Sh.M.Mirziyoyev 2017 yil 22 dekabr kuni Oliy Majlisga murojaatida
ta’kidlaganidek; “Biz mamlakat hayotiga doir har bir qarorni halqimiz bilan
maslahatlashib, bevosita muloqot asosida qabul qilmoqdamiz”. “Xalq davlat
idoralariga emas, balki davlat idoralari xalqimizga xizmat qilish kerak” degan g‘oya
bu borada faoliyatimiz mezoniga aylanmoqda”-deb uqtiradi. Qisqa muddatda bir
yarim milliondan ziyod fuqarolar murojaat qilishi natijasida muloqot jarayonida
ularning muammolari o‘z yechimini topdi.
Darhaqiqat, muloqot insonlar o‘rtasida xilma-xil ijtimoiy munosabatlarida amalga
oshadi.
Ijtimoiy munosabatlar, aslida, odamning siyosiy munosabatlaridan tortib,
uning shaxslararo munosabatlari xususiyatlarini ham, o‘z ichiga olgan murakkab
jarayondir. Bu jarayonni turli nazariy oqim vakillari o‘zlaricha o‘rganishlari
ma’lum. Masalan, interksionizm vakillari uni shaxslararo o‘zaro ta’sirning turlicha
namoyon bo‘lish shaklida tushunchalar, ijtimoiy almashinuv nazariyasi tarafdorlari
odamlarning bir – birlariga nisbatan talablari, kutishlari va manfaatdorliklarining
o‘zaro almashinuvi jarayoni sifatida tasavvur qiladilar. Shunga o‘xshash
hozirda
turli-tuman yondashuvlar mavjud, lekin ularning barchasini birlashtiradigan yagona-
g‘oya-bu odamlar o‘rtasida sodir bo‘ladigan o‘zaro ta’sir va o‘zaro aloqa
jarayonlarining mexanizmlarini aniqlash va ushbu jarayonni boshqarish usullarining
taktika va strategiyasini ishlab chiqishdir.
Falsafa ilmidan shu narsa ma’lumki, har qanday ijtimoiy munosabatlar ko‘p qirrali
bo‘lib, har birining o‘ziga xos kechish xususiyatlari va shart –sharoitlari,
qonuniyatlari bo‘ladi. Agar rahbar o‘z jamoasidagi shaxslararo munosabatlar
nimaga asosan kechishini bilsa, uni boshqarish oson. Shunga ko‘ra ta’kidlash
mumkinki, agar jamoada haqiqiy samarali, ijodiy mehnatga safarbar e’tuvchi
“iqlim” tashkil qilinmagan bo‘lsa, odamlar o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlar va
muoamala ham asosan hissiyotlarga, odamlarning bir-birlarini
hurmat qilishlari,
yoqtirishi – yoqtirmasliklariga asoslanib qoladi. Odamlar ishga otlanar ekanlar,
avvalo kimlarni ko‘rish, kimlar bilan tushlikka chiqish yoki bir stol atrofida o‘tirish,
vaqtni o‘tkazish uchun qaysi ishlar bilan shug‘ullanishi kerakligini o‘ylab keladi.
Demak, bunday jamoada ish qoniqarsiz tashkil etilgan, odamlar o‘rtasidagi
munosabatlar sof emotsional-hissiy muomalaga tayanadi. Ana shunday yerlarda
guruhbozlik, jamoaning kichik-kichik guruhlarga bo‘linib ketishi, buning oqibatida
bir nechta norasmiy liderlarning paydo bo‘lib, har biri o‘z “ixlosmandlarini” o‘ziga
xos manfaatlar bilan atrofida birlashtirayotganligini ko‘rish mumkin.
Boshqa jamoada esa ish butunlay boshqacha tashkil etilgan bo‘lishi mumkin. Oqil
va tashabbuskor rahbar qo‘l ostida ishlayotganlar jamoasini bir yaxlit deb tasavvur
qilib, ishga ketayotganda, eng avvalo, kecha oxiriga
yetkaza olmagan ishlari bor-
yo‘qligini, bugun qanday ishni va kim bilan, kim orqali bitkazishini, ishni yanada
yaxshilash uchun bugun yana qanday choralar ko‘ra olishi haqida o‘ylaydi.
Jamoaning har bir a’zosi eng avvalo ishni o‘ylab uyidan chiqadi. Demak, bunday
jamoadagi o‘zaro shaxslararo munosabatlar ham ishchanlikka asoslanadi va
jamoaning eng tashabbuskor, fidoyi, aqlli a’zosi kim bo‘lishidan,
yoshi yoki
jinsidan qat’iy nazar, norasmiy obro‘ga ega bo‘lishi va liderlikka da’vogar bo‘lishi
mumkin.
Rahbar esa ana shunday tashabbuskor, mehnatkash, jonkuyar odamlar bilan doimo
hisoblashadi va ular fikriga quloq soladi. Bunday rahbarning mahorati uning
jamoadagi norasmiy va rasmiy liderlar bilan hamkorlikda, muloqotda ishlay olish
san’ati bilan baholanadi. Bundan tashqari har bir konkret
vaziyatda va jamoada
odamlar o‘rtasidagi munosabatlarning turli shakllari namoyon bo‘lishi mumkin.
Masalan, ular o‘rtasidagi o‘zaro munosabat faqat rasmiy aloqalar bilan cheklanmay
balki bir vaqtning o‘zida norasmiy shaxsiy munosabatlar bilan uyg‘unlashadi. Agar
umuman jamiyat miqyosida oladigan bo‘lsak, ijtimoiy munosabatlarning siyosiy,
iqtisodiy, huquqiy, mafkuraviy, diniy,ma’naviy sohalarda ro‘y beradigan shakllarini
ham farqlash mumkin. Ular yuqoridagilardan kelib chiqib, konkret vaziyat va
ijtimoiy faoliyat turiga mos tarzda o‘ziga xos qonuniyatlarga asoslanib ro‘y beradi.
Xo‘sh, shunday ekan muloqot nima degan savol tug‘iladi. Bu savolga javob topish
bilan ko‘pincha psixolog olimlar shug‘ullanganlar. Masalan, psixologiyaga oid
kitoblarda: “Muloqot – hamkorlikda faoliyat ehtiyoji bilan taqozolangan aloqa
o‘rnatish va uni rivojlantirish jarayoni; muloqat belgilar tizimi orqali sub’ektlarning
o‘zaro ta’sirlashuvi. Muloqat-kamida ikki kishining o‘zaro ta’sir jarayoni bo‘lib, bu
ta’sir davomida axborot almashinadi, munosabat o‘rnatiladi
va rivojlantiriladi,
tugatiladi yoki korreksiyalanadi” – degan ta’riflar berilgan.
Ma’lumki muloqot sub’ektlarini barcha tirik mavjudotlar, odamlar tashkil etadi.
Muloqot barcha tirik mavjudotlar o‘rtasida yuz berishi mumkin, biroq, odamlar
o‘rtasidagi muloqot til va tafakkurga bog‘liq ekanligi bilan ajralib turadi. Jonli
ijodiy muloqot faqat insonlar o‘rtasida amalga oshirilishi mumkin. Muloqotda
ijtimoiy va shaxsiy munosabatlar ro‘yobga chiqariladi. Muloqotsiz kishilik jamiyati
bo‘lishi mumkin emas. Chunki muloqot jarayonida insonlar bir-birining
dunyoqarashini boyitadi. Aynan muloqot hamkorlikda
faoliyat rejasini tuzish, uni
ro‘yobga chiqarish uchun individlar o‘rtasida muloqot amalga oshirilishi shart.
Muloqot vositasida hamkorlikdagi faoliyat tashkil etiladi va amalga oshiriladi. Ayni
vaqtda faoliyat davomida kishilar o‘rtasida yangi-yangi munosabatlar va aloqalar
shakllanadi.
Dostları ilə paylaş: