Ishni bajarish tartibi: Ma’lumotlar bazasini forma bilan bog‘lash va forma orqali ma’lumotlar bazasiga ma’lumotlar kiritish, o’chirish va o’zgartirish ishlarini bajarish uchun quyidagi ketma-ketliklar asosida unga yondashamiz :
MSSQL da ma’lumotlar bazasini yaratilgan bo‘lishi lozim. Bizda esa uning 1ta jadval ko‘rinishi keltirib o‘tilgan (15.1-rasm)
15.1-rasm.Dekanat ma’lumotlar bazasidagi talaba nomli jadvalning tuzilish holati
Jadvalimizda ma’lumotlar kiritilmaganligi sababli bo‘sh holatda saqlangan (15.2-rasm)
15.2-rasm.Talaba nomli jadvalning joriy holati
Microsoft Visual Studio(MVS) ning C# dasturlash tili bilan ishlash muhitini ishga tushurib unda forma yaratamiz
15.3-rasm. Microsft Visual Studio dasturining ish maydoni
MVS dasturini ishga tushirganimizdan so‘ng uning ishchi oynasidan New Project bo‘limi tanlanadi (15.3-rasm) va keyingi ishchi oyna hosil bo‘ladi (15.4-rasm):
15.4-rasm. MVS ning yangi loyiha formasini C# dasturlash tilidan foydalanib yaratish ketma-ketligi
Yuqoridagi ko‘rsatmalardan to‘g‘ri foydalansak quyidagi natijaga erishamiz (15.5-rasm)
15.7-rasm. Ma’lumotlar bazasiga ulanishlarni amalga oshirish oynasi
Add Connection oynasidan Data source maydoniga Microsoft SQL Server (SqlClient) bo’limini tanlanadi va Server name bo‘limiga (15.8-rasm) esa MSSQL Management Studio dagi foydalanuvchining server nomi (Имя Сервера) maydoni (15.9-rasm) dagi qiymati yozib qo‘yiladi