To‘plovchilar Aminlar va ularning tuzlari



Yüklə 78,13 Kb.
səhifə5/8
tarix25.12.2023
ölçüsü78,13 Kb.
#194096
1   2   3   4   5   6   7   8
Flotatsiya jarayoni

Ko‘pik hosil qiluvchilar

Etarli darajada mustahkam, o‘chmaydigan ko‘pik hosil qiladigan sirt-aktiv moddalar ko‘pik hosil qiluvchilar deyiladi. Sirt-aktiv moddalar suyuqlik - havo chegarasida adsorbsiyalanuvchi va shu chegarada sirt tarangligini kamaytiruvchi geterogen moddalardir.


Ko‘pik hosil qiluvchi moddalar mineral zarrachalarni bo‘tana yuzasiga ko‘tarib bera oladigan ko‘p miqdordagi mayda pufakchalarni hosil qila olishi kerak. Ko‘pik hosil qiluvchining molekulalari suyuqlik - havo chegarasida shunday joylashadilarki, ularning polyar qismlari suv tarafga, polyarmas qismlari esa havo fazasiga yo‘nalgan bo‘ladi. Amalda ko‘pik hosil qiluvchilar sifatida quyidagi moddalar ishlatiladi:
Krezil kislotasi koks sanoatida olinadi. Uchta aromatik spirt: fenol S6N5ON, krezol S6N5SN2ON va ksilenol S6N5(SN2)2ON larning aralashmasidan iborat. Biroz bo‘lsada to‘plovchi xususiyatiga ega va zaharli.
Og‘ir piridin - koks sanoatida olinadi. Aktiv qismi bo‘lib xinolin S9N7N hisoblanadi.
Ko‘pik hosil qiluvchi IM-68 6 - 8 uglerod atomiga ega uchta spirtning aralashmasidan iborat. IM-68 tarkibiga geksil spirti- S6N13ON, geptil spirti - S7N15ON va oktil spirti - S8N17ON kiradi. Bu ko‘pik hosil qiluvchi zaharli emas va to‘plovchi xususiyatini namoyon qilmaydi.

Muhitning regulyatorlari

Muhitning regulyatorlari minerallarning flotatsiyasi ketayotgan muhitning ishqoriyligini o‘zgartirishga ishlatiladi.


Muhitning ishqoriy yoki kislotali xossalari rN ko‘rsatgich yoki vodorod yoki gidroksil ionlari konsentratsiyasi bilan xarakterlanadi.
Vodorod ko‘rsatkich rN deb vodorod ionlari konsentratsiyasining manfiy logarifmiga aytilaldi:

Kislotali muhitda vodorod ionlarining konsentratsiyasi gidroksil ionlarining konsentratsiyasidan katta, ishqoriy muhitda esa, buning teskarisi, gidroksil ionlarining konsentratsiyasi vodorod ionlarining konsentratsiyasidan katta.
Kislotali muhitda rN < 7, ishqoriy muhitda N > 7, neytral muhitda esa rN = 7. Flotatsiyaning natijalari bo‘tanadagi vodorod ionlarning konsentratsiyasiga bog‘liq bo‘ladi. SHuning uchun vaqti-vaqti bilan suyuq fazaning rN i tekshirib turiladi va berilgan ishqoriylikni reagentlar qo‘shib ushlab turiladi. Nordon muhit hosil qilish uchun sulfat kislotasi, ishqoriy muhit hosil qilish uchun ohak yoki soda qo‘shiladi.

Yüklə 78,13 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin