Topshiriq 1 Bajardi: Raximboyeva G. Guruh: 030-19



Yüklə 0,59 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/4
tarix12.05.2023
ölçüsü0,59 Mb.
#112210
1   2   3   4
1-topshiriq

3.  
bilim 
kishilarning tabiat jamiyat hodisalari haqida hosil qilgan 
voqelik maʼlumotlar; voqelikning inson tafakkurida aks 
etishi
4.  
Ko’nikma
Biror faoliyatni amalga oshirish uchun mavjud 
bilimlardan va malakalardan 
foydalana olish
5.  
malaka 
Mashq qilish jarayonida ish harakatlarbajarilishining 
avtomatlashgan usuli 
6.  
Ma’lumot 
shaxsning oʻqish-oʻrganish natijasida oʻzlashtirgan bilim 
koʻnikmalari hajmi, yoʻnalishi va darajasi. 
7.  
bilim 
kishilarning tabiat jamiyat hodisalari haqida hosil qilgan 
voqelik maʼlumotlar; voqelikning inson tafakkurida aks 
etishi
8.  
rivojlantirish 
tabiat va jamiyatdagi qonuniyatli oʻzgarish; bir sifat 
holatidan boshqasiga, eskidan yangiga oʻtish. 
Rivojlanish natijasida obyektning — tarkibi 
yoki strukturasining yangi sifat holati vujudga keladi. 
Rivojlanish tabiat, jamiyat va bilish tarixini 
tushuntirishning umumiy tamoyilidir.
9.  
metod 
bilishning nazariy va amaliy o'zlashtirish usullari 
yig’indisi.
10.  
mafkura 
muayyan ijtimoiy guruh, qatlam, millat, jamiyat, 
davlatning manfaatlari, orzulari, maqsadlari ifodalangan 
qarashlar va ularni amalga oshirish tizimi
 
vazifa 3 
Savollarga javob bering. 
1. Pedagogika fanining ilmiy tadqiqot metodlari 
2. Muloqotning ijtimoiy axamiyati. 
3. Pedagogika fanining boshqa fanlar bilan oʼzaro ogʼlikligi. 
Javoblar: 
Pedagogika fanining ilmiy tadqiqot metodlari 
Har qanday fan o‘zining ilmiy-tadqiqot metodlariga ega. Bu metodlari orqali u o‘z 
mazmunini boyitib, yangilab boradi. Hayotda va obyektiv dunyoni bilish 
nazariyasida nimani o‘rgatish 
va qanday o‘rgatish kerak, kimni qanday tarbiyalash lozim degan 
masalalar mavjud bo‘lib, ular o‘zaro bog‘liqdir. Nima qilish kerak va qanday 


