12. Zamonaviy nomlar.
Geografik nomlar boshqa hamma narsalar
kabi vaqt o'tishi, siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy, tabiiy o'zgarishlar ro'y berishi
bilan o'zgaradi, eski nomlar yangilanadi, zamonasiga munosib yangi nomlar
paydo bo'ladi. Obruchevo, Gorchakovo Chernyayevka, Skobelev, Kaufman
stansiyalari va boshqalar o'zgartirilganligini hamma biladi.
O'rta Osiyoni Rossiya bosib olgandan keyin O'rta Osiyo xaritasida rus
bosqinchi generallari nomlari, o'lka tabiati, tabiiy boyliklarini o'rgangan rus
tadqiqotchilari nomlari bilan bog'liq geografik nomlar paydo bo'ldi.
Fedchenko, Korjenevskiy muzliklari, Mushketov, Semenov, Ivanov
muzliklari, Pyotr I tog' tizmasi kabi nomlar shular jumlasidandir.
Sovet tuzumi davrida kommunist dohiylar, sarkardalar, rahbarlar
umuman sovetlar tuzumi vakillari nomlari juda ko'payib ketdi. Lenin, Stalin,
Marks, Engels, Molotov, Voroshilov, Chapayev va h.k nomlari yuzlab
joylarga qo'yildi. Bundan tashqari ismi –jismiga mos kelmaydigan
kommunizm, sosializm, Yangihayot, Olg'a, Oktabr, Ilg'or, Qizil bayroq,
Qizil qo'shin va h.k nomlar ham juda ko'paydi.
Shu bilan birga bu davrda xalqimizning jahon fani va adabiyotiga
ulkan hissa qo'shgan namoyondalari Alisher Navoiy, Abu Rayhon Beruniy,
Ibn Sino kabi kishilarning nomlari abadiylashtirildi: Navoiy, Beruniy
nomlari shaharlarga qo'yildi. Lekin bular dengizdan tomchi edi.
Mamlakatimiz O'zbekiston mustaqillikni qo'lga kiritgandan keyin zamon
o'zgardi – istiqlol davri boshlandi. Zamonga xos yangi joy nomlari paydo
bo'ldi, noo'rin o'zgartirilgan joy nomlari tiklandi va tiklanayapti. Mustaqillik
maydoni, Amir Temur hiyoboni, Bobur bog'i, Alisher Navoiy saylgohi,
Buyuk Ipak yo'li metro bekati va boshqalar shular jumlasidandir.
Joy nomlarining to'g'ri yozilishi
Geografik nomlarning to'g'ri yozilishi masalasi juda muhim va
murakkab masala. Muhimligi shundaki, geografik nomdagi biror harf
noto'g'ri yozilib qolsa, ma'no butunlay o'zgarib ketishi mumkin. Masalan,
Qoraqo'l (Qirg'izistondagi daryo) va Qorako'l (Tojikistondagi ko'l). Bunda
22
“q” harfi “k” bilan almashinib qolsa, daryo ko'lga aylanib, joyi o'zgarib
ketadi. Beshariq, Oltiariq, (Farg'ona viloyatida) aslida Peshariq va Ortariq
bo'lgan. Fonetik o'zgarishlar oqibatida boshqa ma'noli toponimlarga
aylangan. Toponimlarning to'g'ri yozilishi masalasining murakkabligi
shundaki, ular turli tillarda bo'lib, aslida o'sha tillar qoidalariga muvofiq
yoziladi. Boshqa tillarga o'tganda talaffuzida ham, yozilishida ham
o'zgarishlar bo'lishi mumkin.
Ko'pchilik mamlakatlarda geografik nomlarning to'g'ri yozilishiga
katta ahamiyat beriladi. Masalan, Buyuk Britaniyada geografik nomlar
komiteti, AQShda geografik kengash, Belgiyada Toponimika va dialektlar
komissiyasi geografik nomlarning to'g'ri yozilishini tartibga solib turadi.
Rossiya Federasiyasida Ensiklopediya Bosh tahririyati toponimlar va
terminlarning to'g'ri yozilishini boshqaradi.
O'zbekistonda Atamalar qo'mitasi tashkil etilgan. Bulardan tashqari
toponimika komissiyalari mavjud. Shunga qaramay geografik nomlarning
yozilishida chalkashliklar ko'p uchraydi. Geografik nomlarni to'g'ri yozish
juda muhim. Bu xalqning bilim va madaniy saviyasini ko'rsatadi. Kundalik
matbuotda, xususan gazetalar, jurnallarda, radio va televideniyeda,
darsliklarimiz hamda badiiy adabiyotda mamlakatimizga va chet ellarga doir
minglab geografik nomlar uchraydi. Bularning hammasini ham to'g'ri
ekanligiga hech kim kafolat bera olmaydi. Hatto davlatlar nomi (shahar,
qishloq va h.klarni qo'yaturaylik) har hil aytiladi, har hil yoziladi. Biri
Olmoniya desa, biri Germaniya, biri Fransiya desa, biri Farangiston deydi,
biri Tursiya desa, yana biri Turkiya deydi.
Ko'pchilik xalqlarda geografik nomlarni yozishda traskripsiya usuli
eng ko'p qo'llaniladi. Transkripsiya deganda geografiyada nomlarni
talaffuziga qarab yozish, ya'ni quloqqa qanday eshitilgan bo'lsa, shunday
yozish tushuniladi. Toponimikada transkripsiya kengroq ma'noda ham
qo'llaniladi. Bunda geografik nomlar transkripsiyasi deganda talaffuziga
ko'ra yozish ham, tarjima ham, qanday yozish masalasi ham, umuman
geografik nomlar imlosining barcha masalalari nazarda tutiladi. Lekin
geografik nomlarni talaffuziga qarab yozish ko'pincha to'liq bo'lmaydi.
Chunki boshqa tillarda mavjud bo'lgan ba'zi bir harf va tovushlar o'zbek
tilida bo'lmasligi mumkin. Masalan, rus tilidagi щ, ц harflari o'zbek tilida
yo'q. Yoki o'zbek tilida mavjud bo'lgan q,o',g',h,j rus tilida yo'q. Bunday
hollarda tilida yo'q tovushlar ularga yaqinroq bo'lgan boshqa tovushlar
(harflar) bilan almashtiriladi. Bunday hollarda transkripsiya shartli fonetik
transkripsiya bo'ladi. Chet ellar tillaridagi geografik nomlarni yozishda
ba'zan transliteratsiya usuli qo'llaniladi. Bunda nomlar biron boshqa tildan
ko'chirilganida harfma–harf yozish, ya'ni chet tillar alifbosidagi harflarni
23
o'zimizdagi harflar bilan almashtirilib yoziladi. So'zning qanday talaffuz
qilinishi e'tiborga olinmaydi.
Geografiyada nomlarni yozishning bir qancha tartib qoidalari
mavjud.
Chet el nomlarini yozishda ko'pincha transkripsiya usuli qo'llaniladi.
Ba'zan transliteratsiya usulidan foydalaniladi. Umuman, har bir geografik
nomni uning mahalliy tildagi asl talaffuziga yaqinlashtirib yozishga harakat
qilinadi. Keyingi yillarda bir qancha nomlarning asli tiklandi.
Qozog'istondagi Shevchenko Oqtov, Olmaota Almati, Qirg'izistondagi
Frunze Bishkek, Tojikistondagi Leninobod Ho'jand deb ataladigan bo'ldi.
Agar biror mamlakat o'z nomini, poytaxti, shahar, qishloq va boshqa
geografik obyektlari nomini o'zgartirishni rasmiy ravishda taklif etsa, o'zbek
tilida ham o'sha nom qabul qilinadi. Masalan;
Dostları ilə paylaş: |