Toponimika va geografik terminshunoslik


 O'simliklarga bog'liq nomlar (fitonimlar)



Yüklə 445,71 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə11/46
tarix19.10.2023
ölçüsü445,71 Kb.
#157137
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   46
4. O'simliklarga bog'liq nomlar (fitonimlar). 
O'simliklarga bog'liq 
holda paydo bo'lgan joy nomlari mamlakatimizda ham, boshqa 
mamlakatlarda ham ko'p uchraydi. O'simliklar bilan bog'liq nomlar ba'zan 
aniq miqdorini bildiradi. O'rikzor, Bodomzor, Chilonzor, Terakzor, Qatortol 
nomlari o'sha joylarda shu tur o'simliklarning ko'p tarqalganligini bildirsa
Yakkatut, Qo'shchinor, Qo'shtut kabi nomlar bu tur o'simliklar kamligini 
bildiradi. Yong'oq, Ko'kterak, Toldiqo'rg'on, Bukovina, Beryozovka, 
Archaqishloq kabi nomlarda noaniqlik bor. Shu joyda yong'oq bittami yoki 
ko'pmi, aniq emas. O'simliklar bilan bog'liq paydo bo'lgan nomlarga 
Yevropadagi Shvarsvald (qora o'rmon), Afrikadagi Drakon tog'lari (drakon -
daraxt nomi), Amerikadagi Florida (o'simlik, ko'klamzor), Osiyodagi Kokos
orollari nomlarini misol qilib ko'rsatish mumkin. O'simliklar bilan bog'liq 
joy nomlari mikrotoponimlarda ayniqsa ko'p uchraydi. Toshkentdagi 
Olmazor, Sebzor, Qoraqamish, O'rikzor, Bodomzor, Olchazor, Olchali, 
Qoratol, Yettiterak, Bog'ko'cha, Chilonzor shular jumlasidandir.
5. Hayvonlarning nomi bilan bog'liq joy nomlari (zoonimlar). 
Dunyo xaritasida hayvonlarga bog'liq holda vujudga kelgan nomlar ko'p 
uchraydi. Hozirgi vaqtda mavjud bo'lgan bunday nomlarni tahlil qilish bilan 
qadimda ayrim hayvonlar tarqalgan joylarni ham aniqlash mumkin. 
Amudaryo bo'yida Termiz yaqinidagi Maymunto'qay, Toshkent viloyatidagi 
G'azalkent (g'izol - kiyik), Bog'iston (aslida bug'iston so'zidan), So'qoq (oq 


18
kiyik), Ilonlisoy, Kaptarxona, Kurkuldak (qush), Toshkent shahridagi 
Bo'rijar, Qurbaqaobod va boshqalar mazkur joylarda qadimda shunday 
hayvonlar ko'p bo'lganidan dalolatdir.
Dunyoning boshqa joylarida ham bunday nomlar ko'p uchraydi. 
Masalan: Tinch okeandagi Galapagos orollari (galapago - toshbaqa), bu 
orollarda yirik toshbaqalar hozir ham mavjud. Barens dengizidagi Medvejiy 
oroli, Shimoliy Amerikadagi Katta Ayiq, Kichik Ayiq ko'llari, Baykal 
ko'lidagi Tushkani (mahalliy aholi tilida tushkan deb ataydi), O'rta 
Osiyodagi Qoplonqir, Qoplonsirt nomlari hayvonlar bilan bog'liq.

Yüklə 445,71 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   46




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin