3.
bilim
kishilarning tabiat jamiyat hodisalari haqida hosil qilgan
voqelik maʼlumotlar; voqelikning inson tafakkurida aks
etishi
4.
Ko’nikma
Biror faoliyatni amalga oshirish uchun mavjud
bilimlardan va malakalardan
foydalana olish
5.
malaka
Mashq qilish jarayonida ish harakatlarbajarilishining
avtomatlashgan usuli
6.
Ma’lumot
shaxsning oʻqish-oʻrganish natijasida oʻzlashtirgan bilim
koʻnikmalari hajmi, yoʻnalishi va darajasi.
7.
bilim
kishilarning tabiat jamiyat hodisalari haqida hosil qilgan
voqelik maʼlumotlar; voqelikning inson tafakkurida aks
etishi
8.
rivojlantirish
tabiat va jamiyatdagi qonuniyatli oʻzgarish; bir sifat
holatidan boshqasiga, eskidan yangiga oʻtish.
Rivojlanish natijasida obyektning — tarkibi
yoki strukturasining yangi sifat holati vujudga keladi.
Rivojlanish tabiat, jamiyat va bilish tarixini
tushuntirishning umumiy tamoyilidir.
9.
metod
bilishning nazariy va amaliy o'zlashtirish usullari
yig’indisi.
10.
mafkura
muayyan ijtimoiy guruh, qatlam, millat, jamiyat,
davlatning manfaatlari, orzulari, maqsadlari ifodalangan
qarashlar va ularni amalga oshirish tizimi
vazifa 3
Savollarga javob bering.
1. Pedagogika fanining ilmiy tadqiqot metodlari
2. Muloqotning ijtimoiy axamiyati.
3. Pedagogika fanining boshqa fanlar bilan oʼzaro ogʼlikligi.
Javoblar:
Pedagogika fanining ilmiy tadqiqot metodlari
Har qanday fan o‘zining ilmiy-tadqiqot metodlariga ega. Bu metodlari orqali u o‘z
mazmunini boyitib, yangilab boradi. Hayotda va obyektiv dunyoni bilish
nazariyasida nimani o‘rgatish
va qanday o‘rgatish kerak, kimni qanday tarbiyalash lozim degan
masalalar mavjud bo‘lib, ular o‘zaro bog‘liqdir. Nima qilish kerak va qanday
amalga oshirish lozim – degan muammolar o‘rtasida dialektik birlik mavjuddir.
Pedagogika o‘z mazmunini boyitish va yangilash maqsadida
mavjud pedagogik hodisa hamda jarayonlarni uning maqsadi va vazifalariga
muvofiq keladigan metodlari bilan o‘rganadi. Shu ma’noda pedagogikaning ilmiy-
tadqiqot metodlari deganimizda yosh avlodni tarbiyalash, bilim berish va
o‘qitishning real jarayonlariga xos bo’lmagan ichki aloqa va munosabatlarni
tekshirish, bilish metodlari, uslublari hamda vositalari majmuini tushunamiz.
Pedagogika o‘qitish, bilim berish, tarbiyalash jarayonlarini va ularning mohiyatini
quyidagicha o‘rganishni nazarda tutadi:
1) ularning umumiy aloqasi, bir-birini taqozo etishi hamda o‘zaro ta’sir jarayonida
bolalarni o‘qitish, tarbiyalash, fan, madaniyat, axloq va san’at, ta’lim-tarbiyaning
qayerda amalga oshirilishidan qat’iy nazar uzviy aloqada bo’lishi;
2) ularning to‘xtovsiz harakati, o‘zgarishi va taraqqiy etish jarayonida vujudga
keladigan o‘qitish hamda tarbiyalash vazifalari, metodlarining o‘zgarishi, hamma
bolalarni bir xil andozada o‘qitish va tarbiyalash mumkin emasligi;
3) bolalarning o‘sishida ularning o‘ziga xos xususiyatlarini hisobga olish, aqliy va
xulqiy faoliyat, so‘z va ish birligi mezonlariga tayanish;
4) bolalar kamolotiga ta’sir etuvchi an’ana, urf-odatlar, ular eskilik bilan yangilik,
o‘rtasida yuz beradigan nizolarni hisobga olish, o‘zaro tanqid va hokazo.
Pedagogikaning ilmiy-tadqiqot metodlari qanchalik mukammal, aqlga muvofiq,
to‘g‘ri tanlansa ta’lim-tarbiya mazmunini yangilash va takomillashtirish shu
darajada yaxshilanib, pedagogika fani ham boyib boradi.( O’. M. Asqarova, M.
Xayitboyev, M. S. Nishonov. O’zR Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi. – T:
“Talqin”, 2008, 15-bet.) Pedаgogik tаdqiqotlаrni tаshkil etishdа аniq ilmiy tаdqiqot
metodlаri qo‘llаnilаdi. Pedаgogik tаdqiqot metodlаri — bu ilmiy nаzаriyаlаrni
qurilishi, bog‘liqliklаri, munosаbаtlаri, qonuniy аloqаlаrini o‘rnаtish mаqsаdidа
ilmiy mа’lumotlаrni olish yo‘llаridir. Pedаgogikаdа psixologiyа, sotsiologiyа,
fiziologiyа, mаtemаtikа fаnlаridаn kirib kelgаn metodlаrdаn tаshqаri
pedаgogikаning o‘zini metodlаri hаm keng qo‘llаnilаdi. Biz pedаgogikаni ilmiy
tаdqiqot metodlаri degаndа, yosh аvlodni tа’limi, tаrbiyаsi, rivojlаnishi
jаrаyonlаrigа xos bo‘lgаn ichki аloqа vа munosаbаtlаrni tekshirish hаmdа ulаr
to‘g‘risidаgi mа’lumotlаrni olish yo‘l vа usullаrni tushunаmiz. Pedаgogik
tаdqiqotlаrni tаshkil etishdа umumnаzаriy metodlаr: аnаliz, sintez, tаqqoslаsh,
induksiyа, deduksiyа, mаvhumlаshtirish, umumlаshtirish, konkretlаshtirish,
modellаshtirish; sotsiologik metodlаr: аnketа, intervyu, reyting; ijtimoiy psixologik
metodlаr: sotsiometriyа, test, trening; mаtemаtik metodlаr. Pedаgogik tаdqiqot
metodlаri nаzаriy vа аmаliy (empirik) turlаrgа bo‘linаdi. Tаdqiqotning nаzаriy
metodlаri ilmiy fаktlаrni tizimlаshtirish, kengаytirish, аniqlаshni tаqozo qilib,
hodisаlаrni tushuntirаdi vа oldindаn izohlаb, olingаn nаtijаlаrni ishonchliligini
oshirib, mаvhumdаn аniq bilimlаrgа o‘tishni, turli tushunchа vа fаrаzlаr orаsidаgi
аloqаdorliklаrni o‘rnаtib, аsosiy vа ikkinchi dаrаjаlilаrini аjrаtаdi. ( O’. J.
Yo’ldashev tahriri ostida. Umumiy pedagogika. – T.: “Fan va texnologiya”, 2017,
27- bet.) Pedagogikada shunday maxsus metodlar mavjudki, ular yordamida ta’lim-
tarbiya jarayoniga oid muhim faktlar, turli pedagogik vaziyatlar mohiyatlari,
mexanizmlari, xususiyatlari o’rganiladi.
Ob’ektiv dunyoni bilish, nazariyada nimani o’rganish va o’rgatish kerak, kimni va
qanday tarbiyalash lozim degan masalalar mavjud bo’lib, ular o’zaro uzviy
bog’liqdir.
Har qanday fan sifatida o’zining ilmiy tadqiqot usullariga ega. Bu usullari orqali o’z
mazmunini boyitib, yangilab boradi. Pedagogika fani o’z mazmun mohiyatini
boyitishda, yangilashda mavjud pedagogik hodisa va nazariyalarni uning maqsadi
va vazifalariga muvofiq keladigan usullari bilan o’rganadi. Ushbu ilmning ilmiy
tadqiqot usullari deganda yosh avlodni tarbiyalash, bilimli qilish va o’qitishning real
jarayonlariga xos bo’lgan ichki aloqa va munosabatlarni tekshirish, bilish yo’llari,
uslublari va vositalari majmui tushuniladi.
Pedagogikaning ilmiy tadqiqot usullari qanchalik to’g’ri tanlansa ta’lim-tarbiya
mazmunini yangilash va takomillashtirish shu darajada yaxshilanadi, pedagogika
fani ham boyib boradi.( Umumiy pedagogika nazariyasi va amaliyoti fanidan
ma’ruzalar matni. Navoiy – 2012, 15- bet. )
Pedagogik
ilmiy-tadqiqot
metodlari
shaxsni
tarbiyalash,
unga
muayyan
yo‘nalishlarda chuqur, puxta ilmiy bilimlarni berish tamoyillari, obyekti va
subyektiv omillarini aniqlovchi pedagogik jarayonning ichki mohiyati, aloqa va
qonuniyatlarini maxsus tekshirish va bilish usullaridir.
Ayni vaqtda, O‘zbekiston Respublikasida pedagogik yo‘nalishda olib borilayotgan
ilmiy izlanishlar dialektik yondashuvga asoslanadi. Pedagogik hodisa, voqelik va
ularning qonuniyatlarilarni aniqlashga bunday yondashuv pedagogik hodisa va
jarayonlarning umumiy aloqasi, ularning izchil, uzluksiz rivojlanishi, bolaning
fiziologik rivoji uning psixologik, intellektual jihatdan takomilashtirib borishini
ta’minlashi, qarama-qarshiliklarning shaxs kamolotini ta’minlashdagi o‘rni va roli,
shuningdek, dialektika kategoriyalarining ahamiyatini e’tirof etadi.
Pedagogik ilmiy tadqiqotlarni amalga oshirish murakkab, muayyan muddatni taqozo
etuvchi, izchillik, uzluksizlik, tizimlilik hamda aniq maqsad kabi xususiyatlarga ega
bo‘lgan jarayon bo‘lib, uning samarali bo'lishi uchun bir qator shartlarga rioya etish
zarur. Ular quyidagilardir: muammoning dolzarbligi va mavzuning aniq
belgilanganligi; ilmiy farazlarning to‘g‘ri shakllantirilganligi; vazifalarning tadqiqot
maqsadi asosida to‘g‘ri belgilanganligi; tadqiqot metodlar tizimiga nisbatan
obyektiv yondashuv; tajriba-
sinov ishlari jarayoniga jalb etiluvchi respondentlarning yosh, psixologik va shaxsiy
xususiyatlari, shuningdek, shaxs rivojlanishi qonuniyatlarining to‘g‘ri hisobga
olinganligi; tadqiqot natijalarini oldindan tashxislash va uning natijalarini bashorat
qilish; tadqiqot natijalarining kafolatlanganligi.
Dostları ilə paylaş: |