Tolipova t


Yangi mavzuni mustahkamlash



Yüklə 1,76 Mb.
səhifə28/29
tarix23.05.2023
ölçüsü1,76 Mb.
#120657
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   29
Tabiatshunoslik fanini o‘qitishda STEAM yondashuv (O‘quv-uslubiy qo‘llanma)

Yangi mavzuni mustahkamlash.


O‘quvchilar bilimini mustahkamlash uchun «Sakkiz oyoqning savollari»ga javob bering topshirig‘i beriladi.

«Qo‘riqxonalar»guruhiga:




uhiga:


«Cho‘llar» guruhiga:

Test topshiriqlari raqamli kartochkalar bilan aniqlanadi?


  1. Tabiat necha turga bo‘linadi?

A) 4; B) 3; D)2;


  1. Suv qanday holatda bo‘ladi? A) 1; B) 3; D) 4;

  2. Quyosh atrofida nechta sayyora aylanib yuradi?

A) 7 ta; B) 8 ta; D) 9 ta;
Dars oxirida guruh sardorlari to‘plangan ballar haqida hisob beradilar. Topshiriqlar tugagach, guruhlar bir-biriga o‘zi jamlagan ballarni aytadilar, eng yuqori ball to‘plagan guruh g‘olib guruh topiladi; ular rag‘batlantiriladi.
Uyga vazifa: Darslikdan «Cho‘llar» mavzusini o‘qib kelasiz va savollarga javob topasiz. Bugungi darsimizni men ushbu ajoyib she’riy satrlar bilan tugatmoqchiman.
Ilmu odob, mehringizdan, Hurmatingiz yuksaldi.
Quvvat olib sehringizdan, Darsimiz ham tugadi.

UMUMIY XULOSA


Ta’limda STEAM-yondashuv umumta’lim maktablarida sinf- dars tizimidan loyihaviy faoliyatga tomon o‘tish, fundamental bilimlarni funksional bilimlarga ko‘chirish, ularni amaliyotda faol qo‘llash jarayoni orqali fanlar integratsiyasi, kesishmasida muammolar yechimining yangicha yo‘llarini izlash, lozim topilsa, kashf etishga yo‘naltirish kabi vazifalarni qo‘yadi.
Tabiatshunoslik fani standart ko‘rsatkichlari bolaning tabiat va undagi hodisalar haqidagi tasavvurga ega bo‘lish, ularni farqlay olish, tavsiflab berish, amalda qo‘llay olishga o‘rgatish bilan belgilanadi. Ushbu jarayon bo‘yicha bilim, ko‘nikma va malakalarni shakllantirish uchun avvalo, didaktik shart-sharoitlar yaratish muhim ahamiyatga ega.
Darsning samaradorligini oshirish, beriladigan bilimlar saviyasini ko‘tarish, nazariy bilimlarni hayot bilan bog‘lab olib borish, ilg‘or pedagogik texnologiyalarni qo‘llab dars o‘tish o‘quvchilarda tabiatshunoslikdan bilimlarni o‘zlashtirishga yanada qiziqish uyg‘otadi, ular bilimini mustahkamlashga yordam beradi.
Ta‘lim jarayonida pedagogik texnologiyaning samarali shakl, metod va vositalaridan maqsadga muvofiq foydalanish, dars ishlanmalarni ham pedagogik texnologiyalar va texnologik xaritalar asosida tuzish boshlang‘ich sinfda ta‘lim samaradorligini oshirishga, tizimlashtirishga pirovard natijani belgilashga imkon beruvchi omillardan biri sanaladi.
Tabiiy sharoitlarda kuzatishlarni olib borish, kichik amaliy tajribalarni o‘tkazish, bu kabi tajribalarni tizimli ravishda amalga oshirish, muammoli vaziyatlarni yaratish hamda mazkur o‘rinlarda o‘quvchilarning mustaqilliklarini ta‘minlash, ularni o‘z fikrlarini erkin bayon etishga rag‘batlantirish ularda nafaqat faollikni shakllantiradi, balki mavjud bilim darajasini oshiradi, uni mustahkamlaydi va barqarorlashuviga olib keladi. Natijada o‘zlashtirish va sifat- samaradorlikka erishiladi. Mana shunday vaziyatni yuzaga keltirish, uni samarali amalga oshirish orqali biz asosiy maqsadimizga erishamiz. Xulosa shuki, o‘quv jarayoni samaradorligini, kafolatini ta‘minlashning yagona yo‘li ta’lim oluvchining shaxsiy faolligiga erishishdir. Buning uchun ta’lim-tarbiya jarayonida, xususan, boshlang‘ich sinf tabiatshunoslik darslarida pedagogik texnologiyalarni samarali qo‘llash maqsadga muvofiqdir.
Pedagogik texnologiyaning boshqaruvchanligi shundan iboratki, bunda ta’lim jarayonini rejalashtirish, tashxis qilish, natijalash, tuzatish kiritish imkoniyatlari mavjud. Bunda ta’limdan kutilgan natijaga erishiladi, vaqt tejaladi, bu esa pedagogik texnologiyaning samaradorligi demakdir. Pedagogik texnologiyaning tasdiqlanuvchanligi (validligi) ishlangan modelp boshqa pedagoglar qo‘llaganda ham xuddi o‘shanday samara-natija berishi kerakligini bildiradi. Bir so‘z bilan aytganda, ta’lim jarayoniga yangicha yondoshib, ijodkorlik, bunyodkorlik tadbiq etilsagina, ta’lim samarasi yangi bosqichga ko‘tariladi, ya’ni:

  • bolaning talabi, moyilligi, istak-xohishi uning imkoniyatlari darajasida qondiriladi;

  • o‘quvchining o‘quv mehnatiga mas’uliyati, javobgarligi va burchi oshadi;

  • bilimlarni mustaqil egallash malakalari shakllanadi;

  • u umr bo‘yi o‘z bilimini o‘zigina boyitishga ishonch paydo bo‘ladi;

  • erkin fikrlash malakasi shakllanadi;

  • shaxs jamiyatda o‘zining o‘rnini tezroq topib olishga muhit yaratadi.

Buning uchun bugun biz o‘quvchiga “sen buni bilishing kerak” degan majburlovchi daovatni “meng bu zarur va men buni bilishga, uni g‘ayotda qo‘llashga qodirman” degan ichki ishonch va intilishni uyotishga o‘tishimiz kerak.

Yüklə 1,76 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   29




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin