Toponimika va geografik terminshunoslik



Yüklə 445,71 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə21/46
tarix19.10.2023
ölçüsü445,71 Kb.
#157137
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   46
“g'aroyib” nomlar 
ham uchraydi. Shunday nomlaga Jinko'cha, O'g'riko'cha, Alvastiko'prik, 
Xotinko'prik, Pushtihammom, Ho'jatarashkan kabi nomlar misol bo'la oladi. 
Jinko'cha deb juda tor, zim - ziyo, odam kam yuradigan ko'chaga aytishgan. 
Alvasti ko'prikni ikki xil izohlashadi: ko'prikka go'yo Ali (Hazrat Ali) qadam 
bosgan emish. “Ali qadam bosdi” iborasi o'zgarib, Alvasti bo'lib ketgan 
deyishadi. Bu izoh haqiqatiga to'g'ri kelmaydi. Bu ko'prik tepalar orasida, 
pastak, bir vaqtlar qo'rqinchli joyda bo'lganidan, bu joy alvasti (jinlar, 
“opa”lar) ko'prigi degan nom olgan. Xotinko'prik urush vaqtida erkaklar 
urushda bo'lib, ayol kishi boshchiligida ayollar qurgan ekan. Shundan 
Xotinko'prik nomini olgan. Ho'jatarashgan nomli mahalla Toshkentning 
Sebzor dahasida bo'lgan. Nomi Ho'jai Tarozu ishgan, ya'ni “noto'g'ri tarozi 
ishlatgan ho'ja” degan iboradan kelib chiqqan.
6. Toshkentda 
har xil tasodifiy, ismi - jismiga to'g'ri kelmaydigan 
bema'ni nomlar 
ham bor. Respublikamiz istiqlolga erishgandan keyin 
bunday nomlarning ko'pi o'zgartirildi, asl nomlari tiklandi, lekin ayrim
joylarda hali ham saqlangan. Boychechak, Vijdon, Grammplastinka, Jonon, 
Znamya, Intizom, Iskra, Ko'sak, Lochin, Mashhur, Muloyim, Odob, Palma, 
Paxta, Ravshan, Sadaf, Tajriba, Muxbir, Tarbiya, Uylanish, Farmon, 
Shamol, Shanba, Yashna, Yaxshi, Harakat, Hurmatli va boshqalar bunga 
misol bo'ladi.


31
Umuman olganda nom qo'yish, hoh u farzandiga nom qo'yish bo'lsin, 
hoh shahar, qishloq, maydon, mavze, ko'chaga nom qo'yish bo'lsin, katta 
san'atdir. Nom qo'yishda yaxshi o'ylab, shoshmasdan mulohaza qilib ish 
tutish kerak. Aslida nomni ma'muriy tashkilotlar qarori bilan qo'ymaslik 
kerak, nom o'zi shakllansin, shunda haqiqiy nom bo'ladi. Keyinchalik 
o'zgartirib, katta harajat qilib o'zgartirilmaydi. Toshkentda bunday o'zgarmas 
nomlar ko'p: Chorsu, Beshyog'och, Olmazor, Qoraqamish, Chilonzor, 
Sergeli, Yunusobod, Oltintepa, Chuqursoy, Anhor va boshqalar. 

Yüklə 445,71 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   46




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin