
saqlanib qolishi mumkin, noturg`un zaharlovchi modda bo’lib hisoblanadi. Suvda,
organik erituvchilarda, fosgenda, ipritda va boshqa zaharlovchi moddalarda yaxshi
eriydi.TSianid kislota kuchsiz kislota bo’lib hisoblanadi, chunki u tuzlar tarkibidan
eng kuchsiz bo’lgan kislotalar yordamida siqib chiqariladi va tuzlari havoda
TSianid kislota tuzlari germetik idishlarda saqlanadi.TSianid kislota ishqorlar
bilan reaktsiyaga kirishib tuz hosil qiladi. Bular kristall modda bo’lib, kuchli
zaharlovchi xossaga ega.TSianid kislota aldegidlar va ketonlar bilan oson birikadi va
adenidinnukleotid) va NADF (nikotinamidadeninnukleotid -fosfat) degidrogenazalar
fermenti ta`sirida oksidlanuvchi substratlardan vodorod ajralib chiqishi yo’li bilan
boradi. Ajralib chiqqan elektronlar flavin fermentlarining faol koferment guruhlari
24
bo’lgan FMN (flavinmononukleotid) va FAD (flavinadenindinukleotid) lar orqali
o’tadi. So’ng elektronlar tsitoxromlar tarmog`i—tsitoxromlar b
1
;, s, c
1
va a
3
larga
uzatiladi.
TSitoxrom a
3
— tsitoxromoksidaza deb ataladi,u to’zilishi jihatidan murakkab
bo’lib, gemoglobinga o’xshaydi, tarkibi oqsil qismdan va gemin guruhidan iborat
bo’ladi.
Ularning tarkibiga temir moddasi ham kiradi. Elektronlarning bir tsitoxromdan
ikkinchi tsitoxromga ketma-ket o’tkazilishi tufayli tsitoxrom tarkibidagi temir
oksidlangan va tiklangan holatga o’tib turadi. TSitoxromoksidaza qondan
to’qimalarga keltirilgan kislorodni faollashtirish xususiyatiga ega: u temirning bitta
elektronini kislorodga o’tkazib, temirni uch valentli holatga keltiradi- Natijada
kislorodning faolligi ortadi va flavin fermentlaridan o’tgan vodorod bilan birikadi,
keyinchalik
esa
ATF
da
to’planadigan
energiya
va
suv
hosil
bo’ladi.TSitoxromoksidaza (tsitoxrom a
3
) ning qaytarilgan shakli molekulyar
kislorod bilan to’g`ridan-to’g`ri elektronlarni berib, shu yo’l bilan kislorodning suvga
qaytarilishi uchun shart-sharoit yaratadi. SHunday qilib, tsitoxromoksidaza
tsitoxromlardan havo kislorodiga elektronlar o’tkazishga yordam beradigan zarur
oxirgi halqa tariqasida juda muhim o’rin tutadi.
TSian guruhi tsitoxromoksidaza (tsitoxrom a
3
) tarkibidagi oksidlangan uch
valentli temir bilan juda oson birikadi. Natijada kislorodning faollanishi yo’qoladi,
to’qimalarda nafas olish susayadi, to’qimalar gipoksiyasi paydo bo’ladi.
To’qimalar gipoksiyasining o’ziga xos belgilari: venoz qonning arteriya qon
singari oksigemoglobinga boy bo’lishi, teri, og`iz shilliq pardalari va ichki a`zolarni
pushti yoki qirmizi tusga kirishidir.
Kishi tanasiga tushgan tsianidlar glyukoza va oltingugurt saqlaydigan
birikmalar bilan reaktsiyaga kirishib, oksidlanish natijasida qisman parchalanadi.
SHuning uchun oz miqdorda zaharlanishga sababchi bo’lmaydi, engil zaharlanish
belgilari tezda o’tib ketadi.
TSianid birikmalaridan zaharlanganda birinchi navbatda markaziy nerv
tizimining shikastlanish alomatlari yuzaga keladi. hatto kichik miqdorda klinik
simptomlar kuzatilmaganda ham shartli reflekslarning izdan chiqishi kuzatiladi.
Dostları ilə paylaş: