Toponimika va geografik terminshunoslik


O'zbek geografik terminshunosligining XX asrda rivojlanishi



Yüklə 445,71 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə36/46
tarix19.10.2023
ölçüsü445,71 Kb.
#157137
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   46
O'zbek geografik terminshunosligining XX asrda rivojlanishi
O'zbek geografik terminshunosligining XX asrdagi taraqqiyotini 
quyidagicha davrlashtirish mumkin:
1. XX asr boshidan 40 - yillargacha bo'lgan davr;
2. 1940 - 90 yillar;
3. 1990 yildan keyingi davr
XX asr boshidan 40 - yillargacha bo'lgan davr
XX asr boshidan 40 - yillargacha bo'lgan davr o'zbek geografik 
terminshunosligi taraqqiyotining o'ziga xos davri hisoblanadi. Bu davrda 
eski o'zbek alifbosi ikki marta (1929 va 1940 yillari) o'zgartirilgan. 1929 
yilgacha nashr etilgan barcha adabiyotlar arab alifbosiga asoslangan 
o'zbek yozuvida yozildi. Jumladan, Mahmudxo'ja Behbudiyning 
“Qisqacha umumiy jo'g'rofiya” (Samarqand, 1902), “Aholi jo'g'rofiyasiga 
kirish” 
(Samarqand, 
1903), 
“Rusiyaning 
qisqacha 
jo'g'rofiyasi” 
(Samarqand, 1905), F.Karimiyning “Jo'g'rofiya” (Orenburg, 1902), 
Muhammad 
Amin 
Karimiyning 
“Jug'rofiyai 
riyoziy” 
(1914), 
Munavvarqori Abdurashidxon o'g'lining “Yer yuzi (jo'g'rofiya risolasi)” 
(Toshkent, 1913), N.I. Balashovning “Turkiston. Jug'rofiya o'qimligi” 
(Toshkent, 1925), “O'rta Osiyo iqtisodiy jo'g'rofiyasi” (Toshkent, 1925), 
“O'rta Osiyo iqtisodiy jo'g'rofiyasi” (Toshkent, 1926) kabi darslik va 
risolalar arab alifbosiga asoslangan eski o'zek yozuvida yozilgan. Bu 
asarlarda xalq terminlaridan keng foydalanilgan. O'sha davrning eng 
mukammal 
va 
ommabop 
qo'llanmalaridan 
biri 
Munavvarqori
Abdurashidxon o'g'lining “Yer yuzi” geografik risolasidir. Risolada 
hozirgi davr uchun eskirib muomaladan chiqib ketgan deb hisoblanadigan 
terminlar – bahri muhit, kurai musanna, kurai musattah, xattiistivo, 
chaqirim va boshqalar bilan bir qatorda manba, mansab, sayyoh, cho'l, 
xarita kabi hozirgi geografik adabiyotda keng ishlatiladigan terminlar ham 
bor. Ko'rinib turibdiki, ushbu qo'llanmada keltirilgan terminlarning 
aksariyati arabcha terminlardir. Demak, o'sha davrda umuman 
terminshunoslikda bo'lgani kabi geografik terminshunoslikda ham arabcha 
terminlarning ta'siri kuchli bo'lgan.
Rus tilidan tarjima qilingan N.I. Balashovning darsligida ham 
shunday terminlarni uchratamiz.


54
G.Ivanovning “Boshlang'ich jo'g'rofiya” qo'llanmasida ham arz, 
asg'ariy, bandar, bekat, bo'y chizig'i, darajai rasatiya, yonar tog', janubiy 
mador, zanji, kura, kurai mujassama, mador o'rmonlari, miqyos, taqim 
otalar, terma kitob, tul, usuli ta'lim, ufq, xarita, xattiistivo, shimoliy
mador, en chizig'i, yarim kura, yasama daryo, havoiy nasimiy, hind 
qamichi kabi ko'pgina geografik so'zlar ishlatilgan.
A.Obizovning “O'zbekiston Sotsialistik Sho'rolari Jumhuriyati 
jo'g'rofiyasi” kitobida ariq, bo'y chiziq, viloyat, jumhuriyat, jo'g'rofiya, 
ziroatchilik, kimyo, xarita, en chiziq kabi ko'plab terminlar ishlatilganki, 
ularning aksariyati 30 - yillarning ikkinchi yarmidan boshlab, rus va 
Yevropa tillari orqali kirib kelgan terminlar bilan almashtirildi. Shu bilan 
birga mazkur kitobda injener, passajir, prosess, temperatura, ekonomika 
kabi terminlar ham uchraydiki, bu narsa o'sha davrdan boshlab rus tili 
orqali horijiy tillar terminlarining o'zbek tiliga kirib kela boshlaganligidan 
dalolatdir.
A.Abizovning “O'lkani o'rganish dasrligi. Tabiat” kitobida O'rta 
Osiyo o'simliklari va hayvonot dunyosi haqida ma'lumotlar berilgan. O'rta 
Osiyo o'simliklari quyidagicha guruhlashtirilgan: erta bahor o'simliklari 
(gunafsha), chuchmoma, lolaqizg'aldoq, qayrag'och, foydali ildizlar (beda, 
tog' saqich), cho'l o'simliklari (saksovul, juzg'un), mevali o'simliklar (sholi, 
tariq, mosh), to'qimachilik o'simliklari (paxta, kanof va boshqalar), moyli 
ekinlar (kunjut, kanakunjut, xitoy bodomi, ko'knori), begona o'tlar 
(g'umay, sariq pechak, qamish, qurmaq), daryo o'simliklari (darmana, totli 
tomir), hush hidli o'tlar (sumbul, taran), to'qay o'simliklari (jiyda, tol, 
terak), tog' o'simlikalari (yovvoyi olma, nok, o'rik, archa, qayrog'och).
Hayvonot dunyosi baliqlar (fil bo'yin, laqqa), suvda ham quruqlikda 
yashovchilar (ko'k qurbaqa), sudralib yuruvchilar (sahro bo'g'ma iloni, 
toshbaqa, echkiemar), qushlar, yirik sut emizuvchilar (qulon, tog' echkisi, 
arxar, yumronqoziq, o'rmon suvsari, sirtlon, Tyanshan ayig'i, Qorako'l 
qo'yi, qo'tos) ga bo'lingan.
Ko'rinib turibdiki, muallif O'rta Osiyo o'simliklari va hayvonot 
olamiga oid xalq terminlaridan keng foydalangan.
30 - yillarning o'rtalari va ikkinchi yarmida rus tilidan tarjima 
qilingan darsliklar va qo'llanmalarda ham tarjimonlar xalq geografik 
terminlaridan foydalanishga harakat qilgan, lekin rus tili orqali ko'p 
xorijiy terminlar kirib kela boshlagan edi. 1930 yillarning o'rtalaridan 
boshlab o'zbek geografik nomlari buzila boshladi, an'anaviy geografik 
termin va nomlarga nisbatan ta'qib va siyosiy zo'ravonlik boshlanadi. 


55
1937
-
yilgacha ishlatilgan xalq geografik terminlari turkiy til bilan bir 
qatorda, asosan arab va fors - tojik tillari orqali singib ketgan terminlardir.
1935
-
37 yillarda faqatgina terminlarimiz emas, fikr
-
qarashlarimiz, 
tilimiz, 
an'analarimiz, 
milliy 
urf
-
odatlarimiz 
yevropalashtirildi, hayotning turli jabhalarida yevropalashuv ildiz ota 
boshladi. Xalqimizning yillar dovomida saqlab kelayotgan urf - odatlari, 
an'analari, qadriyatlari, shu jumladan, terminlari quvg'in ostiga olindi.
“Baynalmilalchilik” niqobi ostida xorijiy (rus tili orqali kirib kelgan) 
terminlar xalq terminlari o'rnini egalladi.
30
-
yillarning o'rtalarida terminshunoslikka bag'ishlangan 
lug'atlardan biri O.Ibrohimovning “Geografiya atamalari”dir. Bu lug'at 
dastlabki urinish bo'lganligidan ayrim kamchiliklardan holi bo'lmagan. 
Geografik nomlar bilan birga terminlar ham berlgan, lekin terminlar va 
nomlar ancha tartibsiz, tavsiya etilgan terminlarning ko'pchiligi yasama,
termin bilan nomning farqiga yetilmagan.
Asrimiz boshidan 40 - yillargacha bo'lgan davrda yaratilgan yana bir 
lug'at M.Bektemirov va S.Saidrasulovlar tomonidan tuzilgan “Qisqacha 
ruscha
-
o'zbekcha geografiya terminlari lug'ati”dir. Professor 
N.G.Mallitskiy va R.G'afurovlar tahriri ostida nashr etilgan ushbu lug'at 
oldingi lug'atdan biroz mukammalroq bo'lsa - da, bu ham kamchiliklardan 
holi emas. H.Hasanov ta'biri bilan aytganda “ unda ham xalq terminlariga 
e'tibor berilmagan, yasama so'zlar ko'p. Shuningdek, 
ustup, utyos, 
stremnina, skala, podukt, purga, poyma, lyoss, obolochka, nanos, korabl 
kabi so'zlar o'zbekchada ham aynan olina berilgan, holbuki ularning har 
birining o'zbekcha ekvivalentlari bor. Lug'atda yana ortiqcha so'zlar ham 
(masalan, 
gryaz, dikar 
kabi), noto'g'ri yozuvlar ham (masalan, 
grigorian, 
yulian, laza, laguna 
kabi) bor. Afsuski, O'rta Osiyo mahalliy geografik 
terminlarini juda yaxshi bilgan professor N.G.Mallitskiy ushbu lug'atda 
negadir keng quloch yoza olmagan” 
1940 yildan so'ng lotin imlosidan, kirill yozuviga o'tildi, shuning 
uchun yuqoridagi ikki lug'atning amaliy ahamiyati deyarli qolmadi.

Yüklə 445,71 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   46




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin