Toponimika va geografik terminshunoslik



Yüklə 445,71 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə37/46
tarix19.10.2023
ölçüsü445,71 Kb.
#157137
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   46
1940 - 1990 yillar
1940 - 1990 yillar ham o'zbek geografik terminshunosligi tarixida 
alohida bir davrni tashkil etadi. 50 - yillarning boshlarida bir guruh 
geograflar tomonidan “Qisqa ruscha - o'zbekcha geografiya terminlari 
lug'ati” tuzildi. Ushbu lug'at “...ilgarigi barcha lug'atlardan ancha afzal 


56
bo'lib, geografiyaning ko'pgina sohalarini qamrab olgan yangi va tartibli 
lug'at edi...”
1
. Lug'at haqida matbuotda bir necha ijobiy fikrlar bildirilgan 
maqolalar e'lon qilingan, shu bilan ayrim e'tirozlar ham bo'lgan.
O'zbek geografik terminshunosligining tarixida, rivojlanishida 
hassos olim, mohir pedagog, geograf - terminshunos Hamidulla 
Hasanovning o'rnini alohida qayd etib o'tish lozim.
H.Hasanovning “Geografiya terminlari lug'ati” (T.,1964) kitobida 
o'zbek geografik terminshunosligining manbalari va taraqqiyoti, xalq 
atamalaridan namunalar, geografik terminlarning ruscha - o'zbekcha va 
o'zbekcha - ruscha lug'ati berilgan. Ruscha terminlardan “step”ning dasht, 
“pustinya” 
ning 
cho'l, 
“vpadina”ning 
botiq, 
“vodorazdel”ning 
suvayirg'ich, “zaliv”ning qo'ltiq deb va boshqa shu kabi ko'lab terminlarni 
o'zbek geografik terminologiyasida mustahkam qaror toptirish olimning 
hizmati natijasidir. Asarda terminlarni tanlash prinsiplari va ayrim xalq 
geografik atamalarning izohi berilgan.
Lug'atdagi xalq atamalari “Devonu lug'atit turk”, “Badoyi lug'ati”, 
“Kilurnoma”, Shayx Sulaymon Buxoriyning “Lug'ati chig'atoy va turkiy 
usmoniy”, L.Z.Budagovning lug'atidan va turli sayohatlar davomida 
to'plangan. 
Arg'adol, orqa, “tog'ning og'zi”, uchma, o'r, olatog', 
qoratog', o'y, o'y - qir, o'ydin, o'yqin yer, bayir (boyir), tirsak, ayri 
(ayrilish), osilma (yo'l), sakratma, sangboron (sangbo'ron), etak, 
tumshuq, ko'l, qorako'l, bo'z (yer, suv, tuproq), to'rtko'l, chink, chopqun 
yog'in, qoradovul, garmsar, sarsar, angiz (angqizoq), jiltir muz, serka 
muz, muzdoq (do'l), yaqoriqon, yel yoq, obdon, ters oqin, girdob, oqma, 
oyoq (odoq), butoq (shoxcha, qo'l), zix, qodir yer, erkuz suv, oqim, 
chuqurdon, sel (seldara), guzar (kechuv), o'zgun suv, o'zdurma, toyig', 
qo'l, qopchig'ay, ko'ksuv, qisnoq, qumtosh (toshqum), to'qay, qo'shorol, 
oyqin ko'l, chig'ir 
va boshqa ko'pgina xalq atamalari izohlab berilgan. 
Bulardan tashqari, xalqimizning ming yillar davomida tabiat hodisalariga 
zehn solib, qiziqish bilan qarab, kuzatib kelishi natijasida paydo bo'lgan 
xalq iboralari ham tahlil etilgan. 
Chilla, “oy o'tov tutdi”, ayamajiz, 
beshqo'noq, “o't yoqmas oyi” (aprel), “sorcha” (iyul), qirqkuyak 
(avgust), mezon oyi (sentabr), “qoracha” (oktabr), “xazon oyi” 
(xazonrezgi) (oktabr - noyabr), “qozon oyi” (noyabr), “so'g'um oyi” 
(noyabr - dekabr), “qantar oyi” (dekabr), “o’pqon” (yanvar) 
kabi atama 
va oy nomlari,
“javzoda arpa pishadi”, “asad ekiningni yasat”, 
1
Hasanov H. Geografiya terminlari lug'ati. T., “Fan”, 1964, 10-bet


57
“qantarda qarg'a odimiday kun uzayadi”, “ayamajiz olti kun, qahri kelsa 
qattiq kun” 
kabi xalq naqllari izohlangan.
H.Hasanovning 
“Mahmud 
Koshg'ariy” 
(T., 
“Fan”, 
1963) 
kitobchasida ham xalq geografik terminlari izohlangan.
1958
-
yili A.S.Barkovning “Словарь справочник по физической
географии” kitobi o'zbekchaga tarjima qilindi (T., “O'quvpeddavnashr”, 
1958). Lekin o'zbek tilida mahalliy mualliflar tomonidan yozilgan 
geografiyadan birinchi izohli lug'at 1979
-
yilda yozildi. S.Qorayev, 
P.N.G'ulomov va R.U Rahimbekovlar tomonidan tuzilgan ushbu lug'at 
o'lkashunoslik prinsipida, mahalliy geografik atamalarni o'z ichiga olgan 
holda, mukammal yozilgan o'zbek tilidagi geografiyadan birinchi izohli 
lug'atidir. Lug'atda geografiya terminlaridan tashqari muhim ahamiyatga 
molik ilmiy - nazariy tushunchalarning ham izohi berildi. Lekin iqtisodiy 
geografik terminlar nisbatan kam berilgan, mualliflar iqtisodiy geografiya 
terminlari lug'ati kengaytirilgan tarzda tegishli mutaxassislar tomonidan 
alohida tayyorlanishini lozim topishdi. Lug'atda 
adir, ayoz, azon, aydar, 
ayri, angqizoq, angor, ang'iz, anhor, arna, achchi, aqba, badoq, band, 
bandar, beshqo'noq, voha, garmsel, damba, darband, deygish, dovon, 
do'ng, yovon (yobon), yona, jala, jangal, jilg'a, jimbuloq, jo'y, zayak, zov, 
zovur, ildirim, irmoq, yilg'a, kamgak, kent, kechuv, kom, koriz, kunash, 
kungay, ko'lanka, ko'lmak (xalqob), ko'lob, ko'sa yer, ko'tal, ko'tarma, 
langar, mavze, mansab, marza, marg'zor, mashriq, muztog', mo'ynoq, 
nahr, nov, nura, obdon, obombor, ovdon, ovloq, ovring, oydin, olatov, 
olish, orol (ota), orqa, osilma, otanoq, oftobro', oshuv, oqin, oqqum, 
oqquyu, og'iz, partov yer, rabod (rabot), sayrob, sayxon, sakratma, 
sangbo'ron, sangir, sangzor, sardoba, sarg'an yer, sel, soy, taqir, tepa, 
terskay, to'qay, unguz, ungur, chashma, chilla, chopqun yog'in, chuvoq, 
shovva, shovush, sho'rtob, sho'rxok, yut, yaylov, o'zan, o'zbo'y, qaynar, 
kasaba, qashqa, qisnoq, qoq, hovar, hovuz, homa 
va boshqa ko'pgina xalq 
(mahalliy) geografik terminlari izohlab berilgan. Ushbu lug'at ko'p yillar 
davomida o'qituvchilar, talabalar va o'quvchilar uchun dasturilamal 
xizmatini o'tab keldi.
Xullas, 1940 - 90 yillar o'zbek geografik terminshunosligi tarixining 
o'ziga xos xususiyatlari shulardan iboratki, 40 - yillardan 90 - yillar 
boshlarigacha yozilgan geografiya darsliklari, qo'llanmalari, asosan rus 
tilidan tarjima qilinganligi sababli, bu davrdagi terminlarning aksariyati 

Yüklə 445,71 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   46




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin