Toponimika va geografik terminshunoslik


 Foydali qazilmalarga bog'liq joy nomlari



Yüklə 445,71 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə12/46
tarix19.10.2023
ölçüsü445,71 Kb.
#157137
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   46
6. Foydali qazilmalarga bog'liq joy nomlari. 
Juda ko'p joy nomlari 
kon bilan bog'liq holda paydo bo'lgan. Qirg'izistondagi Toshko'mir, 
Moylisuv shaharlari, O'zbekistondagi Kumushkon, Gazli, Tuzkon,
Surmatosh, Turkmanistondagi Nebitdog', Gugurtdog', Uraldagi Magnitnaya 
tog'i, Magnitogorsk, Solikamsk, Kola yarimorolidagi Apatit shahri nomi 
foydali qazilmalar bilan bog'langan. Janubiy Amerikadagi And tog'lari (mis 
tog'lari), Argentina (Argentus - kumush), Turkiyadagi Marmara dengizi 
nomi ham foydali qazilmalar bilan bog'langan.
7. Xalq, qabila, urug'lar nomlari bilan bog'liq toponimlar 
(etnonimlar). 
Odatda xalq, urug', qabila nomlari ilmiy tilda etnonim 
deyiladi. Juda ko'p joy nomlari etnonimlar bilan bog'liq holda paydo bo'lgan. 
Etnonimlardan hosil bo'lgan joy nomlari 
etnotoponimlar 
deyiladi. 
Etnotoponimlarni o'rganib, tarixiy davrlarda qaysi xalqlar, urug'lar 
qayerlarda yashaganini, qayerlarga ko'chganligini aniqlash mumkin.
Dunyo 
xaritasida 
etnotoponimlar 
juda 
ko'p. 
Ko'pchilik 
mamlakatlarning nomlari xalq nomidan olingan, xalq nomiga - iya, - iston 
qo'shimchalari qo'shilib, mamlakat nomi hosil qilingan. Masalan, alban -
Albaniya, portugal - Portugaliya, dan - Daniya, rumin - Ruminiya, bolgar -
Bolgariya, turk - Trkiya, afg'on - Afg'oniston, qirg'iz - Qirg'iziston, tatar -
Tatariston, tojik - Tojikiston va h.k.
Faqat davlatlar nomigina emas, balki etonimlardan hosil bo'lgan 
boshqa geografik obyektlar nomlari ham ko'p uchraydi, Masalan, Malik 
cho'li (Malik urug'i nomidan), Baraba dashti (Baraba urug'i nomidan), 
shuningdek, Qizil shahri, Eri, Guron ko'llari, Karib dengizi, Appalachi 
tog'lari, Ayova, Delaver qabilalar nomidan olingan. H.H. Hasanov 
“Geografik nomlar siri” (1985) kitobida O'rta Osiyo toponimlari hosil qilgan 
urug'lardan 76 tasini misol qilib ko'rsatadi. Shulardan ayrimlarini keltiramiz; 
Adoq, Andi, Arlot, Arg'un, Asaka, Bag'ish, Beshkapa, Boyovut, Bayot, 
Do'rmon, Yorboshi, Kaltatoy, Malik , Ming, Mitan, Mo'g'ul, Nazarbek
Nayman, Nukus, Olot, Savay, Sayot, Saroy, Toyloq, Uzun, Chandir, 


19
Chimboy, Chig'ay, Chig'atoy, Yuz, Qalmoq, Qashqa, Qoraxitoy, Quti, 
Qo'ng'irot.
Ba'zi xalqlar nomi aksincha mamlakat nomidan olingan. Bularga 
indoneziyaliklar, avstraliyaliklar, braziliyaliklar, kubaliklar, isroilliklar, 
falastinliklar, ekvadorliklar, amerikaliklarni misol qilib ko'rsatish mumkin.

Yüklə 445,71 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   46




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin