To`plangan materiallarning pasporti



Yüklə 9,99 Kb.
tarix02.01.2022
ölçüsü9,99 Kb.
#45388
Uy-ro‘zg‘or buyumlari


TO`PLANGAN MATERIALLARNING PASPORTI

№ ___


  1. Viloyat ___________________________________________________

  2. Tuman( Shahar) ____________________________________________

  3. Qishloq ___________________________________________________

  4. Mahalla ___________________________________________________

  5. Sheva vakilining ismi va familiyasi _____________________________ _________________________________________________________

  6. Tug`ilgan yili yoki muchali ____________________________________

  7. Ma’lumoti _________________________________________________

  8. Kasbi va ish joyi____________________________________________ _____________________________________________________________

  9. Ma’lumot beruvchining millati _____________________________

  10. Materialni yozib olgan shaxsning ismi va familyasi _________________

__________________________________________________________

  1. Material yozib olingan sana ___________________________________


Uy-ro‘zg‘or buyumlari:
1. Sïxäk - qirg‘ich

2. Tava - ovqat pishiriladigan, dastali metall idish nomi (asosan, tuxum va quymoq pishiriladi)

3. Käpkïr - quyuq ovqatlarni kavlash va suzish uchun ishlatiladigan, teshik yapaloq kaftli ro‘zg‘or buyumi

4. Däsmal - qozon va idishlarni yuvish uchun ishlatiladigan mato

5. Sipsä - supurib-sidirish uchun dastalab, bog‘lab yasalgan ro‘zg‘or buyumi

6. Bičqi - arra

7. Badyä - tagi baland, qirg‘og‘i tik, katta sopol idish

8. Täkä - bosh ostiga qo‘yib yotish, yonboshlash, suyanish uchun ishlatiladigan yumshoq buyum

9. Poltayaq - polni yuvish uchun mo‘ljallangan uzun tayoq

10. Baliş - yostiq

11. Yeymä - yotganda, uxlaganda yopinadigan ichiga yupqaroq qilib paxta solingan buyum

12. Čömič - suyuq ovqatni shopirish va suzish uchun ishlatiladigan uzun dastali buyum

13. Däkänä - doka

14. Ğali - odatda, jun, ipakdan to‘qiladigan, yerga, polga to‘shaladigan yoki bezak tariqasida devorga osib qo‘yiladigan buyum

15. Čanaq - ovqat, salat yoki boshqa narsalarni tayyorlash uchun ishlatiladigan, alyuminiy yoki plastmassadan tayyorlangan idish nomi

16. Lapkasa - suyuq ovqatlarni ichish uchun mo‘ljallangan idish

17. Čaydiş - suv yoki choy qaynatishda ishlatiladigan metall idish

18. Qirği - qozon va boshqa idishlarni qirib tozalashda ishlatiladigan buyum nomi

19. Čapqi - go‘sht maydalashda ishlatiladigan pichoqqa o‘xshash ro‘zg‘or asbobi

20. Tïrmo - atir-upa, pardoz buyumlari solinadigan anjom nomi

21. Zontïk - soyabon

22. Ulli qazan - suv qaynatish yoki ovqat pishirishda ishlatiladigan katta metall buyum

23. Arja - turli anjomlar, kiyimlar solib qo‘yiladigan, qulflanadigan uy jihozi

24. Yo‘ğič - non yoyishda ishlatiladigan kichik tayoqcha

25. Oqlav - non yoyishda ishlatiladigan uzun tayoqcha

26. Padnis - idish-tovoq yoki boshqa biron narsa tashish uchun mo‘ljallangan, yassi, chetlari sal qayrilgan metall yoki plastmassadan tayyorlangan ro‘zg‘or buyumi

27. Xamïr läyän - xamir qorish uchun ishlatiladigan katta lagan

28. Stenkä - turli narsalar, uy-ro‘zg‘or buyumlari solinadigan katta uy jihozi

29. Zäñgi - yuqoriga chiqish yoki tushish uchun mo‘ljallangan narvon

30. Äläk - un elash uchun ishlatiladigan, to‘r qoplangan yog‘och gardishdan iborat ro‘zg‘or buyumi

31. Bez - non qo‘yishda ishlatiladigan mato nomi

32. Sipra - xamir yasash, non yoyish uchun mo‘ljallangan, odatda, oshlangan teridan qilinadigan dasturxonsimon ro‘zg‘or buyumi




Yüklə 9,99 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin