Ma’ruza matni 1.To’plam tushunchasi.To’plam tushunchasi matematikaning asosiy tushunchalaridan biri bo’lib, u ta’riflanmaydi va misollar yordamida tasavvur hosil qilinadi. To‘plam deganda predmetlar, ob’ektlarni biror xossasiga ko‘ra birgalikda qarashga tushuniladi.
Masalan, hamma natural sonlarni birgalikda qarasak, natural sonlar to‘plami hosil bo‘ladi. Bir talabalar uyida yashovchi talablarni birgalikda qarash bilan shu talabalar uyidagi talabalar to‘plamini hosil qilamiz. To‘g‘ri chiziqda yotuvchi hamma nuqtalarni bitta butun deb qarash shu to‘g‘ri chiziqdagi nuqtalar to‘plamini, maktabdagi o‘quvchilarni birgalikda qarash o‘quvchilar to‘plamini beradi va h.k.
Hayotda to’plamlar alohida nomlanadi: auditoriyadagi talabalar to’plami - guruh, harflar to’plami - alfavit, qushlar to’plami - gala, qo’ylar to’plami - poda va h. k. 1-ta’rif: To‘plamni tashkil etuvchi ob’ektlar – bu to‘plamning elementlari deb ataladi. Masalan, yuqoridagi misollardagi o‘quvchilar, talabalar, natural sonlar mos to‘plamlarining elementlari hisoblanadi.
To‘plamlar odatda, lotin alfavitining katta harflari bilan, ularning elementlari esa alfavitning kichik harflari bilan belgilanadi. A to‘plam a, b, c, d, e, f elementlaridan tuzilganligi A={a, b, c, d, e, f} ko‘rinishda yoziladi.
To’plam bir qancha elementlardan iborat bo’lishi mumkin, quyidagi yozuv:
aA (1)
aelementni A to’plamga tegishliligini bildiradi.
a A (2)
a elementni A to’plamga tegishli emasligini bildiradi, yoki mantiq belgisidan foydalangan holda ko’rinishda yozishimiz mumkin. Agar aA bo’lsa, u holda aelement A to’plamga tegishli deyiladi1.
a elementni A to’plamga tegishli emasligini bildiradi, yoki mantiq belgisidan foydalangan holda ko’rinishda yozishimiz mumkin. Agar aA bo’lsa, u holda a element A to’plamga tegishli deyiladi2. To’plamning quvvati, yoki cardinal son tushunchasi to’plam elementlari sonini bildiradi. Har qanday n elementli A to’plam elemementlari soni |A|=n kabi belgilanadi. Bizning misolimizda |A|=6.3