amalga oshirish lozim – degan muammolar o‘rtasida dialektik birlik mavjuddir. 
Pedagogika o‘z mazmunini boyitish va yangilash maqsadida 
mavjud pedagogik hodisa hamda jarayonlarni uning maqsadi va vazifalariga 
muvofiq keladigan metodlari bilan o‘rganadi. Shu ma’noda pedagogikaning ilmiy-
tadqiqot metodlari deganimizda yosh avlodni tarbiyalash, bilim berish va 
o‘qitishning real jarayonlariga xos bo’lmagan ichki aloqa va munosabatlarni 
tekshirish, bilish metodlari, uslublari hamda vositalari majmuini tushunamiz. 
Pedagogika o‘qitish, bilim berish, tarbiyalash jarayonlarini va ularning mohiyatini 
quyidagicha o‘rganishni nazarda tutadi: 
1) ularning umumiy aloqasi, bir-birini taqozo etishi hamda o‘zaro ta’sir jarayonida 
bolalarni o‘qitish, tarbiyalash, fan, madaniyat, axloq va san’at, ta’lim-tarbiyaning 
qayerda amalga oshirilishidan qat’iy nazar uzviy aloqada bo’lishi; 
2) ularning to‘xtovsiz harakati, o‘zgarishi va taraqqiy etish jarayonida vujudga 
keladigan o‘qitish hamda tarbiyalash vazifalari, metodlarining o‘zgarishi, hamma 
bolalarni bir xil andozada o‘qitish va tarbiyalash mumkin emasligi; 
3) bolalarning o‘sishida ularning o‘ziga xos xususiyatlarini hisobga olish, aqliy va 
xulqiy faoliyat, so‘z va ish birligi mezonlariga tayanish; 
4) bolalar kamolotiga ta’sir etuvchi an’ana, urf-odatlar, ular eskilik bilan yangilik, 
o‘rtasida yuz beradigan nizolarni hisobga olish, o‘zaro tanqid va hokazo. 
Pedagogikaning ilmiy-tadqiqot metodlari qanchalik mukammal, aqlga muvofiq, 
to‘g‘ri tanlansa ta’lim-tarbiya mazmunini yangilash va takomillashtirish shu 
darajada yaxshilanib, pedagogika fani ham boyib boradi.( O’. M. Asqarova, M. 
Xayitboyev, M. S. Nishonov. O’zR Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi. – T: 
“Talqin”, 2008, 15-bet.) Pedаgogik tаdqiqotlаrni tаshkil etishdа аniq ilmiy tаdqiqot 
metodlаri qo‘llаnilаdi. Pedаgogik tаdqiqot metodlаri — bu ilmiy nаzаriyаlаrni 
qurilishi, bog‘liqliklаri, munosаbаtlаri, qonuniy аloqаlаrini o‘rnаtish mаqsаdidа 
ilmiy mа’lumotlаrni olish yo‘llаridir. Pedаgogikаdа psixologiyа, sotsiologiyа, 
fiziologiyа, mаtemаtikа fаnlаridаn kirib kelgаn metodlаrdаn tаshqаri 
pedаgogikаning o‘zini metodlаri hаm keng qo‘llаnilаdi. Biz pedаgogikаni ilmiy 
tаdqiqot metodlаri degаndа, yosh аvlodni tа’limi, tаrbiyаsi, rivojlаnishi 


jаrаyonlаrigа xos bo‘lgаn ichki аloqа vа munosаbаtlаrni tekshirish hаmdа ulаr 
to‘g‘risidаgi mа’lumotlаrni olish yo‘l vа usullаrni tushunаmiz. Pedаgogik 
tаdqiqotlаrni tаshkil etishdа umumnаzаriy metodlаr: аnаliz, sintez, tаqqoslаsh, 
induksiyа, deduksiyа, mаvhumlаshtirish, umumlаshtirish, konkretlаshtirish, 
modellаshtirish; sotsiologik metodlаr: аnketа, intervyu, reyting; ijtimoiy psixologik 
metodlаr: sotsiometriyа, test, trening; mаtemаtik metodlаr. Pedаgogik tаdqiqot 
metodlаri nаzаriy vа аmаliy (empirik) turlаrgа bo‘linаdi. Tаdqiqotning nаzаriy 
metodlаri ilmiy fаktlаrni tizimlаshtirish, kengаytirish, аniqlаshni tаqozo qilib, 
hodisаlаrni tushuntirаdi vа oldindаn izohlаb, olingаn nаtijаlаrni ishonchliligini 
oshirib, mаvhumdаn аniq bilimlаrgа o‘tishni, turli tushunchа vа fаrаzlаr orаsidаgi 
аloqаdorliklаrni o‘rnаtib, аsosiy vа ikkinchi dаrаjаlilаrini аjrаtаdi. ( O’. J. 
Yo’ldashev tahriri ostida. Umumiy pedagogika. – T.: “Fan va texnologiya”, 2017, 
27- bet.) Pedagogikada shunday maxsus metodlar mavjudki, ular yordamida ta’lim-
tarbiya jarayoniga oid muhim faktlar, turli pedagogik vaziyatlar mohiyatlari, 
mexanizmlari, xususiyatlari o’rganiladi. 
Ob’ektiv dunyoni bilish, nazariyada nimani o’rganish va o’rgatish kerak, kimni va 
qanday tarbiyalash lozim degan masalalar mavjud bo’lib, ular o’zaro uzviy 
bog’liqdir. 
Har qanday fan sifatida o’zining ilmiy tadqiqot usullariga ega. Bu usullari orqali o’z 
mazmunini boyitib, yangilab boradi. Pedagogika fani o’z mazmun mohiyatini 
boyitishda, yangilashda mavjud pedagogik hodisa va nazariyalarni uning maqsadi 
va vazifalariga muvofiq keladigan usullari bilan o’rganadi. Ushbu ilmning ilmiy 
tadqiqot usullari deganda yosh avlodni tarbiyalash, bilimli qilish va o’qitishning real 
jarayonlariga xos bo’lgan ichki aloqa va munosabatlarni tekshirish, bilish yo’llari, 
uslublari va vositalari majmui tushuniladi. 
Pedagogikaning ilmiy tadqiqot usullari qanchalik to’g’ri tanlansa ta’lim-tarbiya 
mazmunini yangilash va takomillashtirish shu darajada yaxshilanadi, pedagogika 
fani ham boyib boradi.( Umumiy pedagogika nazariyasi va amaliyoti fanidan 
ma’ruzalar matni. Navoiy – 2012, 15- bet. ) 
Pedagogik 
ilmiy-tadqiqot 
metodlari 
shaxsni 
tarbiyalash, 
unga 
muayyan 


yo‘nalishlarda chuqur, puxta ilmiy bilimlarni berish tamoyillari, obyekti va 
subyektiv omillarini aniqlovchi pedagogik jarayonning ichki mohiyati, aloqa va 
qonuniyatlarini maxsus tekshirish va bilish usullaridir. 
Ayni vaqtda, O‘zbekiston Respublikasida pedagogik yo‘nalishda olib borilayotgan 
ilmiy izlanishlar dialektik yondashuvga asoslanadi. Pedagogik hodisa, voqelik va 
ularning qonuniyatlarilarni aniqlashga bunday yondashuv pedagogik hodisa va 
jarayonlarning umumiy aloqasi, ularning izchil, uzluksiz rivojlanishi, bolaning 
fiziologik rivoji uning psixologik, intellektual jihatdan takomilashtirib borishini 
ta’minlashi, qarama-qarshiliklarning shaxs kamolotini ta’minlashdagi o‘rni va roli, 
shuningdek, dialektika kategoriyalarining ahamiyatini e’tirof etadi. 
Pedagogik ilmiy tadqiqotlarni amalga oshirish murakkab, muayyan muddatni taqozo 
etuvchi, izchillik, uzluksizlik, tizimlilik hamda aniq maqsad kabi xususiyatlarga ega 
bo‘lgan jarayon bo‘lib, uning samarali bo'lishi uchun bir qator shartlarga rioya etish 
zarur. Ular quyidagilardir: muammoning dolzarbligi va mavzuning aniq 
belgilanganligi; ilmiy farazlarning to‘g‘ri shakllantirilganligi; vazifalarning tadqiqot 
maqsadi asosida to‘g‘ri belgilanganligi; tadqiqot metodlar tizimiga nisbatan 
obyektiv yondashuv; tajriba- 
sinov ishlari jarayoniga jalb etiluvchi respondentlarning yosh, psixologik va shaxsiy 
xususiyatlari, shuningdek, shaxs rivojlanishi qonuniyatlarining to‘g‘ri hisobga 
olinganligi; tadqiqot natijalarini oldindan tashxislash va uning natijalarini bashorat 
qilish; tadqiqot natijalarining kafolatlanganligi. 

Yüklə 0,59 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin