Dispersiya qiymatlari minimal bo‘lgan DSF, NZDSF tolalarini qo‘llash dispersiyani kamaytirish usullaridan biridir. Mamlakatimiz tolali optik aloqa liniyalarida SF - standart tolali kabellari eng ko‘p qo‘llaniladi. SF tolalarida yuqorida aytib ÿtilgandek xromatik dispersiya qiymati nisbatan katta. Standart optik tolali kabellar o’rniga dispersiya qiymati kichik bÿlgan DSF, NZDSF tolali optik kabellarni o‘tkazish qo‘shimcha sarf harajatlarni taqozo etadi. SHu sababdan bu usuldan yangi qurilayotgan tolali optik aloqa liniyalarini tuzishda foydalaniladi.
Standart tolali kabellar asosidagi uzatish tizimlarida dispersiyani kamaytirish uchun dispersiyani kompensatsiya qiluvchi tola DSF (Dispersion Compensating Fiber) lardan foydalanish mumkin.
Dispersiyani kompensatsiyalovchi tolalardan asosan xromatik dispersiyani kamaytirishda, regeneratsiyalash seksiyasi uzunligini oshirishda, past tezlikdan yuqori tezlikli tizimlarga o‘tishda, to‘lqin uzunligi bo‘yicha zichlashtirilgan TOAT da foydalaniladi. DSF tolalarida dispersiya qiymati manfiy qiymatlarga ega bo‘ladi. Xromatik dispersiyasi musbat ishchi tolaga dispersiyasi manfiy DSF tolalarini ulash natijasida dispersiya nolga yaqinlashadi, ya’ni kompensatsiya qilinadi (10.11-rasm).
DSF tolalari “Corning”, “Lucent Technologies”, “Sumitomo Electric” kompaniyalari tomonidan ishlab chiqarilmoqda.
Lekin DSF tolalarini qo‘llash bir qator muammolarni tug‘diradi. Zero u:
- dispersiyasi musbat va manfiy turli tolalarni ulash, montaj va
ta’mirlashni murakkablashtiradi;
- DSF tolalari ishchi tolaga qaraganda katta yo‘qotishlarni yuzaga keltiradi, bu yo‘qotishlar α = 0,4-1,0 dB/km bo‘lib, uzatish liniyasining umumiy yo‘qotishlariga qo‘shiladi;
- 10-12 km ishchi tolaning dispersiya qiymatini kompensatsiyalash uchun 1 km atrofida DSF tolalari talab etiladi;
- nochiziqli effektlarning oshishiga olib keladi.
Kompensatsiyalash samarali bo‘lishi uchun, ishchi tolaning umumiy dispersiya qiymatini va DSF tolasining dispersiya parametrlarini o‘lchash kerak.
Kamchiliklarni yo‘qotish maqsadida DSF tolalari DCM (Dispersion Sompensating Module) deb nomlangan maxsus modullarga joylashtirilib, ular uzatish tizimlarining ustunlariga yoki optik kuchaytirgichlarning 1- va 2- kaskadlari orasiga qo‘yiladi. Dispersiyani kompensatsiya qiluvchi modullarning DCM o‘lchamlari har xil bo‘lishi mumkin. Masalan, ‘’Corning‘’ B turdagi modullari 235x235x40 mm, D turdagi modullar 267x267x40 mm, S turdagi modullar 278x432x44mm, ‘’Sumitomo’’ firmasining modullari esa 228x202x41 mm o‘lchamlarga ega.
Biroq DCM modullarining qo’llanilishi ham ayrim muammolarni keltirib chiqaradi, chunonchi qo‘shimcha yo‘qotishlarning yuzaga kelishiga,
qutblangan moda dispersiyasi QMD qiymatining oshishiga olib keladi.
To‘lqin uzunligi bo‘yicha zichlashtirilgan yuqori tezlikli tizimlarda QMD qutblangan moda dispersiyasi 0,1-0,2 ps/km-1/2 dan oshmasligi kerak.
DCM modullari qo‘llanilganida yuqoridagi kamchiliklarni e’tiborga olish zarur.