TAHLILLAR Ushbu oliy o‘quv yurtlarini taxlil qiladigan bo‘lsak, 3 ta oliy o‘quv yurtlarida ham o‘z veb-sayti, elektron kutubxonasi, elektron katalogi va masofaviy resurslardan foydalanish imkoniyatlari mavjud. Milliy universitet kutubxonasining kitobxonlarga hizmat ko‘rsatish tizimi an’anaviy usulda tashkil etilgan, Massachusets texnologiya institutining kutubxonasida talabalarini kun u tun qabul qilish uchun 24/7 ish xonalari mavjud, Turkiyaning Izmir Texnologiya Institutining kutubxonasining ma'lumotlar bazalariga kampus tashqarisidan ham, kampus ichidan ham kirish imkoniyati mavjud. Shuningdek kutubxonasida ommabop kitoblar va ommabop jurnallar elektron va bosma shaklda taqdim etilib, 8 ta elektron kitob oʻquvchi, shaxmat, Go, boks oʻyinlari, turli oʻyinlar va filmlar taqdim etiladi. Kutubxonadan talabalar masofadan turib foydalanish imkoniyatlari ham mavjud.
Urganch davlat pedagogika institutining Axborot resur markasi haqida ma’lumot. Urganch davlat pedagogika instituti 2022-yil sentabr oyida tashkil etilgan. Urganch davlat pedagogika institutini oliy ta`lim muassasalari ichida top 1000 talikka kirgan oliy ta’lim muassasalarining axborot resurs markaziga integratsiya qilish bo‘yicha faoliyat yo‘lga qo‘yildi.
Jumladan, Urganch davlat pedagogika instituti top 1000 talikka кirgan Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetiga integratsiya qilindi.
Shuningdek, xorijning 20 dan ortiq oliy ta’lim muassasalari bilan hamkorlik memorondumlari imzolanib, Axborot-resurs markazining ham integratsion faoliyatini boshlash ko`zda tutilganligini ma`lum qilinadi.
Hozirgi kunda institutning ARM ning umumiy fondi 2000 ta nomda bosma adabiyot, 7550 nuxsadagi o’quv adabiyotlari mavjud. Bugungi kundagi yutuqlarmizdan biri bizda akbt.urspi.uz sayti ishga tushganligi. ARM ning barcha xizmatlari elektron shakilga o’tkazilmoqda.