21
qidiruv tizimlari orqali topish imkoniyatiga ega bo’ladi.
Internet tarmog’i foydalanuvchilari qidiruvni Internet
muhitida joylashgan veb-
saytlar, ularning manzili va ichki ma’lumotlari bo’yicha olib borishi mumkin. Bu esa
foydalanuvchiga kerakli bo’lgan axborotni samarali qidirish
va tez topish imkoniyatini
beradi.
Axborotlarni qidirish. Internet tarmog’i shunday bir muhitki u o’zida turli
ko’rinishdagi va turli tillardagi ko’plab axborotlarni jamlagan.
Bunda ushbu axborotlar
ichidan kerakli bo’lgan ma’lumotlarni qidirib topish muammosi paydo bo’ladi. Internet
tarmog’ida har bir foydalanuvchi axborotni qidirish uchun o’zbek, rus, ingliz
yoki boshqa
tillardagi bir yoki bir necha so’zdan tashkil topgan so’rovlardan foydalanadi. Ya’ni
ma’lumotlarni uning sarlavhasi yoki uning tarkibida ishtirok etgan so’zlar va jumlalar
bo’yicha qidirib topish mumkin. Bunda foydalauvchi tomonidan Internet qidiruv tizimi
qidiruv maydoniga kerakli ma’lumotga doir so’z yoki jumla kiritiladi va qidiruv tizimi
ishga tushiriladi. Shundan so’ng qidiruv tizimi foydalanuvchiga o’zi tomonidan kiritilgan
so’z yoki jumlaga mos keluvchi ma’lumotlarni qidirib topadi
va kompyuter ekranida
ularning ro’yxatini hosil qiladi. Va nihoyat ro’yxatdagi ma’lumotlarni ketma-ket ko’rib
chiqilib kerakli bo’lganlari kompyuterga saqlab olinadi.
Dostları ilə paylaş: