To`plam birliklari – statistik to`plamni bunyod etuvchi unsurlardir


Variatsion qatorlar va ularning turlari



Yüklə 22,89 Kb.
səhifə2/6
tarix28.11.2023
ölçüsü22,89 Kb.
#168387
1   2   3   4   5   6
Bosh va tanlanma to\'plamlar

Variatsion qatorlar va ularning turlari
Statistik to`plam - bu, turli shakllardagi statistik qatorlardir.

Eng oddiy boshlang`ich qatorlar bevosita kuzatish jarayonida vujudga keladi. Bunday qatorlar tartibga ega bo`lmasdan, qayd qilishdagi holatga asoslanadi. Odatda to`plam birliklari ma`lum belgilar asosida saflab, tasniflab, guruhlab tartibga solinadi.



Statistik qator – tartiblangan statistik to`plamdir.
Bunday tartiblangan statistik to`plam statistik qatorlar deb ataladi, chunki ular sonlar
qatori (ketma - ketligi) bilan ta`riflanadi. Statistik qatorlar turli shakllarda va yo`llar bilan tuziladi. Ularni quyidagi turlarga bo`lish mumkin.
Statistik qatorlarning turlari.


Taqsimot qatorlar – to`plam birliklarini ma`lum belgilar asosida
guruhlarga (qismlarga) bo`linishi tushuniladi.
O`rganilayotgan obyektlarni tasniflash usuliga qarab statistik qatorlar ikki turkumga
ajraladi:biri-taqsimot qatorlari, ikkinchisi dinamika qatorlari. Statistik to`plam birliklarini ma`lum holatga (paytga) nisbatan yoki vaqt oralig`i davomida kuzatib, ularni biror belgi asosida tasniflash natijasi taqsimot qatorlari deb yuritiladi.

Dinamik qator – hodisani vaqt bo`yicha o`zgarishini ko`rsatuv
chi sonlar qatoridir.
Statistik to`plam birliklarini uzoq vaqt davomida kuzatib, davrlar yoki vaqt paytlari
bo`yicha tasniflash mumkin. Bu holda vujudga keladigan qator dinamika qatori deb ataladi, chunki u o`rganilayotgan jarayon dinamikasini tasvirlaydi. Taqsimot qatorining asosiy unsuri varianta, dinamika qatoriniki esa daraja deb yuritiladi. Demak, taqsimot qatorlari-bu, variantalar ketma ketligi bo`lsa, dinamika qatorlari vaqt oraliqlariga tegishli darajalar ketmaketliklaridir. To`plam birliklarini tasniflash asosi qilib qanday belgi olinishiga qarab taqsimot qatorlari ikki turga ajraladi. Bunday belgi sifatida atributiv ya`ni mazmunan farqlanuvchi belgilar olinsa, hosil
bo`lgan taqsimot qatorlari atributiv qatorlar deb yuritiladi. To`plam birliklarini miqdoriy belgilariga qarab tasniflash natijasida hosil bo`lgan taqsimot qatorlari variatsion qatorlar deb ataladi.



Yüklə 22,89 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin