46
Asardagi keng qamrovli ma'lumotlar shu darajada qimmatliki, mana
besh asrdan buyon tarixchilar, geograflar, tilshunoslar, sharqshunoslar,
etnograflar, arxeologlar, adabiyotshunoslar va botaniklarni o'ziga jalb qilib
kelmoqda.
Asar uch qismdan iborat bo'lib, birinchi qismida Movarounnahr
voqealari, ikkinchi qismida Kobul davlati hududidagi voqealar, uchinchi
qismida esa Hindiston aks ettirilgan.
“Boburnoma”dagi geografik nomlar, tarixiy sanalar va voqealarni
ko'pligiga qaramay, u oson va qiziqib o'qiladi. Bobur asarda Movarounnahr,
Afg'oniston, Xuroson, Eron, Hindistonning ko'plab shahalarini tilga olgan.
Andijon, Samarqand, Buxoro, Kobul, G’azna, Balx, Badaxshon, Dehli,
Delavpur, Lohur shaharlarining geografik joylanishi, o'sha davr xo'jaligida
tutgan o'rni haqida ma'lumotlar qoldirgan.
Muallif Farg'ona vodiysidan Hindistongacha bo'lgan ulkan hududni
ustalik bilan ma'lum tartibda tavsiflaydi. Bunda uning yirik geograf ekanligi
namoyon bo'ladi: avvalo joyning geografik o'rni (qaysi iqlimga mansubligi),
uning chegarasi, qishloq xo'jaligi, suvlari, o'simliklari, foydali qazilmalari,
hayvonot olami, aholisi va boshqa ma'lumotlar beriladi. Bunday tartib ayrim
hollarda buzilsada, har bir joyning tavsifi shu yo'sinda keltiriladi.
Bulardan tashqari Bobur taqqoslash metodidan foydalanib, O’rta
Osiyo va Hindiston tabiatini taqqoslab, ularni bir - biriga o'xshamasligini
aytadi.
“Boburnoma”ning birinchi qismida Zarafshon daryosi haqida ancha
ishonarli ma'lumotlar keltirilgan. Bu ma'lumotlarning haqqoniyligini
Samarqand tarixini bayon etuvchi “Samariya” asari ham tasdiqlaydi.
“Boburnoma”dan Kobul (Afg'oniston) viloyatining geomorfologik,
iqlimiy va geobotanik rayonlashtirishga oid misollarni uchratish mumkin.
H.H.Hasanov buni Bobur geografiyasining eng yuqori cho'qqilaridan biri
deb hisoblaydi.
Asarning uchinchi qismida Hindiston tabiati, undagi tarixiy voqealar
aks etgan. Hindiston tabiatini ta'riflab uning tog'lari va daryolari, iqlimi,
o'simliklari, hayvonot dunyosi haqida batafsil ma'lumotlar yozgan.
“Boburnoma” geografik terminshunoslik uchun ham muhim manba
hisoblanadi. Unda turli tabiiy hodisalar, tabiatning turli komponentlariga oid
xalq terminlaridan keng foydalanilgan. Hatto ba'zi terminlar o'z o'rnida
izohlab berilgan. Bobur ishlatgan xalq geografik terminlarini quyidagicha
guhulashtiramiz va ayrimlarini izohlaymiz:
Dostları ilə paylaş: