47
Bobur tog' etagini “
tog' domanasi
” yoki “
ko’h domanasi
” deb
atagan. Qulla cho'qqi, “
tog' qullasi
” - tog' cho'qqisi demakdir.
Pushta
-
atrofga nisbatan ko'tarilib turgan yer, tepa, balandlik, qir;
Tuz yer
- tepa yer,
tup - tuz
yer - tep - tekis yer, M.Koshg'ariyning “Devonu lug'atit turk”ida
ham shunday (I. 314.)
Dovon
- tog'larning oshib o'tish oson bo'lgan joyi,
ko’tal, dovon,
band
deb ham ishlatilgan. Dovonlarning
qor bosib qolishini
yo'llar bog'lanur
deb atagan. - Gurbon tumanida... ko’tallarni band derlar.
Gur sari bu ko'tal bila borilur, golibo ul jihatdin Gurband deb turlar...”. Bu
Boburning mohir toponimist ekanligiga yana bir misoldir. Yana
tangi
- dara,
tog' oralig'idagi yo'l,
chuqur daryo vodiysi; tangi o'rnida
dara
ham
ishlatilgan.
Jar
- yumshoq jinslarning uyilib ketishi natijasida hosil bo'lgan
chuqurlik.
Kamar
- tog' yoki tepalik yon bag'rida yoysimon o'yilgan
chuqurlik, bu quruq o'zan bo'lishi ham mumkin.
Ma'lumki, Bobur ov qilishni yaxshi ko'rgan
va mohir ovchi ham
bo'lgan. Ayniqsa tog'larda ov qilinadigan joylar ko'p bo'lgan, bunday joylarni
ovloq
deb yuritishgan. Daryo qayirlarida ham ovloq ko'p bo'lgan.
Pargana
-
atroflari tog' bilan o'ralgan va bir tomoni ochiq bo'lgan vodiy.
Uchma
-
chuqur jar yoqasi, tik yonbag'ir, undan o'tgan yo'l - uchma yo'l. Bobur kichik
va past tog'larni
Dostları ilə paylaş: