Toponimika va geografik terminshunoslik



Yüklə 445,71 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə18/46
tarix19.10.2023
ölçüsü445,71 Kb.
#157137
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   46
Toshkent toponimlari
Toshkentning bunyod etilgan vaqti aniq emas. Saqlanib qolgan 
yozma ma'lumotlarga qaraganda shahar 2000 yildan ortiq tarixga ega. Bu 
davr mobaynida Toshkent qanchadan qancha tarixiy voqealarni boshidan 
kechirgan. Shahar “Buyuk Ipak yo'li” ustida joylashganidan bu yerga turli el
- yurtlardan har xil millatlar vakillari kelgan, ularning ko'plari shu joyda 
o'rnashib qolgan. Ular o'z jamoalarini, mahallalarini bunyod etib, mavze, 
ko'cha, guzar mahallalariga o'z tillaridagi nomlarni qo'yganlar.
Toshkent bir necha bor yovlar bosqinini boshidan kechirgan. 
Mo'g'ullar, arablar, ruslar shaharni bosib olib, vayron qilishgan. Shahar yana 
tiklangan, rivojlangan. Bosqinchilar uzoq vaqt davomida hukmronlik qilib, 
o'z odamlarini ko'plab keltirishgan. Ular ham o'z tilidagi joy nomlarining 
vujudga kelishiga sabab bo'lgan. Shu boisdan Toshkentda turli xalqlar 
tillariga mansub bo'lgan xilma - xil nomlarni yonma - yon uchratish 
mumkin. Agar shaharlarga joy nomlarining xilma - xilligiga qarab sovrin 
beriladigan bo'lsa, Toshkent, shubhasiz, birinchi sovrindor bo'lar edi.
Shu bilan birga Toshkentda joyning tabiiy xususiyatlarini ifodalovchi 
nomlar ham ko'p.
Toshkent nomining o'zi haqida ham turli fikrlar mavjud. Toshkent 
haqidagi fikrlar Klavdiy Ptolomey, Abu Rayhon Beruniy, Mahmud 
Koshg'ariy, Zahiriddin Bobur asarlarida uchraydi. Toshkentning joy 
nomlarini Y.G'ulomov, H.Hasanov, N.Mallitskiy, V.Shishkin, M.Masson, 
S.Qorayev o'rganishgan.
Toshkent turli davrlarda turli nomlar bilan atalgan. Yozma 
manbalarda shaharning Tarkan, Binkent, Shosh, Choch, Joj, Tashkuna, 
Chjeshi, Tashixan, Toshkand, Toshkent nomlari mavjud. Ptolemey, Lifivos 
Petros deb atagan shahar ham aslida Toshkent bo'lsa kerak.
Toshkent nomining etimologiyasi haqida turli fikrlar mavjud. 
Y.D.Polivanov “mahalliy aholi arablarni tozi, tozilar deb atashardi. Toshkent 
nomi shu so'zdan kelib chiqqan. Toshkent shahri, 
tozilar shahari, 
musulmonlar shahri.
Tozi - toshi, tosh so'ziga aylangan” deydi. Ya'ni 
Toshkent tosh so'zidan emas, tozi so'zidan kelib chiqqan deydi.
1
M.Y.Masson Toshkent nomini choch so'zidan kelib chiqqan deb 
tushuntiradi. Arablar Chochni “shosh” deb talaffuz qilishgan. Mahalliy aholi 

shosh
” ni “
tosh
” deb talaffuz qilgan. Toshkentning tosh qal'aga aloqasi yo'q 
deb tushuntiradi.
2
1
Мурзаев Э.М. Средняя Азия М., 254 б.
2
Массон М. Пошлое Ташкента Изд. АН РУз. № 2. 1954.


28
Abu Rayhon Beruniy “Binket - Shosh shaharlaridan biri”. Turkiycha 
nomi Toshkent. Bu qadimgi yunonlarning Burj ul Hijora qal'asi “(Qonuni 
Ma'sudi II - jild, 576 - bet)”. Toshkent - tosh qal'a. Ptolemeyning 
“Geografiya” kitobida tosh qal'a deyilgan” (“Hindiston”, 271 - bet) deb 
yozgan.
Mahmud Koshg'ariy o'zining “Devonu lug'atit turk” kitobida “Tarkon 
Shoshning nomi. Shaharning haqiqiy nomi Toshkand, ya'ni toshdan qurilgan 
shahar” deb yozadi. (Devonu lug'atit turk, I, 414 - bet). Binobarin, Toshkent 
tosh va kent so'zlaridan tuzilgan.
H.H.Hasanov Toshkent nomining tahlili to'g'risida dalillar keltirib, 
quyidagicha xulosa qiladi: “Ikki ming yildan ziyodroq davr mobaynida faqat 
“tosh” so'zi (so'g'diycha “choch”, grekcha - “petros”, xitoycha - “shi”, 
arabcha - “hijora”) tosh shahar, tog'u tosh etagidagi shahar, tog' daryosi 
Chirchiq bo'yidagi shahar sharafini saqlab turibdi. Bu nom ikki ming yil 
muqaddam ham ma'lum edi. Uni faqat mahalliy aholining bir qismi Choch, 
bir qismi Shosh shaklida yuritgan. Tarixda Toshkentning Tarkan, Binkent, 
Afrosiyob kabi nomlari ham uchraydiki, bular ma'lum davrlardagi 
shaharning bir qisminigina bildiradi”.
1
Toshkent shaharida kichik joy nomlari (mikrotoponimlar) juda ko'p. 
Faqat ko'chalarning nomi 2000 dan ortiq. Shahardagi joy nomlarini tahlil 
qilib, ularni yirik 6 ta guruhga jamlash mumkin.

Yüklə 445,71 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   46




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin