Pedagogika fanining boshqa fanlar bilan oʼzaro ogʼlikligi.
Pedagogika fani yakka holda mukammallikka erisha olmaydi. U ham boshqa
fanlar singari ijtimoiy fan yutuqlaridan foydalanadi va mazmunan boyib boradi.
Hozirgi kuniizda umumbashariyat tomonidan yaratilgan bilimlar va kelajak haqida
ma‘lumot beruvchi nazariyalar muayyan darajada pedagogika fani uchun manba
bo’ladi. Boshqa fanlar kabi pedagogika har bir insonning ijtimoiy kamolotiga
xizmat qiladi. Tabiat va jamiyatning rivojlanish qoidalari to’g’risidagi
ma‘lumotlarga asoslanadi va o’zi ham ijtimoiy fan sifatida rivojlanib boradi.
Avvalo har bir o’quvchi, o’qituvchi-murabbiy o’z ona yurti tarixini bilishi, uni
sevishi, vatanparvar bo’lishi zarur. Ta‘lim-tarbiya tarixi, pedagogika tarixi fanidan
xabardor bo’lmay turib pedagogik faoliyat bilan shug’ullanish mumkin emas.
Pedagogika nazariyasini chuqurroq anglash uchun esa uning o’tmishdagi
taraqqiysini bilmoq kerak.
Tarbiyaning mohiyatini ilmiy asosda tushunish uchun aniq tarixiy shariatda uning
taraqqiy etishi qonuniyatlarini bilish zarur.Shuning uchun pedagogika ijtimoiy
fanlardan biri sifatida ijtimoiy fanlar bilan yaqin aloqada rivojlanib boradi. Tarbiya
maqsad va vazifalarini inson shaxsining har tomonlama rivojlanish qonuniyatlarini
ishlab chiqarish jarayonida tarix, falsafa, iqtisod, sosiologiya, etika, estetika,
umumiy
psixologiya,
yosh
psixologiyasi,
pedagogik
psixologiya,
kasb
psixologiyasi, oila psixologiyasi, ijtimoiy psixologiya, odam psixologiyasi, harbiy
psixologiya va fiziologiyasi bolalar gigienasi, pediatriya, medisina, kibernetika va
boshqa fanlar bilan aloqa qiladi. Psixologiya fani bilan aloqasini tahlil qilamiz.
Pedagog o'quvchilarga ta'lim-tarbiya berishda ularni sezgisi, idroki, tasavvur,
diqqat, tafakkur va xotirasi kabi psixik jarayonlarni bilish darkor. Shuning uchun
pedagogika fani psixologiya fani bilan alohida ish olib boradi. Har bir fan o'z
rivojlanishida o'z nazariyalarini boyitishda o'zining ichki ilmiy yo'nalishlariga
tayanib, takomillashib boradi. Hozirgi davrda umuminsoniyat tomonidan yaratilgan
bilimlar va kelajak haqida axborot, ma'lumot beruvchi turli fanlar muayyan darajada
pedagogika fani uchun manba bo'ladi. Boshqa fanlar kabi pedagogika har bir
insonning umumiy kamolatiga xizmat qiladi.
O’qituvchi-tarbiyachiyoshlargabilimberish,
ma‘lumotliqilish,
tarbiyalashmaqsadidaungatizimlita‘sirko’rsatadi.Bunda psixologiya va ijtimoiy
omillarga asoslanadi. Ya‘ni, ko’rsatilayotgan ta‘sirning samarasini bilish uchun
o’quvchining sezgi, idroki, tasavvur, diqqat va tafakkur- fikrlash jarayonining
qanday kechayotganini bilishga asoslanib ta‘sir ko’rsatish rejasini belgilaydi.
Demak, pedagogika fani psixologiya va sotsiolagiya kabi fanlar bilan uzviy
bog’langandir.
Falsafa fani esa pedagogika fani uchun metodologik asos bo’lib xizmat qiladi.
Chunki, hozirgi ta‘lim-tarbiya nazariyasi yutuqlari falsafiy fikrlar kurashi va
taraqqiyotining mahsulidir. Falsafa pedagogikani ilmiy usullar bilan qurollantiradi,
ta‘lim va tarbiyaning ob‘ektiv qonun-qoidalarini ishlab chiqishga manba bo’ladi.
Umuman, pedagogika fani o'z oldidagi maqsad va vazifalarni hal etishda boshqa
fanlar yutuqlaridan foydalanmasdan ish olib borish mumkin emas degan xulosaga
kelish mumkin.
