32
siyosatini ifodalovchi geografik nomlar o'zgardi. Istiqlolni, milliy qadriyatni
ulug'lovchi geografik nomlar vujudga keldi. Mamlakatimiz tabiati, xalqimiz
kasb - hunari, milliy an'analar, qadriyatlarimiz bilan bog'liq nomlar tiklandi.
Istiqlol, Mustaqillik maydoni, Amir Temur hiyoboni, Mirzo Ulug'bek
tumani, Bobur bog'i, Alisher Navoiy bog'i, Mirobod,
Muzrabot tumanlari
shular jumlasidandir. Dunyoda ro'y beradigan siyosiy o'zgarishlar xaritada,
binobarin, geografik nomlarda ham o'z aksini topadi.
Geografik nomlarda Yerni geografik o'rganish tarixi ham aks etadi.
Yangi yerlarni ochgan, o'rgangan ko'pchilik sayyohlar,
dengizchilar,
tadqiqotchilar nomlari geografik xaritalardan mustahkam o'rin olgan.
Ko'pchilik geografik nomlar tabiiy sharoitni (yer yuzasi relyefini,
o'simliklar va hayvonot dunyosini, tabiiy hodisa va voqealarni),
aholining
urf - odatlari, xo'jaligini aks ettiradi. Geografik
nomlar asrlar davomida
saqlanishini nazarda tutsak, ularni o'tgan zamon tabiati, ro'y bergan hodisa,
voqealar, kishilarning tarixiy kasb - korligi, urf - odatlari, aholining
migratsiyasi haqida qimmatli ma'lumotlar olish mumkin.
Geografik nomlarni o'rganish, o'qitishda predmetlararo aloqalarda
ham qo'l keladi. Geografiya o'qitishda ona tili, chet el toponimlarini
o'rganishda chet tillari bilan bog'lanish yaxshi natija beradi. Ayrim geografik
nomlarning joylashishi va ma'nosi tarixiy voqealar bilan bog'langan. Bu esa
geografiyaning tarix fani bilan aloqasini mustahkamlashga imkon beradi.
Geografik nomlarning ma'nosini yaxshi bilish chet tillarini o'rganishga ham
yordam beradi.
Dostları ilə paylaş: