To`plam birliklari – statistik to`plamni bunyod etuvchi unsurlardir


Variatsion qatorlarni grafiklarda tasvirlash



Yüklə 22,89 Kb.
səhifə5/6
tarix28.11.2023
ölçüsü22,89 Kb.
#168387
1   2   3   4   5   6
Bosh va tanlanma to\'plamlar

Variatsion qatorlarni grafiklarda tasvirlash.

Variatsion qator va uning xususiyatlarini tahlil qilishda grafik orqali


tasvirlash muhim rol o`ynaydi. Oraliqli qatorlar gistogramma (grekcha «histion» - to`qima, «gramma» - chiziq) shaklida tasvirlanadi. Abssissa
o`qida qator oraliqlari, ordinata o`qida tegishli masshtabda variantlar soni
belgilanadi, so`ngra abssissa o`qidagi oraliq chegaralari uchun nuqtalardan ordinata o`qidagi tegishli nuqtalarga perpendikulyar chiziqlar tortiladi va
ular birlashtiriladi, natijada yonma-yon joylashgan ustunlar hosil bo`ladi.
6.1- jadvaldagi ma`lumotlarga binoan ishchilarning oylik ish haqi bo`yicha taqsimot gistogrammasi quyidagi diagrammada tasvirlangan.

6.1-grafik. Ishchilarning oylik ish haqi bo`yicha taqsimot gistogrammasi.


Diskret variatsion – qatorlar taqsimot poligoni orqali tasvirlanadi.
Diskret variatsion qatorlar taqsimot poligoni (grekcha «poly» - ko`p,
«sonia» - burchak) orqali tasvirlanadi. Bu holda abssissa o`qida varianta
qiymatlari (butun sonlari), ordinata o`qida esa variantlar ma`lum
masshtablarda (5:7 proporsiyada) belgilanadi va ular bir-biri bilan
birlashtirilgandan so`ng poligon egri chizig`i vujudga keladi.
1989 yil O`zbekiston aholisi ro`yxatiga binoan onalarning tuqqan
bolalar soni bo`yicha taqsimoti quyidagi poligon shaklida tasvirlanadi.

Oraliqli variatsion qator gistogrammasi ustunlarida o`rta nuqtalarni


belgilab, ularni egri chiziq orqali o`zaro birlashtirish yo`li bilan bunday
qatorlar tasvirini poligon shakliga keltirish mumkin (6.1 -grafikka qarang).
Oraliqlar kattaligi turlicha bo`lgan variatsion qatorlar ham
gistogrammalar orqali tasvirlanadi, ammo bu holda ularni tuzish ma`lum
xususiyatga ega. Qator oraliqlari kengligi teng bo`lmagan holda, gistogramma ustunlarining maydoni variantlar sonidan tashqari tegishli oraliq kengligiga ham bog`liq va shu sababli ular variantalar bilan turli darajada
to`lalikka, zichlikka ega bo`ladi, demak, taqqoslama bo`lmaydi.
Shuning uchun oraliqlar kengligi teng bo`lmagan variatsion qatorlar
uchun gistogramma tuzayotganda ustunlar balandligi asosi qilib variantlar sonini emas, balki oraliqlarning zichlik ko`rsatkichlarini olish kerak. So`ngra gistogramma umumiy tartibda tuziladi
Bunday variatsion qatorlar uchun gistogrammalarni quyidagi

tartibda ham tuzish mumkin. Dastlab biror oraliq standart asos qilib


belgilanadi. Uning variantlar soni va kengligi uchun 5:7 nisbatda
masshtablar (h0) belgilanadi. Boshqa oraliqlarga tegishli variantlar soni fj standart oraliq kengligiga a0 bo`linadi (fj / a0). So`ngra ular uchun tegishli oraliq kengligini hisobga olib o`zgaruvchan masshtab quyidagi tartibda belgilanadi:

Yüklə 22,89 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin