Flotatsiya jarayoni flotatsiya mashinalari deb ataluvchi boyitish apparatlarida amalga oshiriladi.
Flotatsiya mashinalarining konstruksion tuzilishi va ishlatilish sohalaridan qat’iy nazar ularning umumiy belgisi ishchi muhit sifatida mayda havo pufakchalari bilan to‘yingan bo‘tananing ishlatilishidir.
Bo‘tanani aralashtirish va aeratsiyalash usuliga qarab flotatsiya mashinalari 3 turga bo‘linadi: mexanik, pnevmatik va pnevmomexanik.
Mexanik flotatsiya mashinalarida bo‘tanani aralashtirish, havoni mayda pufakchalarga ajratish va atmosferadan havoni surish impeller (maxsus konstruksiyaga ega aralashtirgich) 1 yordamida amalga oshiriladi.
Pnevmatik flotatsiya mashinalarida bo‘tanani havoga to‘yintirish va uni aralashtirish havo puflovchi mashina orqali beriladigan siqilgan havo yordamida amalga oshiriladi.
Pnevmomexanik (jamlashgan) flotatsion mashinalarda siqilgan havo havo puflagichlardan beriladi, havoni maydalash va bo‘tanani aralashtirish aylanuvchi impeller orqali amalga oshiriladi.
Mexanik flotatsiya mashinalari boyitish fabrikalarida eng ko‘p tarqalgan hisoblanadi (39-rasm).
39-rasm. Mexanik flotatsion mashinalar
Xulosa