Pedagogika fani shaxsni rivojlantirishning ikki muhim jihati – uni o‘qitish va
tarbiyalashga asosiy e'tiborni karatganligi bois ta'lim nazariyasi (didaktika) va
tarbiya nazariyasi fanning muhim tarkibiy qismlari hisoblanadi. Ta'lim nazariyasi
(didaktika) – shaxsni intellektual jihatdan rivojlantirish, ta'lim jarayonining
mohiyati, bosqichlari, tamoyillari, qonuniyatlari, o‘qituvchi va o‘qituvchi faoliyati
birligi, o‘qitishning mazmuni, shakl, metod va vositalari, ta'lim jarayonini
takomillashtirish yo‘llari kabi muammolarni tadqiq etadi. Ta'lim o‘z mohiyatiga
ko‘ra umumiy va maxsus kabi turlarga ajratiladi. Umumiy ta'lim har bir shaxsning
kamol topishi hamda u tomonidan hayotiy faoliyatni tashkil eta olishi uchun zarur
bo‘lgan ma'lumotlarni berishga yo‘naltiriladi. Umumiy ta'lim asosida o‘zlashtirilgan
ma'lumotlar kelgusida shaxsning kasbiy tayyorgarligini ta'minlashga imkon
beruvchi maxsus ta'lim olishi uchun asos bo‘ladi. Maxsus ta'lim – o‘zida
mutaxassislik xususiyatlarini namoyon qilib, shaxsga muayyan kasbiy faoliyatni
tashkil etish borasida nazariy bilimlarni berish asosida amaliy ko‘nikma hamda
malakalarni shakllantirishga xizmat qiladi. Ta'lim, shuningdek, darajasi hamda
hajmiga ko‘ra boshlang‘ich, o‘rta va oliy ta'lim kabi turlarga ham bo‘linadi. Kasb
ta'limi (kasbiy ta'lim O‘zbekiston Respublikasida barkamol shaxs va malakali
mutaxassisni tayyorlashga yo‘naltirilgan uzluksiz ta'limning muhim bo‘lagi
sanaladi. Tarbiya nazariyasi – pedagogikaning asosiy, muhim tarkibiy qismlaridan
biri bo‘lib, u jamiyat va oilaning barkamol shaxs va malakali mutaxassisni
tayyorlash muammolarini o‘rganadi.
Tarbiya - barkamol shaxs va malakali mutaxassisni tayyorlash yo‘lida amalga
oshirilayotgan pedagogik faoliyat jarayoni bo‘lib, ushbu tushuncha negizida odatda
aqliy, axloqiy, jismoniy, mehnat, estetik, iqtisodiy, huquqiy, ekologik va jinsiy
tarbiya kabi yo‘nalishlarda tashkil etilgan pedagogik faoliyat mohiyati, shaxsda
tarbiyalangan muayyan sifatlar hamda shakllangan dunyoharash aks etadi.
Pedagogika fanining vazifalari. Pedagogika fani shaxsni shakllantirish borasidagi
ijtimoiy buyurtmani bajarish asosida jamiyat taraqqiyotini ta'minlashga alohida
hissa qo‘shadi. Pedagogika fani maqsadi va vazifalarining belgilanishida ijtimoiy
munosabatlar mazmuni, davlat va jamiyat qurilishi, uning hayotida yetakchi o‘rin
tutuvchi g‘oyalar mohiyatini muhim ahamiyatga ega. O‘zbekiston Respublikasida
demokratik, insonparvar hamda huquqiy jamiyatni barpo etish sharoitida mazkur fan
barkamol shaxs va malakali mutaxassisni tarbiyalash tizimini ishlab chiqish, milliy
istiqlol g‘oyasi asosida ta'lim va tarbiya nazariyasini ijodiy rivojlantirishdek ustuvor
vazifani hal etadi. Mazkur jarayonda quyidagi vazifalarni bajarishga e'tibor
haratiladi:
1. Barkamol shaxs va malkali mutaxassisni tarbiyalashga yo‘naltirilgan pedagogik
jarayonning mohiyatini o‘rganish.
2. Shaxsni kamol toptirish qonuniyatlarini aniqlash.
3. Ijtimoiy taraqqiyot darajasidan kelib chiqqan holda rivojlangan xorijiy
mamlakatlar ta'lim tizimi tajribasini o‘rganish asosida uzluksiz ta'lim tizimini
takomillashtirish.
4. Ta'lim muassasalari hamda ularda faoliyat olib borayotgan pedagoglar faoliyati
mazmunini asoslash.
5. Ilg‘or pedagogik tajribalarni umumlashtirish va amaliyotga joriy etish.
6. Pedagoglarni pedagogika nazariyasiga oid bilimlar hamda ta'limtarbiya usullari
bilan qurollantirish.
7. Ta'lim-tarbiya birligi hamda ijtimoiy tarbiya yo‘nalishlari o‘rtasidagi o‘zaro
aloqadorlikni ta'minlashning pedagogik shart-sharoitlarini o‘rganish.
8. O‘qitish hamda tarbiyalash jarayonining samarali texnologiyalarini yaratish.
9. Oila tarbiyasini muvaffaqiyatli tashkil etish yuzasidan ota-onalar uchun ilmiy-
metodik tavsiyalarni ishlab chiqish.
Dostları ilə paylaş: |