Topshiriq 1 Bajardi: Raximboyeva G. Guruh: 030-19


Muloqotning ijtimoiy axamiyati



Yüklə 0,59 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/4
tarix12.05.2023
ölçüsü0,59 Mb.
#112210
1   2   3   4
1-topshiriq

Muloqotning ijtimoiy axamiyati. 
Shiddat bilan rivojlanayotgan hozirgi davrda yoshlarni har tomonlama barkamol 
qilib tarbiyalashda o‘zaro muloqot jarayoni g‘oyatda katta rol o‘ynaydi. Chunki 
muloqot jarayonida borliqdagi xilma-xil narsa, xodisalar bilan munosabatda 
bo‘lishi asosida ularning mohiyatini anglay boshlaydi. Muloqot dialektik jarayon 
bo‘lib, kishilarning o‘zaro aloqa munosabatlarida namoyon bo‘ladi. 
Darhaqiqat, jamiyatda hal qilinmagan muammolar muloqot jarayonida o‘z 
yechimini topib jamiyatda muvozanat yuzaga kelib, jamiyat taraqqiyoti 
yuksalaveradi. Shuning uchun ham O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti 


Sh.M.Mirziyoyev 2017 yil 22 dekabr kuni Oliy Majlisga murojaatida 
ta’kidlaganidek; “Biz mamlakat hayotiga doir har bir qarorni halqimiz bilan 
maslahatlashib, bevosita muloqot asosida qabul qilmoqdamiz”. “Xalq davlat 
idoralariga emas, balki davlat idoralari xalqimizga xizmat qilish kerak” degan g‘oya 
bu borada faoliyatimiz mezoniga aylanmoqda”-deb uqtiradi. Qisqa muddatda bir 
yarim milliondan ziyod fuqarolar murojaat qilishi natijasida muloqot jarayonida 
ularning muammolari o‘z yechimini topdi. 
Darhaqiqat, muloqot insonlar o‘rtasida xilma-xil ijtimoiy munosabatlarida amalga 
oshadi. Ijtimoiy munosabatlar, aslida, odamning siyosiy munosabatlaridan tortib, 
uning shaxslararo munosabatlari xususiyatlarini ham, o‘z ichiga olgan murakkab 
jarayondir. Bu jarayonni turli nazariy oqim vakillari o‘zlaricha o‘rganishlari 
ma’lum. Masalan, interksionizm vakillari uni shaxslararo o‘zaro ta’sirning turlicha 
namoyon bo‘lish shaklida tushunchalar, ijtimoiy almashinuv nazariyasi tarafdorlari 
odamlarning bir – birlariga nisbatan talablari, kutishlari va manfaatdorliklarining 
o‘zaro almashinuvi jarayoni sifatida tasavvur qiladilar. Shunga o‘xshash hozirda 
turli-tuman yondashuvlar mavjud, lekin ularning barchasini birlashtiradigan yagona-
g‘oya-bu odamlar o‘rtasida sodir bo‘ladigan o‘zaro ta’sir va o‘zaro aloqa 
jarayonlarining mexanizmlarini aniqlash va ushbu jarayonni boshqarish usullarining 
taktika va strategiyasini ishlab chiqishdir. 
Falsafa ilmidan shu narsa ma’lumki, har qanday ijtimoiy munosabatlar ko‘p qirrali 
bo‘lib, har birining o‘ziga xos kechish xususiyatlari va shart –sharoitlari, 
qonuniyatlari bo‘ladi. Agar rahbar o‘z jamoasidagi shaxslararo munosabatlar 
nimaga asosan kechishini bilsa, uni boshqarish oson. Shunga ko‘ra ta’kidlash 
mumkinki, agar jamoada haqiqiy samarali, ijodiy mehnatga safarbar e’tuvchi 
“iqlim” tashkil qilinmagan bo‘lsa, odamlar o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlar va 
muoamala ham asosan hissiyotlarga, odamlarning bir-birlarini hurmat qilishlari
yoqtirishi – yoqtirmasliklariga asoslanib qoladi. Odamlar ishga otlanar ekanlar, 
avvalo kimlarni ko‘rish, kimlar bilan tushlikka chiqish yoki bir stol atrofida o‘tirish, 
vaqtni o‘tkazish uchun qaysi ishlar bilan shug‘ullanishi kerakligini o‘ylab keladi. 
Demak, bunday jamoada ish qoniqarsiz tashkil etilgan, odamlar o‘rtasidagi 
munosabatlar sof emotsional-hissiy muomalaga tayanadi. Ana shunday yerlarda 


guruhbozlik, jamoaning kichik-kichik guruhlarga bo‘linib ketishi, buning oqibatida 
bir nechta norasmiy liderlarning paydo bo‘lib, har biri o‘z “ixlosmandlarini” o‘ziga 
xos manfaatlar bilan atrofida birlashtirayotganligini ko‘rish mumkin. 
Boshqa jamoada esa ish butunlay boshqacha tashkil etilgan bo‘lishi mumkin. Oqil 
va tashabbuskor rahbar qo‘l ostida ishlayotganlar jamoasini bir yaxlit deb tasavvur 
qilib, ishga ketayotganda, eng avvalo, kecha oxiriga yetkaza olmagan ishlari bor-
yo‘qligini, bugun qanday ishni va kim bilan, kim orqali bitkazishini, ishni yanada 
yaxshilash uchun bugun yana qanday choralar ko‘ra olishi haqida o‘ylaydi. 
Jamoaning har bir a’zosi eng avvalo ishni o‘ylab uyidan chiqadi. Demak, bunday 
jamoadagi o‘zaro shaxslararo munosabatlar ham ishchanlikka asoslanadi va 
jamoaning eng tashabbuskor, fidoyi, aqlli a’zosi kim bo‘lishidan, yoshi yoki 
jinsidan qat’iy nazar, norasmiy obro‘ga ega bo‘lishi va liderlikka da’vogar bo‘lishi 
mumkin. 
Rahbar esa ana shunday tashabbuskor, mehnatkash, jonkuyar odamlar bilan doimo 
hisoblashadi va ular fikriga quloq soladi. Bunday rahbarning mahorati uning 
jamoadagi norasmiy va rasmiy liderlar bilan hamkorlikda, muloqotda ishlay olish 
san’ati bilan baholanadi. Bundan tashqari har bir konkret vaziyatda va jamoada 
odamlar o‘rtasidagi munosabatlarning turli shakllari namoyon bo‘lishi mumkin. 
Masalan, ular o‘rtasidagi o‘zaro munosabat faqat rasmiy aloqalar bilan cheklanmay 
balki bir vaqtning o‘zida norasmiy shaxsiy munosabatlar bilan uyg‘unlashadi. Agar 
umuman jamiyat miqyosida oladigan bo‘lsak, ijtimoiy munosabatlarning siyosiy, 
iqtisodiy, huquqiy, mafkuraviy, diniy,ma’naviy sohalarda ro‘y beradigan shakllarini 
ham farqlash mumkin. Ular yuqoridagilardan kelib chiqib, konkret vaziyat va 
ijtimoiy faoliyat turiga mos tarzda o‘ziga xos qonuniyatlarga asoslanib ro‘y beradi. 
Xo‘sh, shunday ekan muloqot nima degan savol tug‘iladi. Bu savolga javob topish 
bilan ko‘pincha psixolog olimlar shug‘ullanganlar. Masalan, psixologiyaga oid 
kitoblarda: “Muloqot – hamkorlikda faoliyat ehtiyoji bilan taqozolangan aloqa 
o‘rnatish va uni rivojlantirish jarayoni; muloqat belgilar tizimi orqali sub’ektlarning 
o‘zaro ta’sirlashuvi. Muloqat-kamida ikki kishining o‘zaro ta’sir jarayoni bo‘lib, bu 
ta’sir davomida axborot almashinadi, munosabat o‘rnatiladi va rivojlantiriladi
tugatiladi yoki korreksiyalanadi” – degan ta’riflar berilgan. 


Ma’lumki muloqot sub’ektlarini barcha tirik mavjudotlar, odamlar tashkil etadi. 
Muloqot barcha tirik mavjudotlar o‘rtasida yuz berishi mumkin, biroq, odamlar 
o‘rtasidagi muloqot til va tafakkurga bog‘liq ekanligi bilan ajralib turadi. Jonli 
ijodiy muloqot faqat insonlar o‘rtasida amalga oshirilishi mumkin. Muloqotda 
ijtimoiy va shaxsiy munosabatlar ro‘yobga chiqariladi. Muloqotsiz kishilik jamiyati 
bo‘lishi mumkin emas. Chunki muloqot jarayonida insonlar bir-birining 
dunyoqarashini boyitadi. Aynan muloqot hamkorlikda faoliyat rejasini tuzish, uni 
ro‘yobga chiqarish uchun individlar o‘rtasida muloqot amalga oshirilishi shart. 
Muloqot vositasida hamkorlikdagi faoliyat tashkil etiladi va amalga oshiriladi. Ayni 
vaqtda faoliyat davomida kishilar o‘rtasida yangi-yangi munosabatlar va aloqalar 
shakllanadi. 

Yüklə 0,59 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin