17
suvining rangi, sho'rligi, toza (tiniq)ligi, chuqurligi va boshqa
xususiyatlariga qarab har xil.
Yer osti suvlaridan, sizot suvlardan hosil bo'lgan daryolar Qorasuv,
Qoradaryo deb, tog'lardagi qor va muzlardan suv oluvchi daryolar ko'pincha
Oqdaryo deb, suvi tiniq, toza bo'lsa Ko'ksuv deb, loyqa suvli daryolar
Sarisuv, Xuanxe (Sariq daryo) deb nom olgan. Tiniq va toza suvli ko'llar
Oynako'l, Ko'kko'l, loyqa suvli bo'lsa Ayronko'l, sho'r bo'lsa Sho'rko'l,
Achchiqko'l, Achchiko'l deb nomlanadi.
Farg'onadagi Tentaksoy, Surxondaryodagi Jinnidaryo bahorgi toshqin
vaqtida jo'shqin bo'lib, o'zanini o'zgartirib, qirg'oqlarini buzib oqqanligi
uchun shunday nom olgan. Buloq hamda quduqlar nomi ko'pincha suvning
xususiyatlari - harorati, tozaligi, tarkibida qanday minerallar, tuzlar
mavjudligiga qarab, yer ostidan qanday tarzda chiqishiga qarab qo'yiladi.
Masalan: Sho'rbuloq, Qo'tirbuloq (suvi tarkibida oltingugurt mavjud),
Obirahmat (shifobaxsh, suvi shirin buloq), Issiqsuv, Obigarm, Arashon,
Qaynarbuloq, Jimbuloq. Quduqlar ham huddi shunday xususiyatiga qarab
Shirinquduq, Sho'rquduq, Chuqurquduq kabi nomlarga ega. Yog'ingarchilik
vaqtlarida suv oqib, ko'p vaqt qurib yotadigan kichik daryolar ko'pincha
Quruqsoy deb ataladi.
Dostları ilə paylaş: