Topshirdi: shaymardonov e. Qabul qildi: jaloliddinov n


Respublikada eng yirik gidroelektr stansiyalari



Yüklə 1,21 Mb.
səhifə9/9
tarix14.04.2022
ölçüsü1,21 Mb.
#55432
1   2   3   4   5   6   7   8   9
SHAYMARDONOV E.

Respublikada eng yirik gidroelektr stansiyalari

 


Nomi

O’rnatilgan quvvatlar MVt

Turbinalar soni

Qurilgan yillar

Suv manbai

Chorvok GES

620,5

4

1970-1972

Chirchiq

Xo’jakent GES

165

3

1976

Chirchiq

G’azalkent GES

120

3

1980-1981

Chirchiq

Farxod GES

126

4

1948-1949

Sirdaryo

 

Yirik issiqlik elektr markazlari

 


Nomi

O’rnatilgan quvvatlar MVt

Qurilgan yillar

Joylashgan shahri

Izohlar

Farg’ona IEM

330

1956-1979

Qirguli

Loyixa quvvati 140 MVt

Muborak IEM

60

1985-1988

Muborak

 

Toshkent IEM

30

1939-1954

Toshkent

 

 

 

 



 

 

 


Yoqilgʻi sanoati — har xil yoqilgʻi turlarini qazib olish va qayta ishlash bilan band boʻlgan sanoat tarqoklari majmui; neft qazib olish, neftni qayta ishlash, gaz, ko‘mir, torf, slanets sanoatlarini oʻz ichiga oladi. Yo. s. energetikaning yetakchi tarmoqlaridan biri. Texnika taraqqiyoti va u bilan chambarchas bogʻliq holda xalq xoʻjaligida energiya isteʼmolini jadal koʻpaytiradigan i. ch.ni mexanizatsiyalash, avtomatlashtirish, elektrlashtirish, issiqlik bilan taʼminlashning rivojlanishi yoqilgʻining ahamiyatini tobora oshirib boradi. Yoqilgʻi moddalari, ayniqsa neft va gaz kimyo sanoatida xom ashyo sifatida ishlatiladi. Turkiston oʻlkasida sanoat asosida neft qazib olish 19-asrning 80-yillariga toʻgʻri keladi (1870—72 yillarda Fargʻona vodiysida 200 dan ziyod manbalari aniqlangan va hisobga olingan). 1885 yilda rus neftchisi D. P. Petrov Fargʻona vodiysi (Chimyon neft koni) da ikkita quduqdan neft qazib olishga va uni Vannovsk (hoz. Oltiariq) temir yoʻl st-yasidagi oʻzining shaxsiy kichik zdida qayta ishlashga muvaffaq bulgan. Qayta ishlash natijasida olingan kerosin aravalarga va tuyalarga yuklanib, Andijon, Toshkent, Qoʻqon paxta zdlariga, moyjuvozlarga va aholiga sotilgan. Neft krldiklari esa temir yoʻl transportida yoqilgi sifatida ishlatilgan. Oʻzbekistonda 1913 y.da 13 ming t neft olingan. Oʻzbekistonda gaz sanoatittt tarkib topishi va rivojlanishi tarixi asosan 1953 yilda Qizilqum choʻlida Setalontepa hududida birinchi gaz koni ochilishi bilan boshlangan. Buxoro viloyatining gazneftli hududlarida katta hajmda ishlar olib borildi. 1956 yilning 17 oktabrda Gazli maydonidagi 600 metrlik quduqsan kuchli gaz favvorasi otilib chikdi. Bu bilan Oʻzbekiston neftgaz sanoatida yangi davr boshlandi. Oʻzbekistonda kumirni sanoat usulida qazib olish 1930y.lar oxirida boshlangan. Kumir Toshkent viloyati Ohangaron vodiysida Angren qoʻngʻir kumir, Surxondaryo viloyatida Shargʻun, Boysuntogʻ toshkoʻmir konlaridan qazib olinadi. 21-asr boshida Oʻzbekiston birlamchi yonilgʻi—energetika manbalari bilan uzini oʻzi taʼminlaydigan davlatlar sirasiga kiradi. 2000 y.da 7533,6 ming t neft (gaz kondensati bilan birga), 56401,1 mln.m3 tabiiy gaz, 2500 ming t koʻmir qazib olindi. Neftni qayta ishlash zdlarida 1,7 mln. t benzin, 1,9 mln. t dizel yoqilgʻisi, 0,4 mln. t kerosin, 1,7 mln. mazut ishlab chiqarildi. Mustaqillik yillarida Oʻzbekistonda neftgaz sanoatining kelgusi taraqqiyoti uchun oʻta muhim boʻlgan noyob inshootlar bunyod etildi. Koʻqsumaloq neftgaz kondensat koni jadal surʼatlar bilan oʻzlashtirildi. Bu yerda 1997 y. 14 iyulda 500 atmosfera bosimda gazni haydash kompressor st-yasi ishga tushiriddi. Koʻkdumaloq konining neft va gaz kondensatini qayta ishlash uchun Buxoro viloyatida yiliga 2,5 mln. t mahsulot ishlab chiqaradigan zamonaviy Buxoro neftni qayta ishlash zavodi kurildi, Fargʻona neftni qayta ishlash zavodi toʻliq taʼmirlandi (2000). Umuman Oʻzbekistonda qazib olinayotgan gazning asosiy qismi Muborak gazni qayta ishlash zavodi va Shoʻrtan gaz kondensati majmuasining oltingugurtdan tozalash inshootlarida qayta ishlanmoqda. Oʻzbekistonda tabiiy gaz 12 ming km dan ziyod magistral gaz quvurlari orqali tashilmoqda va taqsimlanmoqda. Respublikaning gaz uzatish tarmogʻi MDH mamlakatlari yagona gaz tizimiga ulangan. Oʻzbekistonda aholini tabiiy gaz bilan taʼminlashning ishlab chiqilgan dasturi izchil amalga oshirilmokda. Oʻzbekistonda qazib olinayotgan tabiiy gazning 85% idan xalq xoʻjaligi tarmoklari va aholi ehtiyoji uchun foydalanilmoqda. Uning 15% qoʻshni mamlakatlarga eksport qilindi. Gazning 25% elektr st-yalariga, 10% tarmoqning oʻz texnologiya ehtiyojlariga, 19% sanoatga va 30% dan ziyodi kommunalmaishiy ehtiyojlarga yoʻnaltirilgan. Yo. s. chet mamlakatlardan AQSH, Rossiya, Kanada, GFR va b.da rivojlangan. Yoqilgʻi qazib olishda AQSH jahonda birinchi oʻrinda turadi. Lekin shunga karamay ayrim rivojlangan mamlakatlarda ham energiya xom ashyosi yetishmasligi bilan bogʻliq boʻlgan energetika tangliklari uchrab turadi.


ADABIYOТLAR

  1. Karimov. O‘zbekiston XXI asr bo‘sag‘asida: xavsizlikka taxdid, taraqqiyot kafolatlari va barqarorlik shartlari. – T.:O‘zbekiston, 1997.

  2. Abirqulov K.N. Iqtisodiy gеografiya (Darslik) –T.: TDIU, 2004

  3. Asanov, M. Nabixonov, I. Safarov. O‘zbekistonning iqtisodiy va ijtimoiy jugrofiyasi: Pedagogika Oliy o‘quv yurtlarining talabalari uchun ukuv qo‘llanmasi.-T.: O‘qituvchi, 1994.

  4. Salimov X., Xatamov A., Mamajonov M. O’zbekiston iqtisodiy va ijtimoiy geografiyasi. O’quv qo’llanma. – T.: “Yangi asr avlodi”, 2008.

  5. Soliyev A.S. va boshqalar. Mintaqaviy iqtisodiyot. o'quv qo'llanma/mas'ul muharrir Z.Ahmadjonova. -T.: Universitet, 2003

  6. Тўхлиев Н. Ўзбекистон иқтисодиёти асослари. / Н. Тўхлиев, Қ.Ҳақбердиев, Ш. Эрматов, Н. Холматов. – T.: “O’zbekiston milliy ensiklopediyasi” Давлат илмий нашриёти, 2006.

  7. Новейший энциклопедический справочник. Страны мира / Авт. – сост. Д.О. Хвостова. – М.: ОЛМА Медиа Групп, 2006.

 
Yüklə 1,21 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin